Netanyaxu: Misr bilan tuzilgan gaz bitimi bizga milliardlab foyda keltiradi

421
0

Netanyaxu: Misr bilan tuzilgan gaz bitimi bizga milliardlab foyda keltiradi

(Isroil) bosh vaziri Benyamin Netanyahu Misr shirkati bilan tuzilgan gaz kelishuvidan mamnun ekanligini bildirdi. Netanyahuga koʻra, bu kelishuv Isroilning byudjetiga milliardlab dollar foyda keltiradi. Bu haqida “Ediot Aharonot” elektron sayti xabar tarqatdi.

“Isroil gazini Misrga eksport qilish boʻyicha bugun imzolangan tarixiy bitim haqida xush xabar bermoqchiman. Bu kelishuv taʼlim-tarbiya va sogʻliqni saqlash hamda Isroil fuqarolarining manfaatini roʻyobga chiqarish uchun davlat xazinasiga milliardlab foyda keltiradi”, dedi Netanyahu.

“Koʻp odamlar gaz yoʻliga ishonmadi. Biz esa, bu bizning xavfsizligimiz va iqtisodiyotimizni hamda mintaqaviy aloqalarimizni mustahkamlaydi, eng muhimi Isroil fuqarolarini kuchaytiradi, deb bilgan holda shu yoʻlda harakat olib bordik”, deya qoʻshimcha qildi (Isroil) bosh vaziri.

Reuters axborot agentligining xabariga koʻra, yahud vujudining tabiiy gaz sohasi boʻyicha Tamar va Lotian shirkatlari Misrning Duyelfenos kompaniyaga 15 milliard dollarlik tabiiy gaz eksporti uchun 10 yillik shartnomaga imzo chekkan.

Shuningdek xabarda aytilishicha, Misrga gaz oʻtkazish uchun bir necha variantlar amalga oshiriladi. Yaqin Sharq gaz quvuri liniyasi shular jumlasidan. Muhokama ostidagi boshqa variantlar orasida 64 milliard kub metr miqdoridagi gazni Isroil-Iordaniya quvurlar orqali eksport qilish ham rejasi bor.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.