Kataloniyadagi siyosiy beqarorliklar!

623
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Savolga javob

Kataloniyadagi siyosiy beqarorliklar!

Savol: Bi-Bi-Si radiosi 2017 yil 19 oktyabr kuni Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy idorasiga tayanib bildirishicha, Hukumat konstitutsiyaning Kataloniya ustidan markaziy hukumat hukmronlik qilishiga ruxsat bergan 155 bandini ishga solish uchun yigʻin oʻtkazadi… Oldinroq Kataloniya prezidenti Karles Puchdemon Ispaniya hukumatiga agar Madrid bosim berishda davom etaversa va soʻzlashuvdan bosh tortsa mamlakat parlamenti Ispaniyadan chiqish haqidagi referendumni tasdiqlaydi, deb tahdid qilgan edi. Kataloniya prezidenti 2017 yil 1 oktyabrda mamlakat parlamentida Kataloniyaning Ispaniyadan mustaqil boʻlgani haqida eʼlon qildi, lekin bu borada soʻzlashuvga tayyorligini bildirdi… Nima uchun Ispaniya davlati qiroli, hukumati va konstitutsion sudi bu ishga qarshilik qilishiga qaramay, Kataloniya bu referendumni oʻtkazdi? Bu ishga nisbatan xalqaro munosabat qanday? Kataloniyaning oʻz mustaqilligini ijro qilish imkoniyati qanday darajada? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.

Javob: Tasavvur aniq, toʻgʻri javob ravshan boʻlishi uchun Kataloniya voqesi, uning boʻlinib chiqish borasidagi oldingi harakatlari va oxirgi referendum haqida aytib oʻtamiz… Shundan soʻng bu haqidagi xalqaro pozitsiya… va bu referendumning amalga oshish imkoniyati haqida gapiramiz.

Birinchi: Kataloniyaning tarixiy va geografik voqesi:

Kataloniya Ispaniyaning shimoliy sharqida joylashgan boʻlib, maydoni 32.1 ming kvadrat kilometr, yaʼni Ispaniyaning 0.8 %ni tashkil qiladi. Poytaxti Barselona boʻlib, Barselona, Jirona, Lьeyda va Tarragona viloyatlarini oʻz ichiga oladi. Aholisi soni taxminan 7.5 million, yaʼni 17 avtonom provintsiyadan tashkil topgan Ispaniya aholisining 16 %ini tashkil qiladi.

Islom Kataloniyaga 95 hijriy yili, yaʼni musulmonlar tomonidan Andalusiya fath qilinganda kirib keldi. Islomiy boshqaruv nihoyasiga yetgach, mustaqil yurtga aylandi. Ammo 1714 yil uni Ispaniya oʻziga qoʻshib oldi. Mamlakat xalqi bunga rozi boʻlmadi va Ispaniya bosqinidan ozod boʻlish uchun kurash boshladi… Oʻtgan asrning oʻttizinchi yillarida markaziy hukumat va uning ittifoqchisi Kataloniya avtonomiyasi bilan Franko armiyasi oʻrtasida fuqarolar urushi boʻldi. Franko gʻolib boʻlgach, Kataloniyaliklarga qarshi repressiya boshlandi. Franko katalon tilini man qildi, uni maktablarda oʻqitilishini toʻxtatdi va kataloniya oʻzligini bekor qildi. Franko boshchiligidagi repressiv rejim qulagach, referendum oʻtkazildi va unda 30 % aholi Ispaniya konstitutsiyasi foydasiga ovoz berdi. Bu konstitutsiya boʻyicha avtonomiya huquqiga ega boʻlgan turli provintsiyalar va oz sonli millatlar Ispaniya tarkibida markaziy boshqaruv ostida qoladigan boʻldi. 1979 yili Kataloniya yana bir marta avtonomiya huquqiga ega boʻldi va yurtda katalon va ispan tillari rasmiy til deb tan olindi… Shundan soʻng ushbu asr boshlarigacha Kataloniyaning Ispaniyadan ajralib chiqishi borasidagi harakatlari bir oz toʻxtadi. Lekin ushbu asr boshidan boshlab bu harakat yana sekin asta koʻtarila boshladi.

Ikkinchi: Kataloniyaning ajralib chiqish borasidagi yangi harakatlari bosqichlari:

Bu harakatlar 2006 yili boshlandi. Chunki avtonomiya salohiyatlarini kengaytirish uchun belgilangan yangi qonun tasdiqlandi va xalq unga ovoz berdi. Kataloniyani alohida millat deb atash borasida qonun ishlab chiqildi. Lekin 2010 yili Ispaniya konstitutsion sudi bu qonunni bekor qilishga kirishdi va “Biz bir butun davlatmiz, barcha narsani biz belgilaymiz” nomli namoyishlar oʻtkazdi. 2012 yil norasmiy referendum oʻtkazildi va unda 37 % aholi ishtirok etib, Ispaniyadan mustaqil boʻlishga ovoz berdi. 2015 yil yanvarda Kataloniya prezidenti iyul oyida referendum oʻtkazilishi haqida eʼlon qildi. Iyul oyiga kelib referendum boʻlib oʻtdi va unda mustaqillikka qarshi 63 deputat, mustaqillik uchun 72 deputat ovoz berdi. 2015 yil noyabr oyida parlamentdagi koʻpchilik “Mustaqil Kataloniya davlatini taʼsis etish amaliyoti” boshlanganini eʼlon qiladigan qonun chiqardi. Ispaniya hukumati esa bu qonunni rad etish uchun konstitutsion sudga murojaat qildi va sud murojaatni qabul qildi.
2017 yilga kelib bu harakatlar yanada kuchaydi va Kataloniya prezidenti Karles Puchdemon 2017 yil 9 iyun kuni “Yurtni Ispaniyadan ajralish borasidagi referendum 2017 yil 1 oktyabrda oʻtkazilishi va unda hukumat: “Kataloniya oʻzining respublika boshqaruv nizomiga ega mustaqil davlat boʻlishini xohlaysizmi” nomli referendum oʻtkazilishi haqida eʼlon qildi”. (Novosti 2017 yil 9 iyun). Bu eʼlondan bir kun oʻtib Ispaniya hukumati Kataloniyaning mustaqilligi uchun boʻlayotgan har qanday harakatni toʻxtatishini aytdi. 2017 yil 9 iyunda Kataloniya parlamenti Ispaniya davlatidan mustaqil boʻlish haqidagi referendum asoslarini belgilaydigan qonunni tasdiqladi. Buning ortidan Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy shunday dedi: “Ispaniya hukumati Kataloniya avtonomiyasini bekor qilish uchun konstitutsion salohiyatini ishga solishi va uning mustaqil boʻlishiga taqiq qoʻyishi mumkin”. Shundan soʻng Ispaniya konstitutsion sudi 2017 yil 8 sentyabrda referendumni toʻxtatish haqida qonun chiqardi.
Bularning barchasiga qaramay, referendum oʻzining belgilangan kuni 2017 yil 1 oktyabrda boʻlib oʻtdi. Unda qatnashgan 43 % aholining 90 %i Ispaniyadan ajralish va mustaqil boʻlish toʻgʻrisida ovoz berdi. 2017 yil 3 oktyabr kuni Ispaniya qiroli Filipp oltinchi yurt aholiga xitob qilar ekan, shunday dedi: “Referendum noqonuniy va demokratiyaga zid boʻldi”. Lekin yurt rahbari: “Mustaqillik shu hafta oxiri va kelgusi hafta boshida eʼlon qilinadi” dedi. U yana qoʻshimcha qilib: “Qirol Ispaniya konstitutsiyasida koʻrsatilgan ishlarga odil hakamlik qilish rolini bajarishdan bosh tortmoqda” dedi. (Bi-Bi-Si radiosi 2017 yil 3 oktyabr). Koʻrinib turibdiki, Ispaniya tashvishda, referendumni man qila olmasa-da, uni toʻxtatish uchun bir necha amaliyotlarga qoʻl urdi. Natijada saylovchilar va xavfsizlik kuchlari oʻrtasida toʻqnashuvlar yuz berdi va 893ta odam jarohatlandi. Bu esa zoʻravonliklarga qarshi jamoatchilik fikrini qoʻzgʻab yubordi. Shuning uchun mustaqillik eʼlon qilinishini toʻxtatish uchun boshqa yoʻllarni izlay boshladi va Kataloniyaga qarshi iqtisodiy urush boshladi. Katta moliyaviy shirkat va muassasalar Kataloniyadan chiqib ketishini eʼlon qildi. Masalan 2017 yil 6 oktyabr kuni Ispaniya boʻyicha uchinchi oʻrinda turadigan va yirik banklardan boʻlgan “CaixaBank” Barselonadagi manzilini shahar tashqarisiga koʻchirdi. Ispaniya 2017 yil 8 oktyabrda Kataloniya ichida muxolif xalq harakatini paydo qilish Barselonada oʻn minglab mustaqillikka qarshi odamlarni koʻchaga olib chiqdi.
Kataloniya prezidenti Karles Puchdemon 2017 yil 10 oktyabr kuni parlamentdan turib mamlakatni mustaqil boʻlganini eʼlon qildi, lekin ijroni ortga surdi. U aytdiki: “Kataloniya respublika shaklidagi mustaqil davlat boʻlishi zarurligi haqida ishonch bilan ayta olaman, lekin muzokaralar eshigi yopilib qolmasligi uchun mustaqillik haqidagi eʼlonni ortga surish lozim”. Bu bayonotning maʼnosi shundan iboratki, Puchdemon mustaqillikni eʼlon qilish sababli oʻziga qiyin boʻlib qolishidan qoʻrqdi. Chunki bu ish oson emasligini bilar edi va Ispaniya davlati bilan muzokara olib borilishi va u bilan toʻqnashuv yuz bermasligi uchun eshikni ochiq holda qoldirdi. Shunday qilib Kataloniya Ispaniya tarkibida qoldi, lekin uning mustaqilligi muammosi tirik va u roʻyobga chiqmaguncha Ispaniya hamda Yevroittifoqqa tashvish boʻlib qolaveradi.
Uchinchi: Kataloniyadagi hodisalarga nisbatan xalqaro pozitsiya. Biz bu yerda bu hodisalarga nisbatan xalqaro pozitsiya yaʼni Yevropa Ittifoqi va AQSh pozitsiyasi haqida hamda AQSh pozitsiyasidan qattiq taʼsirlangan BMT pozitsiyasi haqida aytamiz:

Yevropa Ittifoqi pozitsiyasi haqida aytadigan boʻlsak, u Kataloniyaning mustaqil boʻlishi va bu haqida referendum oʻtkazilishiga qarshi turdi. Germaniya, Frantsiya va Yevropa Ittifoqi davlatlari Ispaniya hukumati pozitsiyasini qoʻllab-quvvatlashdi. Germaniya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Maykl Rot shunday bayonot bilan chiqdi: “Ispaniyaning Kataloniya yurtidagi oʻzgarishlar tashvishlanarlidir, ajralib chiqish yechim emas. Chunki ajralib chiqish hech qanday muammoni hal qilmaydi, Yevropa Ittifoqidagi har bir davlat qonuniy boshqaruv qoidalari va asoslarini hamda demokratiya printsiplarini hurmat qilishi va uni mahkam ushlashi lozim… Shuningdek Yevropa Ittifoqidagi siyosiy kelishmovchiliklarni koʻchaga chiqib shovqin-suron qilish bilan emas, balki muzokaralar orqali hal qilishi lozim”. (Reyter 2017 yil 2 oktyabr).
Frantsiya tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Yevropa ishlari boʻyicha vakili Natali Luazo Frantsiya pozitsiyasini bildirar ekan, shunday dedi: “Agar Kataloniya bir taraflama mustaqillik eʼlon qilsa Frantsiya uni tan olmaydi… Yurt mustaqilligi tan olingan taqdirda ham bu qabul qilib boʻlmas ish hisoblanadi, chunki bunday shoshmashosharlik Kataloniyani Yevropa Ittifoqidan chiqarib yuboradi”. (2017 yil 9 oktyabr Reyter) Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker Yevroittifoq pozitsiyasini shunday bildirdi: “Ispaniya hukumati qarorlari va konstitutsion sudi hurmat qilinishi lozim”. Yevropa kengashi raisi Donalьd Tusk 2017 yil 2 oktyabrda tvitter orqali shunday yozdi: “Men Ispaniya bosh vaziri Raxoyning konstitutsiya borasida keltirayotgan hujjatlariga qoʻshilaman va keskinlik davom etishini hamda kuch qoʻllanishini oldini olish uchun boshqa yoʻllarni topishga chaqiraman”.

Ammo Amerika pozitsiyasiga kelsak, aftidan Kataloniya hukumati va prezidenti Amerikadan quvvatlanayotgan va ruhlanayotgan koʻrinadi. Amerika tashqi ishlar vazirligi nomidan soʻzlovchi Xizer Noyyert shunday bayonot berdi: “AQSh referendum masalasini Kataloniyaning ichki ishi deb hisoblaydi va unga aralashishni xohlamaydi. Shuningdek muammoni yechishni hukumat va odamlar xohishiga qoldiradi, ayni paytda inqirozni hal qilish uchun har qanday hukumat bilan birga ishlashga tayyor”. (Misr tongi 2017 yil 16 sentyabr). Bayonotdagi oxirgi yaʼni “inqirozni hal qilish uchun har qanday hukumat bilan ishlashga tayyormiz” degan jumla Amerikaning referendum va mustaqillikni qoʻllayotganini anglatadi. Boshqacha aytganda agar Kataloniya mustaqil boʻlsa, uni tan olamiz deganidir. Ispaniyada chiqadigan EL PAIS gazetasi shunday deb yozdi: “Kataloniya prezidenti Karles Puchdemon AQSh tashqi ishlar vakilining bayonoti Amerika Kataloniya xalqi irodasi va referendum natijalarini hurmat qilishini anglatadi deb tushundi”.
Maʼlumki, Amerika Yevropa Ittifoqini parchalashni xohlaydi. Chunki Amerika Britaniya va yana bir necha Yevropa davlatlarini Yevropa Ittifoqidan chiqishini qoʻllashini eʼlon qildi. Shuningdek Amerika Yevropa Ittifoqi hech boʻlmaganda ichki ishlari bilan mashgʻul boʻlib qolishi hamda xalqaro masalalarda Amerika bilan talashmasligi yoki unga tashvish tugʻdirmasligini xohlaydi. Shuning uchun shu kabi ajralishga intilayotgan harakatlarni ruhlantirish Amerika manfaati uchun zarur. Lekin Amerikaning bu pozitsiyasi Kurdiston mustaqilligi va referendumi borasidagi pozitsiyasiga ziddir. Amerika Kurdiston mustaqilligiga qarshi turdi va oʻziga tobe Iroq, Eron va Turkiya kabi mintaqa davlatlarini unga qarshi chiqish va Barzoniyga bosim koʻrsatish uchun harakatga keltirdi. Chunki bu ish ayniqsa Amerika Iroqda oʻz nufuzini saqlab turar ekan, uning manfaatiga zid edi. Britaniya esa Amerikaga tashvish tugʻdirish va Amerikaning Saudiya hamda Misr orqali Qatarga qilgan jazo-choralarini olib tashlashi uchun oʻz malayi Barzoniyni shunday qadam tashlashga majburladi.

Ammo Amerika taʼsiri ostidagi BMT pozitsiyasiga kelsak, u Kataloniyani mustaqillikka ruhlantirdi. BMT bosh kotibi Antonio Guterresh: “Ispaniyadagi demokratik muassasalar markaziy hukumat bilan Kataloniya oʻrtasidagi inqirozni hal etish uchun imkoniyatini topadi degan umiddaman” dedi. BMTning 72-sessiyasi raisligi nomidan soʻzlovchi shaxs aytdiki: “Xalqlarning oʻz kelajagini oʻzi belgilashdagi huquqi asosiy huquqdir… Bu huquq qarshiliksiz va taraflar oʻrtasidagi kelishuv orqali tatbiq qilinishi lozim”. (2017 yil 3 oktyabr Assoshieyted Press). Koʻrinib turibdiki, BMT Kataloniyaning mustaqil boʻlish tarafdori. Vaholanki, u Kurdiston yurtining mustaqil boʻlishi va shu haqida referendum oʻtkazilishiga qarshi chiqqan edi. Buning sababi BMTda qaror chiqarish huquqi Amerika qoʻlidadir.
Shundan maʼlum boʻladiki, Kataloniyadagi referendum borasidagi oxirgi harakatlarga Amerika qiziqtirgan. Chunki Amerika xususan Tramp davrida Yevropadagi muhitni loyqalashtirmoqchi, biz buni yuqoridagi pozitsiya va bayonotlardan bilib oldik.

Toʻrtinchi: Bu ajralishning amalga oshish imkoniyatlari:

Bu ish amalga oshishi, ayniqsa yaqin orada amalga oshishi qiyin ishdir. Shubhasizki Amerika buni biladi, Amerikaning Kataloniyadagi harakatlarni ruhlantirishi Yevropadagi muhitni loyqalashtirish va kelajakda uni parchalash uchun birinchi qadam sifatida uni oʻzi bilan ovora qilib qoʻyish uchundir… Bundan tashqari bu yerda bir qancha ishlar borki ular tufayli Ispaniya Kataloniyaning ajralib chiqishiga har qanday ahvolda ham yoʻl qoʻymaydi. Buning ikkita asosiy sababi bor:

Bu hudud oʻzi kichkina boʻlishiga qaramay, Ispaniya ichki yalpi mahsulotining 20 %ini ishlab chiqadi, Ispaniyaning tashqi tijoratga aloqador transportning 70 %ga egalik qiladi va Ispaniya sanoatining uchdan birini ishlab chiqadi. Shuning uchun Kataloniyaliklar olgandan koʻra koʻproq beramiz va Ispaniya ularga Kataloniyada ishlab chiqilgan mahsulotning 10 % barobaridagi soliqni yuklaydi deb oʻylaydilar. Bu narsa mustaqil boʻlish borasidagi chaqiriqlarni yanada kuchaytiradi, bu bir tarafdan. Boshqa tarafdan esa, Ispaniya iqtisodiy muammolar, byudjetdagi taqchillik va ishsizlikni boshdan kechirmoqda hamda tejamkorlik choralarini amalga oshirmoqda. Kataloniya iqtisodi esa mana shu iqtisodiy muammolarni hal qilishda asosiy element hisoblanadi.
Kataloniyaning ajralib chiqishi Ispaniya va undan tashqaridagi boshqa yurtlarning ham ajralib chiqishni talab qilishiga olib kelishi mumkin. Masalan, bu avvaldan mustaqil boʻlishga harakat qilayotgan Baskchilar yurtiga turtki boʻlishi mumkin. Chunki Baskchilar yurti Kataloniyaning mustaqil boʻlishini qoʻllashdi, bu esa Baskchilar yana ajralib chiqishni talab qilish ehtimoli borligi va bu narsa ularda hali soʻnmaganini koʻrsatyapti. “Baskchilar ancha avvaldan beri Ispaniyadan ajralish istagini bildirib keladi”. (Siyosat Post 2017 yil 24 sentyabr).
Bu hudud bir qancha zoʻravonliklar va yuzlagan qotilliklarni koʻrdi. Chunki ETA harakati bir necha yil qurolli yoʻl orqali ajralib chiqish amaliyotiga yetakchilik qildi. Bundan uch yil oldin, ushbu hudud uchun bir qancha salohiyatlarni qoʻlga kiritganidan keyin qurolini tashladi. Shuning uchun Ispaniyaning qaysidir hududida ajralish roʻy bersa, boshqasi unga ergashadi. Ispaniyaning adliya vaziri mana shundan ogohlantirib shunday dedi: “Meni qattiq xavotirga solayotgan narsa Kataloniyaning mustaqil boʻlishi Ispaniya davlatiga nuqta qoʻyadi. Chunki Kataloniyaning mustaqil boʻlishi domino toshlarini tiklab boshlanishdagisini yiqitsang qolganlari ham birin-ketin yiqilaverishiga oʻxshaydi”. (Al-Jazira 2017 yil 2 oktyabr).

Shuning uchun Ispaniya har qanday holatda ham Kataloniyaning mustaqil boʻlishiga yoʻl qoʻymaydi. Balki u ajralib chiqishni boshqa vositalar bilan toʻxtata olmasa 155-moddani ishga soladi. Buni 2017 yil 19 oktyabr kuni Bi-Bi-Si radiosi Ispaniya bosh vazirligi tomonidan tarqatgan xabardan ham bilib olsa boʻladi…

Agar Yevropa Ittifoqining biror hududida ajralish tushunchasi tarqalsa bu uning yemirilishi oz qoldi deganidir… Chunki Kataloniya va Bask yurti Ispaniya va Frantsiya oʻrtasida joylashgan boʻlib, Frantsiyaning Korsika orolida ham ajralish harakatlari mavjud. Ular Kataloniya provintsiyasida harakatlarning muvaffaqiyatini kutib turibdi. Bundan tashqari Italiya, Belgiya va boshqa joylarda ham ajralish harakatlari mavjudki, bu Yevropa Ittifoqi butunligiga putur yetkazadi. Chunki Yevropa Ittifoqi busiz ham turli inqirozlar va ajralishga harakat qilayotgan milliy harakatlar tahdididan qiynalmoqda. Britaniyada sodir boʻlgan Breksit hodisasi bunga yaqqol misoldir.
Agar Kataloniyaning mustaqillik harakatlari oldi olinsa, qolgan joylardagi harakatlar ham oʻz-oʻzidan toʻxtaydi. Chunki bu nafaqat Ispaniya, balki Yevropa Ittifoqining barchasiga xatardir.

Aftidan Kataloniya prezidenti buni angladi shekilli. Chunki odamlar unga qarshi namoyishga chiqqanini koʻrib, u oʻzini hatto oʻz yurtida ham yolgʻizlanib qolganini his qilmoqda… Shuning uchun u yurt yanada koʻproq mustaqillikka erishish uchun muzokaralar oʻtkazilgunicha mustaqillikni eʼlon qilishni ortga surdi. Shuningdek kelajakda mustaqillik roʻyobga chiqishi uchun qulay vaziyat va fursatni kutib shunday qildi. Bu narsa Ispaniyaga nisbatan boʻladimi yoki Yevropa Ittifoqiga nisbatanmi buning farqi yoʻq…

Hatto Kataloniyani ruhlantirayotgan Amerika ham Ispaniya pozitsiyasining kuchliligi va Yevropa Ittifoqi uni qoʻllayotganini koʻrib, shashtini pasaytirdi. Shuning uchun Ispaniya bosh vaziri Raxoy Kataloniya mustaqilligi borasida Amerika fikrini bilish uchun u yerga tashrif buyurar ekan, Tramp matbuot anjumanida shunday bayonot berdi: “Biz katta davlat bilan ishlaymiz va u yaxlit boʻlib qolishi kerak”. (Shuruq Misriya 2017 yil 27 sentyabr). Kataloniya prezidenti tez kunlarda Tramp oʻz vaʼdasida shayton kabi ekanini bilib oladi.

 يَعِدُهُمْ وَيُمَنِّيهِمْ وَمَا يَعِدُهُمُ الشَّيْطَانُ إِلَّا غُرُورًا 

“(Shayton) ularga vaʼdalar berur, xomxayollarga mubtalo qilur. Oxir-oqibatda shayton bergan vaʼdalar faqat yolgʻon-sarob boʻlib chiqar” [Niso 120]

Lekin Amerika Yevropa Ittifoqini loyqalatishda davom etaveradi va Yevropada uning vaʼdalariga ishonadigan laqmalar topilaveradi…!

Beshinchi: Shunday qilib, millatparastlik kapitalistik mabda sohiblari, xususan Yevropani parchalaydi, uning ittifoqini va tashqaridagi siyosiy ishlarini zaiflashtiradi. Chunki kapitalistik mabda millatparastlik masalasini muolaja qila olmadi va qila olmaydi ham… Demak u dinni hayotdan ajratgani uchun tubdan botil boʻlishidan tashqari muvaffaqiyatsiz hamdir. Shuningdek u demokratiyasi sababli yaroqsizdir, chunki unda kapitalistlar hukmronlik qiladi va uning nomidan imtiyoz va mansablarga oʻtirishadi hamda qonunlarini oʻz manfaatlari yoʻlida ishlatishadi. Bu mabda yana din va uni mahkam tutganlarga qarshi kurashadi hamda odamlarni diniy va irqiy asosda ajratadi… Bu narsa Amerika va Yevropada yaqqol koʻzga tashlanib, uni koʻzi koʻradigan va aqli ishlaydigan odam koʻrib bilib turibdi…

Odamlar tomonidan chiqarilgan qonunlarning barchasi shu kabi zulm, zoʻravonlik va fasoddan holi emas. Shuningdek ularning barchasi odamlarni qullarga aylantiradi yurtlarni vayron qiladi… Olamlar Robbisi boʻlmish Alloh yuborgan Islomgina odamlar oʻrtasida haq va adolatni oʻrnatadi hamda ularning ishlarini isloh qiladi. Chunki Alloh Taolo maxluqotlari nima bilan isloh boʻlishini biladi.

 أَلَا يَعْلَمُ مَنْ خَلَقَ وَهُوَ اللَّطِيفُ الْخَبِيرُ 

“(Axir) yaratgan zot (Oʻzi yoʻqdan bor qilgan narsalarni) bilmasmi?! U mehribon va (har narsadan) xabardor zotdir” [Mulk 14]

Islom odamlarni bitta doshqozonda toblaydi, turli boʻlinish va milliy qarama-qarshiliklarga barham beradi. Chunki u milliy va vatanparvarlik nizolarini harom deb hisoblab, ularga qarshi ayovsiz kurashadi…

Islom odamlarni boshqarar ekan, adolat bilan ish yuritadi, ularni diniy va irqiy jihatdan, rangi va millati jihatidan ajratmaydi. Balki ularning barchasiga bir xil muomala qiladi va roshid Xalifalik davlati soyasidagi sud oldida adolat bilan hukm qiladi…

Imom Ahmad oʻz musnadida chiqargan hadisda aytadi: Ismoil Said Jurayriydan, u esa Abu Nazradan Rosululloh Aning tashriq kunlari oʻrtasidagi ushbu xutbasini rivoyat qilgan:

“يَا أَيُّهَا النَّاسُ، أَلَا إِنَّ رَبَّكُمْ وَاحِدٌ، وَإِنَّ أَبَاكُمْ وَاحِدٌ، أَلَا لَا فَضْلَ لِعَرَبِيٍّ عَلَى عَجَمِيٍّ، وَلَا لِعَجَمِيٍّ عَلَى عَرَبِيٍّ، وَلَا أَحْمَرَ عَلَى أَسْوَدَ، وَلَا أَسْوَدَ عَلَى أَحْمَرَ، إِلَّا بِالتَّقْوَى أَبَلَّغْتُ”

“Ey insonlar ogoh boʻlinglarki, sizlarning Robbingiz bitta va otangiz bitta. Arabning ajamdan, ajamning arabdan, qizil tanlining qora tanlidan, qora tanlining qizil tanlidan hech qanday afzalligi yoʻq. Balki afzallik faqat taqvo bilandir. Yetkazdimmi”. Shunda sahobalar Rosululloh A yetkazdilar, deyishdi.

Haq mana shudir.

 فَماذا بَعْدَ الْحَقِّ إِلاَّ الضَّلالُ فَأَنَّى تُصْرَفُونَ 

“Haqiqatdan keyin esa faqatgina yoʻldan ozish bor, xolos. Bas, qay tarafga burilib ketmoqdasizlar?” [Yunus 32]

29 muharram 1439h

19 oktyabr 2017m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.