Hindiston bosh vaziri Qirg’izistonga keldi

919
0

Markaziy Osiyo respublikalari bo’ylab safar qilayotgan Hindiston bosh vaziri Narendra Modi 12 iyun kuni Bishkekda prezident Almazbek Atambaev, bosh vazir Temir Sariev va parlament spikeri Asilbek Jeenbekovlar bilan uchrashdi.

Atambaev va Modi o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuv davomida ikki davlat o’rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda o’zaro hamkorlikni kuchaytirish bilan bir qatorda harbiy sohada ham aloqalarni mustaxkamlash masalalari muxokama qilindi.

Hindiston hukumati Qirg’iziston Mudofaa vazirligiga harbiy-dala mobil gospitalini topshirishi bilan bir qatorda qirg’iz harbiylarini tayyorlash va harbiy texnologiya tomonidan yordam ko’rsatishga tayyor ekanligini bildirdi va harbiy sohada hamkorlik qilish bo’yicha tegishli hujjatlar imzolandi.

Qirg’iziston bosh vaziri Temir Sariev Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan urashuvi davomida Qirg’iziston bilan Hindiston o’rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik darajasi ikki davlatning imkoniyatlariga mos kelmasligi va uning ko’paytirilishi kerakligini ma’lum qildi.

“Hindiston bilan ikki tomonlama hamkorlikning mavjud darajasi asl salohiyatiga mos kelmaydi. Ikki davlat o’rtasidagi yillik savdo aylanmasi 38 mln dollarni tashkil qiladi va biz bu raqamni 200 mln dollargacha etkazishimiz kerak”, – dedi Sariev.

Sarievning fikricha, eksport-import operatsiyalarining hajmini yuqori texnologiyalar, qishloq xo’jaligi, engil sanoat va turizm sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish hisobiga keskin oshirish mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.