Shom togʻuti bilan sulh tuzish uni qonuniylashtirib, umrini uzaytiradi

782
0

Shom togʻuti bilan sulh tuzish uni qonuniylashtirib, umrini uzaytiradi

Axborot vositalarida tarqatilgan xabarga koʻra, Jayshul Fathning ikki qanoti vakillari bilan Eron Inqilob Gvardiyachilari va Livanning Hizbi delegatsiya oʻrtasida ittifoq tuzilgan. Qatar va Eron oʻrtamchiligida imzolangan bu ittifoqqa koʻra, Idlibning Kufriyo va Favʼa rayonlaridan aholining chiqib ketishi evaziga Suriya rejimi jangchilar bilan yuzlab mahbuslarni ozod qiladi. Bu jangchilar Damashq atrofidagi Zabadoniy, Madaya va Baludon rayoni jangchilaridir.

Ey Islom diyori markazi boʻlmish Shomdagi musulmonlar!

Bu ittifoq tafsilotlari qandayligidan qatʼiy nazar, qonxoʻrlar bilan boʻlgan har qanday sulh va ittifoqlarning naqadar xavfliligi, ular Shom qoʻzgʻolonini musibat va vayronadan oʻzga narsaga yetaklamagani kattayu, kichikka yaxshi maʼlum. Bundan tashqari bu ittifoq va sulhlar ayollar, bolalar va qariyalar qotiliga qonuniylik tusini berib, rejim umrini uzaytiradi, qoʻzgʻolonchilarni Amerikaning siyosiy yechimi koʻchasiga burib yuborib, u yerdan qaytib chiqa olmaydigan qilib qoʻyadi… Axir, koʻrinib turibdiku, qonxoʻr rejim bilan oʻt ochishni toʻxtatishga erishish yoʻlida AQSh hamma imkoni va vositalari bilan urindi, unga Rossiya yordam berdi, qoʻzgʻolonchilarni holdan toydirdi, soʻng yoʻq qilish maqsadida oralarida nizo urushi oloviga oʻt qaladi…

Diqqat bilan kuzatgan kishi shunga guvoh boʻladiki, Rossiya kurd ittifoqchilari bilan turk kuchlari va Suriya Ozod armiyasi oʻrtasida ehtimolli toʻqnashuv kelib chiqmasligi uchun oʻz kuchlarini Halabning gʻarbiy qismidagi rossiyaparast suriyalik kurd kuchlariga qarashli Ifrin mintaqasiga joylashtirishi lozimligini taʼkidlayotgan bir paytda bu ittifoq ham paydo boʻldi. Bundan tashqari, ayni ittifoq kurdlarning “Xalq Mudofaasi otryadlari” qoʻmondoni Sabon Huning bayonoti bilan ham bir vaqtga toʻgʻri keldi. U “Hayot” gazetasiga bergan bayonotida “Suriya demokratik kuchlari”ning Jayshul Hur va qabilalar yordami hamda havodan ruslarning qoʻllab-quvvatlovi ostida Idlibga yetib borishiga ishonishini bildirdi. Shunga binoan aytish mumkinki, Kafaryo va Favʼadan fuqarolarning chiqarilishi va u yerda harbiylarning qoldirilishi ehtimoldan xoli emas. Chunki, Idlibga qarshi har qanday ehtimolli urushda shu harbiylar ishga solinadi. Xususan, bu harbiylarga katta miqdorda qurol-yaroq ham qoldiriladi. Chunki uchoqlar vaqti-vaqti bilan bu mintaqalarga qurollarni tashlaydi. Bu barchaga maʼlum narsa.

Ey muborak Shom zaminidagi musulmonlar!

Siz qoʻzgʻoloningizni oʻz uy va mintaqalaringizni tark etib, boshqa mintaqada yashash maqsadida boshlamadingiz, balki, Shom togʻutini agʻdarib, xarobalari ustida Alloh boshqaruvini barpo qilish maqsadida boshladingiz. Qoʻzgʻoloningizni bugun shu ahvolga olib kelib qoʻygan narsa, zaiflik yoki ojizlik emas, balki jiddiy harakat qilmaganlik natijasidir. Bas, Shom togʻutini agʻdarish uchun endi jiddiy harakat qilishingiz shart. Zotan, bu togʻutning bir mintaqa ketidan ikkinchi mintaqa ahlini quvib chiqarganini, hamon shunday qilishda davom etayotganini xalqaro hamjamiyat koʻrib-eshitib turibdi, hatto u qoʻzgʻoloningizga qarshi togʻut bilan til biriktiryapti ham… Binobarin, xalqaro hamjamiyatga qilingan har qanday oh-voh, siyosiy xudkushlik boʻlib, hammani halokatga olib boradi. Shubhasiz, Shom togʻuti bilan tuziladigan har qanday sulh ham jarlikka eltadi. Shuning uchun, vaqt kech boʻlmasdan oldin, bunday ishlarga chek qoʻymoq lozim. Buning yoʻli esa, xolis bir siyosiy yetakchilik ostida jiddiy va xolis harakat qilish, “qoʻllab-quvvatlovchi” davlatlar bosimlaridan saqlanish, qoʻzgʻolonni koʻzlangan maqsadidan ogʻdirishga bor kuchlarini sarflayotgan itoatgoʻy va razil yetakchilardan uzoq yurish bilan boʻladi. Alloh Taolo bunday dedi:

“Ey moʻminlar, Alloh va Rosuli sizni abadiy hayot beradigan narsaga daʼvat qilar ekan, uni qabul qiling, bilingki, Alloh kishi bilan uning qalbi oʻrtasini egallab turur va albatta Uning oldiga toʻplanajaksiz. Hamda sizlardan faqat zolim kimsalarning oʻzigagina yetmay (balki barchaga yetadigan) balodan saqlaningiz va bilingizki, albatta Allohning azobi qattiqdir” [Anfol 24]

Hizb ut-Tahrir-Suriya viloyati matbuot boʻlimi

Skype: TahrirSyria

Elektron pochta: media@tahrir-syria.info – ahmadabdalwahab2@gmail.com

Suriya viloyati rasmiy sayti: www.tahrir-syria.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.