Hizbut Tahrir – Tojikiston Rahmonov zindonlarida yana bir xolis da’vatchisining qazo qilganini chuqur taassuf ila bildiradi

401
0

01

Matbuot bayonoti

2003 yil Jinoyatkor Rahmonov sudi 1968 yil O’zbekistonda tug’ilgan Mangaliev Ahmadulloh Niyozovichni to’qqiz yilga ozodlikdan mahrum qilgan bo’lib, uning «aybi» Hizbut Tahrir bilan birga rostgo’ylik va xolislik bilan da’vatni etkazgani, bo’lgan edi. Tergov paytida unga etkazilgan qattiq kaltaklashlar va vahshiyona qiynoqlar tanasining shol bo’lishiga olib kelgandi, o’shandan buyon u kasalxonada hibs qilinib kelardi. Ahmadullohning maxsus va intensiv ravishda davolanishga juda muhtojligiga qaramay, u umumiy koloniyaga ko’chirilib, u erda qattiq qiyinchiliklarni boshdan kechirdi. Salomatligi butunlay vayron bo’lib, o’lim yoqasiga kelib qolgandagina uni maxsus kasalxonaga olib kelindi va o’sha erda 2013 yil 8 sentyabr kuni hayotdan ko’z yumdi. Ertasiga uning pokiza tani tuproqqa qo’yildi.

Biz Alloh Taolodan bu birodarimizga qilgan sabri va haq so’zni etkazishda sobit turgani uchun ajri azim berib, shahidlar martabasiga etkazishini so’raymiz. Ayoli, bolalari, barcha oila a’zolari va do’stlariga iliq ta’ziyamizni izhor etib, Alloh Subhanahu va Taolodan ularga sabri jamil, sabot va matonat ato etishini so’rab qolamiz. Alloh Taolo aytadi:

«Mo’minlar orasida o’zlari Allohga bergan ahdu paymonlariga sodiq turgan kishilar bor, ulardan ayrimlari o’z ahdiga vafo qildi (ya’ni shahid bo’ldi), ayrimlari esa (shahid bo’lishga) intizordir, ular (ahdu paymonlarini) o’zgartirganlari yo’q» [Ahzob 23]

Hizbut Tahrir

14 zul-qa’da 1434h

Tojikiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.