Oʻzbekiston harbiy delegatsiyasi Afgʻonistonda boʻldi

804
0

Oʻzbekiston harbiy delegatsiyasi Afgʻonistonda boʻldi

 Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, Oʻzbekiston Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari – Qurolli kuchlar Bosh shtabi boshligʻi general-mayor P. Ergashev boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Afgʻonistonga tashrifini yakunladi.

 Oʻzbekiston delegatsiyasi Kobul shahrida Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari armiyalari bosh shtab boshliqlarining yillik konferentsiyasida ishtirok etdi. Unda shuningdek, AQSh/NATOning “Qatʼiy qoʻllab-quvvatlov” missiyasi, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Pokiston, Tojikiston va Turkmaniston Qurolli kuchlari oliy rahbariyati vakillari qatnashdi.

 Xalqaro terrorizm va giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasiga qarshi birgalikda kurashish masalalari konferentsiya kun tartibidagi asosiy mavzulardan boʻldi.

 Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi elchixonasi maʼlumotlariga koʻra, tashrif davomida delegatsiya Afgʻoniston prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani tomonidan qabul qilindi.

 10 fevral kuni Toshkentda oʻzbek-afgʻon qoʻshma komissiyasining xavfsizlik masalalariga bagʻishlangan majlisi boʻlib oʻtgan, unda tomonlar terrorchilik va ekstremizmga, qurol-yarogʻ savdosiga, narkotik moddalar noqonuniy savdosi hamda uyushgan jinoyatchilikning boshqa turlariga qarshi kurash istiqbollarini muhokama qilishgandi.

 Mart oyida Toshkentda Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatishga bagʻishlangan xalqaro anjuman boʻlib oʻtishi rejalashtirilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.