Kabiriy : Biz Avrupo tashkilotlari bilan hamkorlik qilishimiz lozim!

407
0

Tojikiston “nahzati islomiya” (Islom uygʻonish partiyasi) raisi Muhiddin Kabiriy Polshaga qilgan safari chogʻida, “Nega tojiklar vatanlarini tark etmoqdalar?” nomli norozilik namoyishiga ishtirok etdi. Kabiri jurnalistlarning savollariga javob bera turib, hizbining terroristik guruhlar safidan joy olishi sabablariga yorqinlik kiritdi. Polsha respubliksiga qarashli “Gazeta Prawna”- ga intervyu bergan Muhiddin Kabiriy terrorizm borasida fikr bildirib, quyidagilarni soʻzladi:

“Birinchi navbatda 2010 yilgi saylov natijasi haqida toʻxtalib oʻtmoqchiman. Kuzatuvchilarning fikriga koʻra, bizning hizb oʻshanda hokim hizbdan koʻproq ovoz olgan, ammo amalda biz uchun parlamentdan faqat ikki joy ajratildi xolos. Tarafdorlarimizning koʻpchligi hukumatni talvasaga soldi. Hukumat shu bilan kifoyalanmay, “nahzati islomiya”ni oʻzining eng ashaddiy muxolifi deb bildi va uning obroʻsining butunlay tushib ketishi uchun kuch sarfladi. Tojikiston Xavfsizlik Kengashi 2011 yili prezident iimzosi bilan 3220 raqamli maxfiy protokolni qabul qildi. Maqsad “nahzati islomiya”ni butunlay zaiflashtirish va bartaraf etishdan iborat edi. Bu protokol bizning qoʻlimizga yetdi va rus axborot nashrlari uni birin-ketin eʼlon qilishdi. Bundan soʻng hukumatning taʼqibu tazyiqlari avjiga chiqib, “nahzati islomiya” faʼoliyati bosqichma bosqich falaj holatgacha yetib keldi. Bu jarayonda bizlardan bir-necha faʼol vakillarimizni hibsga oldi. Va nihoyat 2015 saylovlaridan soʻng “nahzati islomiya”ning faʼoliyatini manʼ qildi.
Gazeta Prawna:- Siz xorijiy yurtga qochib ketib ulgurdingiz, ammo sizning muovinlaringiz ichkarida qoldilar. Ularning boshiga qanday qismat tushdi?

Muhiddin Kabiriy: – Har ikkala noibim abadiy qamoq jazosiga mahkum etildi. Bu hukmdan ilgari ular MXX ning SIZOsiga kiritilgan. Ulardan mening nomimni inkor etishlari va hizbning notoʻgʻri ekanligini eʼtirof etishliklari talab qilingan. Hatto buning evaziga ularga ozodlik va katta mol-mulk, mablagʻ vaʼda qilingan. Biroq ularning ikkalasi ham qatʼiyan rad etishganliklari bois haligacha muvaqqat saqlash kameralarida saqlanmoqdalar. Ularga advokat yollash taʼqiqlangan va oʻz yaqinlari bilan uchrashishdan mahrum, hatto oddiy tibbiy yordam ham berilmaydi. 30 nafarga yaqin “nahzati islomiya”ning faʼol aʼzolariga 15 yildan 28 yilgacha jazo muddati belgilangan. Jami 200 nafar hizb faollari ayni damda hibsda jazo muddatini oʻtashmoqda.

Gazeta Prawna:- Qaysi dalillarga koʻra ularni zindonband etishdi?
Muhiddin Kabiriy: – Bizlarning hizb faʼollarimizni hukumat turli ayblovlar bilan qoʻlga oldi, shu jumladan terrorizm ekstremizm va uyushgan jinoiy guruhga mansub deb bilib, hatto hizb qonunan taʼqiqlanmagan bir davrda hibsga olishdi. Shundan keyin Oliy Sud hizbni man qilinishi haqida hukmini eʼlon qildi.
Muhiddin Kabiriy:

Men Avrupolik organlar keltirgan koʻrsatkichni maqullayman va toʻgʻri tushunaman. Ammo biz terroristlar bilan siyosiy qochqinlar orasidagi farqni bilib olishimiz kerak. Bu borada biz Avrupo xafsizlik Organlari bilan yaqindan hamkorilik qilishimiz zarur. Ular bizga yordam qoʻlini choʻzsalar maqsadga muvofiq ish boʻlardi. Avrupo, Turkiya va Sankt-Peterburgdagi teraktlarning barchasini aynan Oʻrta Osiyo fuqarolari amalga oshirishdi. Ular sababli barchamiz yomonotliq boʻldik. Terroristlarning ustozlarida yetarlicha ilm-saqofat boʻlmaydi. Biz eng avvalo boshqa yurtga safar qilgan muhojirlarga taʼlim tarbiya bermogʻimiz lozim. Toki oʻsha davlatning urfu odatlarga tezroq koʻnikishsin. Boshqa tarafdan Islomning tinchlik va mehr-shafqat dini ekanligini amalda isbotlash kerak. Shu bilan Islomning terrorga aloqador emasligini koʻrsatamiz.
Manba: OAV

Turkiston :
Hizb ut-Tahrirning “Hizbiy uyushma” kitobidan iqtibos: “Islom Davlati yuq qilingach, uning oʻrnini mustamlakachi egallab oldi va arab yurtlarini bevosita boshqarib, qolgan islomiy yurtlarga nufuzini yoya boshladi”. “Darhaqiqat, kufr va mustamlakachilikni mustahkam oʻrnatishda, oʻygʻonish amalga oshmasligida va uyushgan harakatlar – ular xoh jamiyat, xoh hizb shaklida boʻlsin – muvaffaqiyat qozonmasligida ajnabiy saqofatning katta taʼsiri boʻlgan edi. Chunki hayot oqimiga taʼsir koʻrsatuvchi inson fikriga saqofat katta taʼsir koʻrsatadi”. “Shunga binoan, jamiyatdagi bunday ajnabiy saqofat bilan birga toʻgʻri hizbiy uyushma vujudga kelishi mumkin emas”.

Mustamlakachi kofir bu saqofat bilan kifoyalanmadi, balki muhitni siyosiy va falsafiy fikr va raʼylar bilan zaharladi”. “Ajnabiy oʻz shaxsiyatini saqofat markazi va hamma intiladigan joy qilib qoʻyishda siyosatchilardan ham foydalanib, siyosiy kishilar yoki siyosat bilan shugʻullanuvchilarning butun diqqat eʼtiborini ajnabiydan yordam soʻrash va unga suyanishga qaratib qoʻydi. Shuning uchun uyushmalarning aksariyati oʻzlari sezmagan holda ajnabiy davlatlardan yordam soʻrashga intila boshladi. Natijada Islomiy yurtlarda ajnabiy davlatlardan yordam soʻrashni yoqlaydiganlar chiqdi. Holbuki ular ajnabiydan yordam soʻrash va ajnabiyga suyanishni har qanday qoʻllab quvvatlash (u suyanish qay turli boʻlmasin) – garchi yaxshi niyatda boʻlsa-da – ajnabiy tarafidan amalga oshirilayotgan zaharlash hamda ummatga xiyonat deb eʼtibor qilinishini anglamas edilar. Ular oʻz masalamizni boshqalarga bogʻliq qilib qoʻyish siyosiy halokat ekanini bilmaydigan boʻlib qoldilar. Shuning uchun fikri ajnabiyga suyanish yoki qoʻllab-quvvatlash bilan zaharlangan uyushmalardan birortasining vujudga kelishida muvaffaqiyat boʻlishi mumkin emas”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.