Tataristonning rus siyosatidagi roli

397
0

01 (1)Tataristonning rus siyosatidagi roli

 Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov 2014 yil 21 mayda Tatariston aholisini Volga bo’yi bulg’or aholisining Islom dinini qabul qilganligini xotirlab nishonlash bayrami yaqinlashib qolgani munosabati bilan tabrikladi.

 Rustam Minnixanovning tabrigida Islom voqe hayotdan chetlatib qo’yilgan ilmoniy jamiyatning birlamchi vazifalari aks etib turibdi. Bunday jamiyatda kishi Islom qachonlardir Volga bo’yi bulg’or xalqlarida davlatning rasmiy dini bo’lganini va undan keyin mo’g’ul qipchoqlarning «oltin o’rda»sida shunday bo’lgan degan haqiqatni iloji boricha kattaroq ko’lamda bayram qilib nishonlashi mumkin. Lekin bu Tatariston aholisi ahvolidan hech narsani o’zgartirmaydi. Chunki hozirgi avlod o’z dunyo qarashida tubanlikka yanada qulab borayotgan G’arb jamiyatiga, uning tuban fasod qiymatlariga ergashmoqda. G’arbning bu qiymatlari g’arbliklar inson uchun ana shu saqofat bo’yicha o’ylab topishgan tasavvurga muvofiq o’lchanadi. Bu tez qulab borishga yaqinda o’tkazilgan evrovidenie kuy-qo’shiq musobaqasidan ko’ra yaqqolroq dalil bo’lmasa kerak.

 Rustam Minnixanov o’z tabrigining boshida «Islomiy xalqlar o’zi erishgan yutuqlar uchun Alloh Subhanahu va Taologa hamd aytmog’i lozim. Bu shunday bir haqiqatki undan ko’z yumish to’g’ri bo’lmaydi» dedi. Lekin u so’zining davomida millatchilik fikratini olib kirib: Qozon bu yil «turkiy olamning saqofiy poytaxtidir» dedi va bulg’or tatarlarni xalqaro maydonda «haj gavhari» deb atadi. Millatchilik mazmunidagi bunday baho islomiy mabdalar va asoslarga butunlay ziddir.

 Islom hayot dinidir. Ruhiy sohada bo’lsin yoki moddiy sohada bo’lsin, hech farqsiz odamlar hayotining barcha sohalaridagi muammolarni Islomning hal qila olish va muolaja qila olish qudratini ko’rib olamdagi odamlar Islom haqida ongga ega bo’lishga yanada ko’proq intilishmoqda. Islomga nisbatan uni butun bashariyat uchun yuborilgan mukammal qonunchilik nizomi degan e’tiborda munosabatda bo’lmay, aksincha Islomni faqat bir necha qadimiy yodgorliklardangina iborat qilib ko’rsatishga bo’lgan urinish Islomni hayotning faqat bir burchagigagina yoki bir tomonigagina cheklab qo’yishga urinayotgan ana shu kimsalardangina sodir bo’lishi mumkin.

 Rus hukumati Tataristonga uning qanday rol o’ynashini istasa shunday rolni belgilab qo’ygan. Bu rol Tataristonning Rossiya bilan islomiy olamni bog’lovchi «ko’prik» bo’lishidir. Chunki Rossiya investitsiyalarga o’ta muhtoj. Ayniqsa Yevropa Ittifoqi va Qo’shma Shtatlarning Rossiyaga qarshi iqtisodiy jazo choralarini kuchaytirish haqidagi tahdidlariga qarshi turishda Rossiya investitsiyalarga o’ta muhtojdir. Shuning uchun ham iyunning boshlarida Qozonda islomiy hamkorlik tashkiloti davlatlarining iqtisodiy sammiti o’tkazilishiga qaror qilindi. Kreml shu sammit orqali shu yo’nalish bo’yicha kirib borishni umid qilmoqda. Rossiya Tatariston orqali islomiy olam tashkiloti mamlakatlaridagi ishbilarmonlarning e’tiborini torta olishi va ularning ishtahasini qo’zg’ata olishi mumkin. Ammo Islomiy Ummat bilan aloqalarni o’rnatish haqidagi gap-so’zlarga kelsak buning uchun Rossiya avvalo o’zidagi va tashqarisidagi musulmonlarga qarshi yuritayotgan jinoyatkorona siyosatidan butunlay, abadul abad voz kechishi lozim. Chunki Rossiya Chistopoldagi musulmonlarni hamon qamoqda ushlab turibdi va ularni qiynoqlarga solmoqda. Rossiya o’zining xavfsizlik idorasi musulmonlarga qarshi qo’llayotgan qo’l-oyoqlarni kesib tashlash, umurtqa suyagini sindirish, ichki a’zolarni qiymalab tashlashdan iborat qiynoq turlari fosh bo’lib qolganiga qaramay hozirgacha bu jirkanch jinoyatlarni qilgan yovuzlardan birontasini adolat sudiga tortgani yo’q. Aholisini Rustam Minnixanov bir necha kun oldin tabriklagan bu mintaqa boshdan kechirayotgan haqiqiy ahvol mana shudir.

 Hizb ut-Tahrirning

 Rossiyadagi matbuot bo’limi

 Hizb ut-Tahrirning Rossiyadagi matbuot bo’limi: www.hizb-russia.info

 Elektron pochta: mediaoffice.htr@gmail.com

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.