AQSh “Suriya demokratik kuchlari”ga qurol aslaha yuborishni boshladi

575
0

AQSh “Suriya demokratik kuchlari”ga qurol aslaha yuborishni boshladi

AQSh oʻzining eng yaqin strotegik hamkori boʻlgan Turkiya tarafidan terrorchilar roʻyxatiga kiritilgan “Suriya demokratik kuchlari”ga qurol-aslaha yuborishni boshladi. Bu haqida AQSh mudofaa vazirligi (Pentagon) xabar tarqatdi. Pentagonning eʼlon qilishicha, Raqqa amaliyotiga ishtirok etishi rejalashtirilgan Suriyadagi Kurt kuchlarga qurol aslahalar va harbiy texnikalar yuborish amaliyoti kecha boshlangan.

Pentagon matbuot kotibi mayor Adrian Gallavay Suriya demokratik kuchlarining kurt unsurlariga yengil qurollar va harbiy texnikalar yubora boshlanganini tasdiqladi. Biroq Gallavay qurollarning turlari va harbiy texnikalarning soni haqida maʼlumot berishni istamadi. Bundan avval Pentagon tarafidan berilgan bayonotda yengil qurollar, bomba yuklangan zirxli texnikalar va aloqa vositalari yuborilishi aytilgan edi.

AQShning IShIDga qarshi kurash boʻyicha maxsus vakili Brett Makgerk Suriyada Raqqa amaliyoti yaqin kunlarda boshlanishini va AQSh kuchlari ham Suriya demokratik kuchlari bilan birgalikda jangga kirishini bildirdi.

“Biz bu yerda ham Suriya demokratik kuchlari bilan birgalikda harakat olib boryapmiz. Raqqa bilan oramizda 2km masofa bor. Yaqin kunlarda harbiy amaliyotni boshlaymiz. Aniq bir kunni ayta olmayman, biroq juda yaqin kunda boshlaymiz”, dedi Makgerk.

AQSh Suriya demokratik kuchlarini IShIDga qarshi jangda ishtirok etishini roʻkach qilib, ularga harbiy yordam koʻrsatayotganligini oqlashga urinmoqda. Bu borada yakin hamkori deb qaralgan Turkiyaning eʼtirozlarini inobatga olmadi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdugʻon Suriya demokratik kuchlarini terrorchi kuchlar deb sifatlab, AQShning mazkur kuchlarni qurol-aslaha bilan taʼminlashi Turkiya-Amerika aloqalariga toʻgʻri kelmasligini bildirgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.