2010 yili Bakievni Qirg’izistondan kim qo’yib yubordi?

499
0

2010 yilining aprel oyida Kurmanbek Bakievni Qirg’izistondan qo’yib yuborishlik haqidagi qaror Rossiya, AQSh va Qozoqston prezidentlarining murojaatidan keyin qabul qilingan edi. Bu haqda sobiq prezident Roza O’tinboeva “Aqsi voqealaridan hamda 2005 va 2010 yillardagi inqiloblardan olingan ibratlar” nomli konferentsiyada nutq so’zlay turib bayon qildi.

Uning so’zlariga ko’ra, 7 aprel voqealaridan so’ng Kurmanbek Bakiev mamlakatning janubida, o’z atrofiga kuch yig’ayotgan edi. “Vaziyat o’ta murakkab bo’lgan, – takidladi O’tinboeva. – Grajdanlar urishi chiqib ketishi mumkin edi”. “Xozir ko’pchilik Bakievni qo’yib yuborganlarni javobgarlikka tortilishini talab qilishmoqda. Men uni qo’yib yuborgan edim va har qanday javobgarlikka tayyorman”, – dedi sobiq prezident va “o’sha vaqtda so’z mamlakatning birdamligi haqida ketayotgan edi va mamlakat parchalanib ketishi mumkin edi”, deb qo’shib qo’ydi.

Uning so’zlariga ko’ra, bunday qaror Qozoqston prezidenti Nursulton Nazarboev bilan telefon orqali suhbatdan keyin qabul qilingan. “U AQSh va Rossiya prezidentlari nomidan gapirayotganligini aytdi. Biz, – dedi u, – Qirg’izistondagi vaziyatni muhokama qildik va Bakievni mamlakatdan qo’yib yuborish hamda vaziyat nazoratini qo’lga olish kerakligini ko’rib turibmiz. O’shanda Vaqtinchalik hukumat a’zolarining ko’pchiligi bunday qarorni ma’qullashdan bosh tortishdi va butun javobgarlikni men o’z zimmamga olishligimga to’g’ri keldi. Men nima qilishim kerak edi? Uch muhim derjavalar prezidentlari vaziyatni qanday qilib qo’lga olish kerakligi haqidagi taklif bilan murojaat qilib tursayu, biz, o’zimiz bilgandek yo’l tutamiz, deb tursak. Bunday qaror bizga yordam bermagan bo’lar edi. O’z zimmamga olgan bu qaror to’g’ri bo’lganligiga men ishonaman”, – qayd qildi O’tinboeva.

Kurmanbek Bakiev Qirg’izistondan 14 aprel kuni Qozoqston armiyasi kuchlari tomonidan olib chiqib ketilgan. Qozoqstondan Jalol-Obodga kelgan uchoqda Bakiev mamlakatni tark etgan.

Ha, o’shanda qirg’iz millati parchalanib, qabilalararo nizolar chiqib ketishi mumkin edi…

Insonlarni bir-biriga bog’lab turgan millatchilik aloqasi shunday aloqaki, agar tashqaridan xatar bo’lmasa qabilalararo nizolarga sabab bo’ladi. Uning kichik ko’rinishi bir oilaga o’xshaydi. Insonning tabiatida boshlig’lik qilishga intilish tuyg’usi mavjud. Mana shu tuyg’u insonni oilada uni barchasi hurmat qilishligi, uning bilan xisoblashishliklari va oilada ishlar u aytganday bo’lishligi uchun harakat qilishga undaydi. Huddi shunday mavke’ o’z oilasining qarindoshlar orasida va qarindosh-urug’ining butun millat orasida, millatining esa butun insoniyat orasida bo’lishini xohlaydi inson va shunga intiladi ham. Agar tashqaridan xatar bo’lmasa, rahbarlikka intilishdagi mana shu harakatlar ba’zida, to’g’rirog’i – ko’p holatlarda, qabilalararo nizolarga sabab bo’ladi. Tashqaridan kelgan xatar shu nizolarga chek qo’yadida, qabilalar xatarga qarshi kurashishlik uchun birlashadilar…

Ha, o’shanda qirg’iz millati parchalanib ketmasligi uchun tashqaridan xatar kerak bo’lib qolgan edi. 2010 yili iyun oyida o’sha “muhim derjavalar” shunday xatarni paydo qila olishdi.

Toki, qanday millatdan bo’lishidan qat’iy nazar, musulmonlarni yagona, Allohning hukmi ila boshqariladigan mamlakatga jamlaydigan Xalifalik tiklanmas va o’sha “muhim derjavalarni” bo’g’izidan olmas ekan, musulmonlar qabilalararo, millatlararo, mazhablararo nizolarda bir-birining muborak qonini to’kishda davom etaveradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.