Emmanuelь Naxshon: Usmonli imperiyasining kuni bitganiga ancha boʻldi

840
0

Emmanuelь Naxshon: Usmonli imperiyasining kuni bitganiga ancha boʻldi

Bosqinchi yahudiylar Quddusdagi musulmonlarga zulm oʻtkazishda davom etmoqda. Yahudiy politsiyachilar faqatgina namoz oʻqish uchun Masjid ul-Aqsoga kelgan musulmonlarga qarata koʻzdan yosh oqizuvchi gazlar, rezina oʻqlari va gohida haqiqiy oʻqlar bilan hujumlar uyushtiryapti. Kecha xufton namozi ortidan uyushtirilgan hujumda oʻnlab odamlar tanjarohati oldi. Musulmonlar jarohatlanganiga qaramay, qamoqlarga tashlanmoqda.

Bunday paytda Islom oʻlkalarining rahbarlari Musulmonlarning jonlari, mol-mulklari va sharaflarini himoya qilish yoʻlida “yaxshigina” joylashib olgan taxtlaridan qoʻzgʻalgisi kelmayapti. Baʼzilarning nazarida musulmonlarning xaloskori boʻlib koʻringan Turkiya prezidenti va bosh qoʻmondoni Rajab Toyyib Erdogʻan ham tanqid qilishdan nariga oʻtmadi. U Quddusni va Musulmonlarning boshqa qadriyatlarini himoya qila oladigan barcha imkoniyatlarga ega boʻlgan bir davlat prezidenti boʻlishiga qaramay, Turkiya oliy majlisida qilgan nutqida masjid ul-Aqso muammosiga yechim sifatida musulmonlarni Quddusga sayohat qilishga chaqirdi.

“Biz musulmonlar uchun muqaddas shaharlarimizni himoya qilishimiz imkon masalasi emas, iymon masalasidir. Falastinlik va boshqa xalqlardan boʻlgan birodarlarimiz ham bu zaminning muqaddasligini butun olamga eʼlon qilmoqda. Bu yerdan men barcha vatandoshlarimga va barcha musulmonlarga nido yoʻllaymanki, imkoniyati boʻlgan har bir kishi, iltimos, Quddusi sharifni ziyorat qilsin. Qodir boʻlmaganlar u yerdagi birodarlarimizga yordam joʻnatsinlar. Biz Masjidul Aqsoga qanchalik egalik qila olsak, koʻzlarini u yerga olaytirayotganlarning ishlari shunchalik qiyinlashadi. Agar bugun Isroil askarlari arzimagan bahonalar bilan Masjid-i Aqso hududiga bostirib kirib, musulmonlarning qonini osonlik bilan toʻkayotgan boʻlsa, demak bu – biz Quddusni yetarli darajada himoya qila olmayotganligimizdan darak beradi”, dedi Erdogʻan.

Prezident Erdogʻanning bu soʻzlariga yahudiylar Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu “Erdogʻan Isroilga nasihat qiladigan soʻnggi kishidir”, deya javob qaytardi. Isroil tashqi ishlar vazirligining matbuot kotibi Emmanuelь Naxshon ham oʻzining Twitter sahifasida Erdoganning soʻzlarini tanqid qilar ekan, Usmonli imperiyasining kuni bitganiga ancha boʻlganligini eslatib oʻtdi.

 “Erdogʻan oʻz mamlakatining muammolari bilan shugʻullansa yaxshiroq boʻlardi. Usmonli imperiyasining kuni bitganiga ancha boʻldi. Yahudiy xalqining poytaxti Quddusdir va shunday boʻlib qoladi. Quddus oʻtgan yillardan farqli ravishda xavfsizlik, erkinlik va barcha ozchiliklar huquqlarini hurmat qilish majburiyatini olgan davlatning poytaxtidir. Shisha uyda yashayotgan Erdogʻan boshqalarning uyiga tosh otmasligi kerak”, dedi Emmanuelь Naxshon.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.