Hizb ut-Tahrirning Falastindagi matbuot bo’limi

445
0

01 (1)

«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan (imon-e’tiqodli) zotlarni xalifa qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir» [Nur 55]

Matbuot bayonoti

Falastin hukumati va uning xavfsizlik xizmati bosqinchilarga bo’yin egib, etoat etayotgan bo’lsa, Falastin ahliga nisbatan esa tovlamachilik va takabburlik qilmoqda

Falastin hukumati va uning xavfsizlik xizmati yahudiy bosqinchi kuchlariga bo’yin egib itoat qilmoqda. Masalan, hukumat poytaxti Ramallohdagi Birzitda yahudiylarning terrorchi kuchlari tomonidan tutqundagi jasur, ozodlik kurashchisi Mo”taz Vashha rohimahullohga qarshi sodir etilgan suiqasd amaliyoti hukumat xavfsizlik kuchlari ko’z o’ngida yuz berdi. Bosqinchilarga qullarcha itoat qilayotgan bu hukumat va uning xavfsizlik kuchlari Falastin xalqiga, ayniqsa Hizb ut-Tahrir a’zolariga kuchini ko’rsatmoqda va ularga tovlamachilik va takabburlik qilmoqda.

Biz, Hizb ut-Tahrir a’zolari shuni yaxshi bilamizki, Falastin xalqiga qarshi bosqinchilarning jinoyatlari biror kun to’xtagani yo’q. Bosqinchilar ularning muqaddas joylarini, uylarini, masjidlarini vayron qildi va ekinzorlarini buzib tashladi. Qolaversa, hukumatning bosqinchi yahudiylar bilan xavfsizlik masalasida sharmandalarcha hamkorlik qilishi oqibatida, shuningdek, muzokaralar olib borish va mas’uliyatsiz shartnomalarga qo’l qo’yish orqali bosqinchilarga yon berishi natijasida ularning jinoyati yanada kuchaydi, vaziyat battar keskinlashdi.

Biz Falastin xalqiga, inson huquqlari tashkilotlariga, mahalliy muassasalarga, akademiklaru oqsoqollarga quyidagilarni ta’kidlaymiz:

Agar faol kuchlar hukumatning jinoyatlariga sukut qilmasdan qarshi chiqqanida edi, Falastin hukumati bosqinchilar bilan xavfsizlik masalasida hamkorlik qilishga, u bilan muzokara qilishga va unga yon berishga jur’at qilolmagan bo’lardi.

Hukumat Falastin xalqini, shu jumladan, Hizb ut-Tahrir a’zolarini varvarlarcha uslubda, qolaversa jinoyatchi to’dalar uslubida sanktsiyasiz qamoqqa ola boshladi. Barchaga shu narsa aniq namoyon bo’lib turibdiki, Hizb a’zolari Mahmud Abbosning Falastinga Amerika etakchiligidagi Nato kuchlarini olib kirilishini so’rab bergan bayonotiga qarshi siyosiy fikr bildirishgan edi.

Hukumat bunga javoban fevral oyining o’zida yuzga yaqin Hizb yigitlarini qamoqqa oldi va hanuzgacha ulardan o’nlabi hukumat zindonlarida saqlanmoqda. Hukumat, xavfsizlik kuchlari va ayrim hokimlar o’zlari maqtayotgan qonunni oyoq osti qilmoqda hamda qonunga xilof ishlarni jirkanch suratda amalga oshirmoqda. Biz quyidagi holatlarni misol tariqasida eslatib o’tamiz:

1 – Tulkarmdan Ahmad Yoqub. Joriy yil 2 fevral shanba kuni tunda josuslik xizmati tomonidan hibsga olingan va uning ishi prokuraturaga ham, mahkamaga ham oshirilmagan, 13 fevral payshanba kuni Nablusdagi «Janin» qamoqxonasiga jo’natilgan, 19 fevral chorshanba kuni esa Urayhadagi qamoqxonaga berib yuborilgan. U hanuzgacha hibsda saqlanmoqda.

2 – Tulkarmdan Xalil Mahmud va Imod Jamil, Qofindan Mohir Ali. Joriy yil 7 fevral juma kuni josuslik xizmati tomonidan qo’lga olingan va ikki kundan so’ng sud ularni garov evaziga hibsdan chiqarib yuborgan. Biroq oradan ikki soat o’tiboq josuslik xodimlari ularni qayta hibsga olgan va 13 fevral payshanba kuni ularni Nablusdagi «Janin» qamoqxonasiga tashlagan. Keyin bu yigitlar 19 fevral chorshanba kuni Urayhadagi qamoqxonaga jo’natilgan va hanuzgacha o’sha erda hibsda saqlanmoqda.

3 – Silfit rayonidagi Badyodan professor Shohir Isof, Ayman Mahmud, Ahmad Mustafo. Ular 25 fevral seshanba kuni hibsga olingan va sudga oshirilmay, rayon hokimi javobgarligi ostida politsiya tomonidan vaqtinchalik hibsda saqlanmoqda.

4 – Professor Islom Ibrohim va Jodulloh Abdurrohim. Ular Rossiya vakolatxonasini ziyorat qilishlari ortidan joriy yil 22 fevral shanba kuni jinoyatni oldini olish xavfsizlik xizmati tomonidan hibsga olingan. 25 fevral kuni sud ularni garov evaziga ozod qilishga rozi bo’lgan. Ammo prokuror bosimi bilan sud qaroridan voz kechib, ozod qilish roziligini bekor qilgan. Ular hamon jinoyatni oldini olish xavfsizlik xizmatida saqlanmoqda.

5 – Hizb ut-Tahrir-Falastinning matbuot bo’limi a’zosi professor Mis’ab Abu Arqub ham 17 fevral dushanba kuni hibsga olingan, sudning ozod qilish qaroriga qaramay, o’shandan buyon Xalildagi jinoyatni oldini olish xavfsizlik xizmatida rayon hokimi javobgarligi ostida ushlab turilibdi.

6 – Hizb ut-Tahrir-Falastinning matbuot bo’limi a’zosi Bohir Solih 27 fevral payshanba kuni oqshomda ish joyidan o’g’irlanib, noma’lum tomonga olib ketilgan.

Biz ayni bayonotimiz so’nggida Falastin xalqiga, tashkilotlarga, inson huquqlari tashkilotlariga, axborot vositalariga, akademik va oqsoqollarga shuni ta’kidlaymizki, agar ular hukumatning bunday munkar ishlarini qaytarmasalar hamda to’xtovsiz voz kechishlar, xavfsizlik xizmatining beboshliklari oldida mustahkam to’siq bo’lmasalar Falastinsiz qoladilar, na mollari qoladi, na kuch-quvvatlari, na uylari va na boshpanalari qoladi. Biz Hizb ut-Tahrir a’zolari esa Falastin ahlining oldingi safida turib, o’z burchimizni ado etmoqdamiz. Bizni rejim va uning tovlamachilari hargiz cho’chitolmaydi, har qancha qurbonliklar bermaylik, Allohning o’z farzi va Rosulining va’dasi bo’lgan Xalifalik davlatini barpo etish orqali nusrat va g’oliblik berajagiga qattiq ishonamiz, malomatchining malomatidan qo’rqmaymiz. Ushbu Xalifalik davlati Falastinni ham, barcha islomiy yurtlarni ham ozod etadi va bu Alloh uchun aslo qiyin emas.

»Alloh O’zi (xohlagan) ishga etuvchidir va Alloh barcha narsa uchun miqdor-o’lchov qilib qo’ygan» [Taloq 3]

Telefon: 0598819100

Elektron pochta: info@pal-tahrir.info

Falastindagi matbuot bo’limi sayti: www.pal-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.