Nursulton Nazarboyev qozogʻistonliklar uchun vizani bekor qilish masalasini koʻtardi

838
0

Nursulton Nazarboyev qozogʻistonliklar uchun vizani bekor qilish masalasini koʻtardi

 AQSh Qozogʻistonni kosmosda tadqiqot oʻtkazish masasalari boʻyicha Xalqaro forumda ishtirok etishni taklif etdi, bu haqda ikkala davlat rahbarlari muzokaralaridan soʻng Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev matbuot-xizmati xabar berdi.

 Xabarga koʻra, xalqaro forum 2018 yilning 3 mart sanasida Yaponiyada oʻtkaziladi.

 “AQSh Qozogʻistonni 2018 yilning 3 martida Yaponiyadagi Kosmos tadqiqoti masalalari boʻyicha oʻtkaziladigan 2-Xalqaro forumda ishtirok etishni taklif etmoqda”,- deyiladi xabarda.

 Maʼlum qilinishicha, Qozogʻiston va AQSh tabiiy muhitdagi tahdidlarni baholash uchun kosmik texnologiyalardan foydalanish boʻyicha hamkorlik imkoniyatlarini oʻrganadilar.

 “Qozogʻiston bu – Xalqaro kosmik stantsiyada faoliyat yurituvchi amerikalik fazogirlarning uchish va bexatar qaytadigan punktidir, Qoʻshma Shtatlar buni mamnunlik bilan qayd etadilar”,- deb alohida taʼkidlangan matbuot-xizmati xabarida.

 Nazarboyevning AQShga tashrifi qozoq matbuotlarida “tarixiy” deb baholanmoqda, Qozogʻiston parlamenti senati raisi Qosim-Jomart Tokayev esa oʻz Tvitterida “AQSh Qozogʻistonni koʻz-koʻz qilingan lutf ila qabul qildi”,- deb yozgan.

 “Qozogʻiston rahbarining AQShga rasmiy tashrifi davomida investitsiyaviy hamda savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha 20 ta kommertsiyaga oid hujjatlarni imzoladi. Yetti milliard dollarga yaqin bu mablagʻlar aviatsiya va kosmik tadqiqotlar, neftkimyoviy va qishloq xoʻjaligi sohalaridagi hamda infratuzilma sohasidagi loyihalarni hayotga tatbiq etishga qaratilgan”,- deyiladi xabarda.Shuningdek, uchrashuv davomida Nazarboyev va Tramp KXDR atrofidagi vaziyatni muhokama qilishgan.

 Qozogʻiston prezidenti AQSh va Rossiya diplomatik munosabatlarida kuzatilayotgan sovuqlikdan tashvishdaligini bildirgan. U faqat birgalikdagi urinishlar shimoliy koreya hukumatining yadro dasturini rivojlantirish borasidagi qaroriga taʼsir koʻrsatishini taʼkidlab oʻtdi.

 “Shimoliy Koreya muammosini AQSh, Xitoy va Rossiya tomonidan boʻladigan hamkorlikdagi harakatlar bilan hal etish mumkin”,- deb aytgan Nursulton Nazarboyev.

 Nazarboyev shuningdek, mamlakatlar oʻrtasidagi viza tartibi masalasini ham koʻtargan. 2015 yilda Qozogʻiston AQSh fuqarolari uchun qisqa muddatli vizasiz dasturni eʼlon qilgan, Qoʻshma Shtatlar esa Qozogʻiston fuqarolariga 10 yillik ishbilarmonlik va turistik vizalarini bera boshlagan edi.

 Nazarboyev AQSh Qozogʻiston fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etilishiga umid bildirgan.

 Prezidentlar shuningdek, ikkala mamlakatda qoʻlga kiritilgan yutuqlar boʻyicha oʻz fikrlarini bildirib oʻtganlar.

 Trampni prezident boʻlganining bir yilligi bilan tabriklagan Nazarboyev, u tomonidan oʻtkazilgan iqtisodiy islohotlarga baho bergan va xuddi shunday tajriba 5 yil oldin Qozogʻistonda oʻtkazilganini aytgan.

 Donalьd Tramp, oʻz navbatida, Qozogʻistonga uni 30ta eng global iqtisodiyotlar roʻyxatida koʻrish tilagini bildirgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.