Jeenbekov isteʼfoga chiqdi

734
0

Jeenbekov isteʼfoga chiqdi

 Mamlakat prezidentligi uchun asosiy nomzod boʻlib turgan Qirgʻiziston bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov isteʼfo berdi. Bu uning saylovoldi poygasiga kirishishi bilan bogʻliq hisoblanadi.

 “Bugun men lavozimni boʻsh qoldirishga qaror qabul qildim. Men Qirgʻiziston prezidentini bu haqda xabardor qilaman. Bugun Markaziy saylov komissiyasi meni prezidentlikka nomzod sifatida roʻyxatdan oʻtkazdi”, – degan Jeenbekov hukumat yigʻilishida.

 May oyida Qirgʻiziston Sotsial-demokratik partiyasi (QSDP) Jeenbekov nomzodini shu yilning 15 oktyabrida boʻlib oʻtadigan saylovlar uchun ilgari surgandi.

 Yangi hukumat saylangunga qadar bosh vazir vazifasini bosh vazir oʻrinbosari Muxammetkali Abulgaziyev bajarib turadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.