Xitoyda 100 mingdan koʻproq musulmonlar siyosiy lagerlarga joʻnatildi

839
0

Xitoyda 100 mingdan koʻproq musulmonlar siyosiy lagerlarga joʻnatildi

 “Kun.uz”ning xabar qilishicha, Xitoyda 120 mingga yaqin musulmon uygʻurlar Sinьtszyan-Uygʻur muxtor viloyatidagi Qashgʻar shahrida joylashgan siyosiy taʼlim lagerlariga joʻnatildilar. Bu haqda Radio Free Asia’ga iqtibos keltirgan holda CNN xabar bergan.

 Xitoy hukumati mamlakatning eng katta viloyatlaridan biri boʻlgan hamda asosiy din Islom hisoblangan Sinьtszyan-Uygʻur muxtor viloyatida oʻn minglab uygʻurlar qayta tarbiyalanayotgan siyosiy lagerlar yaratdi. U yerda uygʻurlar inqilobiy qoʻshiqlar kuylashadi, Xitoy raisi Si Tszinьpin ishlarini oʻrganishadi, xitoy tilida soʻzlashishga majbur qilinishadi.

 Markaziy hukumatning bunday xatti-harakatlari inson huquqlari uchun kurashuvchilar va mahalliy aholi tomondan keskin tanqidga uchramoqda. “Har bir hovlidan, har bir oiladan 3-4 kishidan olib ketilmoqda. Baʼzi qishloqlarda umuman erkaklar qolmadi, faqatgina ayollar va bolalar qoldi, barcha erkaklar lagerlarga olib ketildilar”, deb aytdi Butunjahon uygʻur kongressi raisi Umar Qanot.

 Faollarning taʼkidlashicha, Si Tszinьpinni qoʻlab-quvvatlovchi mahalliy hokimiyatning bu ishi qonunga zid keladi. Hukumat potentsial xavfli uygʻurlarni nafaqat hibsga olib, qamoqlarga joʻnatmoqda, balki barcha yerda kuzatuv kameralari oʻrnatib, transport vositalariga majburiy ravishda GPS-datchiklar oʻrnatmoqda, 16 yoshdan 65 yoshgacha boʻlgan aholidan DNK-namunalari yigʻmoqda.

 Rasmiy hukumatning iddao qilishicha, Xitoyga Sinьtszyan-Uygʻur muxtor viloyati orqali Afgʻoniston va Pokistondan radikal kayfiyatdagi unsurlar kiradi. Taʼkidlanishicha, Xitoy hukumatining ushbu choralari terrorchilikka qarshi kurash va viloyatning musulmon aholisini nazorat qilishga qaratilgan.

Turkiston:

Kufr bilan hamkorlik qilishga chaqirayotgan islomiy “moʻʼtadil” jamoa va shaxslar qani?! Nega ular kufr boshqaruv sistemalari bilan hamkorlik qilishga chaqirish bilan ularga ochiq yordam berib, musulmonlarni qoʻl oyoqlarini bogʻlab kufrga topshirib qoʻyishmoqda?! Nega ular, musulmonlarni kufr rejasiga koʻndirib, “terrorist, ekstremist” kabi bir necha toifalarga boʻlib, birini ikkinchisiga qarshi harakatlantirib, zaiflashtirib berganlari uchun ummat oldida javob berishmaydi?! Nega biz yuqoridagi Uygʻur birodarlarimiz ahvolini koʻrib turib ham, yana oʻsha “moʻʼtadil Islom”chilar toifasiga ergashib boraveramiz?! Shunchaki namoz oʻqigani yoki roʻza tutgani uchun hech qanday tergovsiz qamoq lagerlarida oʻtirgan 120 ming Uygʻur musulmonlari haqida “moʻʼtadil”chilardan soʻrang, ular “ekstremistlar” edi, deb javob qilishadi! Negaki “ekstremizm va terrorizm” terminlari, atayin “moʻʼtadil islom”chilar uchun, Xitoy singari butun kufr olamiy siyosatini oqlash maqsadida oʻylab topib berilgan kufr atamasidir!

Xtoyda kufr manfaati uchun natija bergan uslub poydevori shu kunlarda Qirgʻizistonda ham qurilib boryapti. Organ xodimlari telefonlarni hech qanday maxsus ruxsatnomalarsiz tekshirib, uning ichidan biror islomiy mavzular topib olishgach, musulmonlarni hatto sud qilib qamab yuborishyapti! Hukumat boshchiligida organ xodimlari, xavfsizlik xizmati xodimlari, muftiyot va bir qator imom va diniy ulamolar hayʼati birgalikda “moʻʼtadil islom” loihasini ilgari surib borishyapti. Bu ishlar xuddi Xitoyda bir necha oʻn yil avval boshlanganidek, kufr zulumlari uchun zimdan sharoit yaratib berish maqsadida olib borilyapti. Ularning juda koʻpchiligi hozir oʻzlari ishtirok etayotgan harakatlarni anglab yetmayapti. Lekin ular “dinni hayotdan ajratish” aqidasi asosida ish olib borayotgan yoʻnalishdan xabardordir. Bu esa kufr aqidasini qabul qilish boʻlib, dinning hayotimizni boshqarish uchun kelgan nizom ekanligini inkor qilishni anglatadi. Olloh saqlasin birodarlar, oʻz oyogʻimizga oʻzimiz bolta urmaylik! Oxir oqibatda oʻsha Uygʻur “moʻʼtadil”likni koʻtarib, kufrga itdek xizmat qilgan imomlar singari, oʻzimiz ham namoz oʻqishdan qoʻrqib qoladigan va kufr keltirish bilangina jon saqlash mumkin boʻlgan buzuq muhitni jamiyatimizga olib kelishda kufrga hamkor boʻlib qolmaylik!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.