Rossiya “Iskandar-M” raketasini Tojikistonda sinovdan oʻtkazdi

931
0
epa05531687 The operational-tactical missile complex (PTRC) 'Iskander-M' prepares for fire during a demonstration program of the International Military-Technical Forum 'ARMY-2016' in the Russian Armed Forces 'Patriot' Park in Kubinka, Moscow region, Russia, 09 September 2016. Hundreds of the Russian defense companies and weapon manufacturers will take part in the event, displaying an estimated 5,000 pieces of weaponry and military equipment, ranging from helicopters and fighter jets to tanks and small arms. EPA/SERGEI ILNITSKY

Rossiya “Iskandar-M” raketasini Tojikistonda sinovdan oʻtkazdi

Tojikistonda oʻtkazilayotgan “Antiterror-2017” mashgʻulotlari davomida Rossiya “Iskandar-M” ballistik raketasini sinovdan oʻtkazdi. Bu “Iskandar-M” tezkor-taktik raketa majmualarini Rossiya tashqarisidagi harbiy mashgʻulotlarda birinchi marta qoʻllashi boʻldi.

Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi maslaxatchisi polkovnik Yaroslav Roshchupkinning 1-iyun kuni maʼlum qilishicha, sinov vaqtida mazkur raketa bilan terrorchilarning tojik-afgʻon chegarasidan 15 km uzoqlikdagi ehtimoliy lageriga zarba berildi.

Roshchupkinning qoʻshimcha qilishicha, mashgʻulotlar davomida Rossiyaning “Uragan” raketa tizimi ham qoʻllanilgan.

Tojikiston mudofaa vazirligi matbuot kotibi Farudin Maxmadaliyevning soʻzlariga koʻra, mashgʻulotlarga Rossiya va Tojikistonning 4500 harbiylari jalb qilingan. Rossiya mashgʻulotlarga 2000 askar, 30 yaqin samolyot va vertolyot joʻnatgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.