Erdagon: Turkiyaning halokatini kutuvchi koʻp dushmanlar bor

647
0

Erdagon: Turkiyaning halokatini kutuvchi koʻp dushmanlar bor

 Turkiya poytaxti Anqara shahrida oʻtgan yilning 15 iyulidan 16 iyulga oʻtar kechasi roʻy bergan davlat toʻntarishi bartaraf etilganiga bir yil toʻlishi munosabati bilan mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻan yigʻilgan omma oldida chiqish qildi. Bir yil muqaddam, 2016 yilning 16 iyuli, soat 02:30da Turkiya buyuk millat majlisi, yaʼni parlamenti binosi isyonchilar tomonidan bombardimon qilingan edi.

 Erdagon oʻz chiqishida Turkiyaning halokatini tashqarida koʻpchilik kutib turgani haqida gapirdi.

 “Koʻp dushmanlar Turkiya halokatini kutmoqda. Agar men ularning nomlarini sanay boshlasam, bu keng koʻlamdagi xalqaro inqirozga olib kelishi mumkin”,- degan Erdagon.

 U isyon tashkilotchisi sifatida ayblangan muxlolifatchi Fathulloh Gulen ayni vaqtda ham AQShdaligi, Pensilьvaniya shtatida katta mulkka egalik qilishni eslatib oʻtgan.

 Erdagon 2016 yil iyulida isyon bostirilishi oqibatida xoinlar 40 yil tayyorgarlik koʻrgan rejalar 20 soat ichida barbod boʻlganini taʼkidlab oʻtgan va buni umumxalq gʻalabasi deya baholagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.