Turkiyaning noroziligi AQShning nazarida zarracha qiymatga ega emas

425
0

Turkiyaning noroziligi AQShning nazarida zarracha qiymatga ega emas

AQSh boshchiligidagi koalitsiya 30 ming kishilik chegara xavfsizlik kuchlarini tashkil qilish uchun Suriyadagi ittifoqchilari bilan kelishib ish olib bormoqda. Bu haqida IShIDga qarshi kurash boʻyicha Koalitsiya kuchlarining jamoatchilik bilan aloqa oʻrnatish boʻlimi maʼlum qildi. Xabarda aytilishicha, yangi tuzilgan chegara xavfsizlik kuchlari 30000 kishidan iborat boʻladi va taxminan ularning yarmi “Suriya demokratik kuchlari”dan tashkil topadi. Ikkinchi yarmi esa harbiy mashqdan oʻtkaziladi. Hozirda taxminan 230 kishilik birinchi guruhni harbiy mashqdan oʻtkazish davom ettirilmoqda. Kelishuvga binoan yangi tuzulma “Suriya demokratik kuchlari”ning qoʻmondonligi ostida boʻladi. U shimoldan Turkiya chegarasiga, sharqdan Iroq chegarasiga va Furot daryosi vodiysiga joylashtiriladi.

“Suriya Demokratik kuchlari” Turkiyaning terrorchilar roʻyxatida birinchi oʻrinda turadigan Kurd ishchilar partiyasining Suriyadagi qanoti hisoblanadi. Shuning uchun Turkiya hukumati AQShning bu harakatiga oʻz noroziligi bildirmoqda. Biroq Oq uy maʼmuryati Turkiya hukumatining qattiq qarshiligiga qaramay, “Suriya demokratik kuchlari”ni qoʻllab quvvatlashda davom etyapti. Vaholangki, Turkiya hukumati AQShning eng yaqin ittifoqdoshi hisoblanadi. Agar turkiyaning yordami boʻlmaganda Pentagon Suriyadagi rejalarini aslo amalga oshira olmasligini AQSh rasmiylari oʻz ogʻzi bilan takrorlab keladi.

Amerika Qoʻshma Shtatlari IShIDga qarshi kurash bahonasi bilan “Suriya Demokratik kuchlari”ni ogʻir va yengil qurollar bilan taʼminlay boshalagan edi. Ammo IShID magʻlub etilganligi daʼvosiga qaramay, hali ham bu ishni davom ettirmoqda. Bu esa, AQShning “Suriya demokratik kuchlari”ni qoʻllab quvvatlashidan koʻzlagan asosiy maqsadi Suriya xalqining islomiy inqilobiga toʻsiq qoʻyish va siyosiy muhitni toʻliq oʻz qoʻliga olish ekanligini koʻrsatadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.