Tillerson va Lavrov Nьyu-Yorkda uchrashdi

752
0

Tillerson va Lavrov Nьyu-Yorkda uchrashdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Suriya inqirozini tugatish va xalq inqilobiga chek qoʻyish maqsadida AQShning Nyu-York shahrida 72 Bosh assambleyasini boshladi. Soʻnggi xabarlarga koʻra, BMT assambleyasida xususan Idlib masalasi ustida muzokara olib borish koʻzda tutilgan. Suriya masalasi boʻyicha Voshington rejalarini amalga oshirishga oʻz ulushini qoʻshayotgan koalitsion davlatlardan vakillar yigʻilishga ishtirok etish uchun Nьyu-Yorkda toʻplanishdi.

Mazkur yigʻilish doirasida AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan alohida uchrashuv oʻtkazdi. Matbuotdan xoli, yopiq eshiklar ortida boʻlib oʻtgan uchrashuv 45 daqiqa davom etdi. Taraflar Suriya masalasida oʻzaro hamkorlik hamda Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi vaziyat ustida muhokama yuritilganligi aytilmoqda.

Shuningdek, xabarlarda aytilishicha, Reks Tillerson bilan Sergey Lavrov oʻrtasida Ukraina sharqidagi ziddiyatni bartaraf etish uchun imzolangan Minsk kelishuvlarini amalga oshirish jarayoni ham muhokama qilingan.

Avvalroq BMT 72 bosh Assambleyasi yigʻilishi doirasida NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuv oʻtkazish rejasi borligi aytilgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.