Tinmayotgan rus bombardimonlari

477
0

Xalqaro konferentsiyalar

Tinchlik tashabbuslari

Tinmayotgan rus bombardimonlari

Sharqiy Gʻuta bilan Idlibda qonli hodisalar davom etmoqda. Suriya inson huquqlari tarmogʻiga koʻra, Sharqiy Gʻutada yil boshidan beri nobud boʻlgan fuqarolar soni 370ga yetgan, ulardan 63 nafari bolalar, 27 nafari ayollardir. Idlib viloyatida esa, xususan, 25 dekabrdan beri jahannamga aylangan Siroqib shahrida jinoyatkor ruslar bilan qonxoʻr rejim oʻzlarining gʻazab olovini purkashdi… Mahalliy kengash shaharni falokat hududi, deya eʼlon qildi. Chunki u yerda yanvar davomida nobud boʻlganlar soni 30 nafarga yetdi, jarohatlanganlar 60 nafardan oshdi, bundan tashqari, maktab va kasalxonalar nishonga olindi. Kasalxonalarning askar qismi esa, ishga yaroqsiz ahvolda edi.

2011 yilda Suriya qoʻzgʻoloni alanga olgandan beri arab davlatlari va xalqaro tashabbuslarning bir nechtasi, kurashni tinchlik yechimi bilan hal etishni daʼvo qilib kelishadi! Qiziq, chor atrofda bolalar tana aʼzolari sochilib, pokiza qonlar daryo boʻlib oqib yotgan boʻlsa, havo hujumlari hoʻlu quruqni ajratmay olov purkab, kundan-kunga oddiy fuqarolarni qatli om qilayotgan boʻlsa, shunday bir ahvolda qanday tinchlik yechimi boʻlishi mumkin??

Shu yillar davomida omadsiz va jamoatchilikni aldashga qaratilgan konferentsiyalar davom etyapti: Birinchi Kofi Annan BMTning Suriyadagi vakili sifatida qoldirgan Axzar Ibrohimiy isteʼfoga chiqib, oʻrniga Steffan de Mistura oʻtirgan Jeneva konferentsiyasi boʻldi… Keyin 2015 yil fevralda Vena soʻzlashuvlari oʻz turini boshladi… Sentyabr oxirlaridan boshlab, Suriyaga Rossiyaning harbiy aralashuvi boshlandi va u to 2018 yil 26 yanvarga qadar qonxoʻr rejimni qoʻllab-quvvatlab turdi… BMTning toʻqqiz nafar turi boʻlib oʻtdi… bularning barchasi hech qanday samara bermadi, bilʼaks, qatli omlar, qochqinga aylantirishlarni battar orttirdi.

Biz Ostona muzokaralarini hamon unutganimiz yoʻq. Unda vaziyatni yumshatish va jangni – butunlay toʻxtatish emas – pasaytirish uchun toʻrtta hudud qurishga kelishilgan. Idlib ham oʻsha hududlardan biri boʻlib, bugun kuchli adovat bilan u yer bombardimon qilinyapti… Bu yigʻinlarning oxirgisi 2018 yil 30 yanvarda Sochi konferentsiyasi-til biriktiruvi boʻldi. Moskva oʻz tashabbusi bilan uyushtirgan bu yigʻinda ishtirokchilarni Suriya konstituttsiyasini qayta tuzishga hamda demokratik saylovlar oʻtkazishga chaqirdi.

Yillar davomida oʻtkazilgan qator konferentsiya va tashabbuslarning barchasidan, tinchlik oʻrnatish, degan yolgʻon maqsadni daʼvo qilib kelishdi. Holbuki, shu daʼvoga qaramay, Rossiyaning qiruvchi va bombardimonchi samolyotlari havo hujumlarini tindirgani yoʻq. Bu muzokaralarning birortasidan qonxoʻr rejimni agʻdarishni maqsad qilishmadi, hargiz qilishmaydi ham. Yoʻq, bu muzokaralardan Suriya ahlidan iborat xolis musulmonlar maqsadini sindirish va Bashar bilan uning ittifoqchilariga oddiy fuqarolarni yanada koʻproq qirgʻin qilishga yetarli vaqt berish koʻzlangan.

Rejim oʻzining ittifoqchilari bilan bu dahshatli urushni yetti yildan beri Suriyadagi qoʻzgʻolon boʻlayotgan hududlarda sodir etyapti, besh yildan beri muxolafat uchun eng soʻnggi va eng katta qarorgoh hisoblangan Sharqiy Gʻutani gʻayriinsoniy qamalda ushlab turibdi… Quloqlarimiz esa, faqat bitta narsani eshitadi: insonparvarlik yordamlarini yetkazish uchun oʻt ochishni toʻxtatishga qaratilgan BMT tashabbuslariyu chaqiriqlari… Goʻyo bu sodir etilayotgan qilmishlarga bu iflos BMTning aloqasi yoʻqday, goʻyo masala faqat yordam va baton nonlar yetkazishdan boshqa narsa emasday!! Yana bu yordamlar Suriyadagi oddiy bechoralarga qotillardan kelyapti yoki ularni qonini ichayotganlarga sherik boʻlgan va ularga yordam koʻrsatayotgan shu tashkilotdan kelyapti!!

Butun yeru koʻkka yetib borayotgan faryod va hayqiriqlar anavi hukmdorlar qulogʻiga yetib bormadimi?! Axir, faqat kofir xoʻjayinlariga itoat qilib armiyalarini harakatga keltirayotgan bu xoinlar Islom Ummatining ulardan ham, ularning soxta tashabbuslaridan ham allaqachon voz kechganini qachon anglab yetadilar?!

Shunday ekan, ey musulmonlar, keling, hukmdorlarni agʻdarib, Alloh diniga yordam bering. Yordamingiz esa, koʻzlangan haqiqiy tinchlik va adolat keng yoyilishi uchun ushbu diningizni yer yuzida hukmron qilish, kufr va uning dumlarini magʻlub etish, butun dunyodan botilni yoʻq qilish bilan amalga oshadi. Alloh Azza va Jalla bunday demoqda:

 يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا إِنْ تَنْصُرُوا اللهَ يَنْصُرْكُمْ وَيُثَبِّتْ أَقْدَامَكُمْ وَالَّذِينَ كَفَرُوا فَتَعْسًا لَهُمْ وَأَضَلَّ أَعْمَالَهُمْ 

“Ey moʻminlar, agar sizlar Allohga yordam bersangizlar (yaʼni Uning yoʻlida jihod qilsangizlar), U ham sizlarga nusrat-yordam berur va jang maydonida qadamlaringizni sobit-barqaror qilur. Kofirlar uchun esa halokat boʻlur va (Alloh) ularning amallarini zoye ketkazur” [Muhammad 7-8]

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi ayollar qismi

telefon-faks: 00961 1 30 75 94

uyali telefon: 00961 71 72 40 43

elektron pochta: ws-cmo@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.