Mosul qirgʻin qilinmoqda

793
0

AQSh uchoqlari bilan Mosul qirgʻin qilinmoqda, ayollar, bolalar va qariyalar qoni oqizilmoqda

Ey musulmonlar, uni qutqarib qolish uchun yana nimani kutyapsiz?!

“2017 yil 23 mart payshanba kuni xalqaro koalitsiya kuchlari uchoqlari Yangi Mosul mintaqasidagi uy-joylarni nishonga olib, bombardimon qildi. Natijada aksari ayollar va bolalardan iborat 230 nafar inson halok boʻldi. Buning ortidan shahar kengashi Mosul shahrini jabrlangan zona, deb eʼlon qilinishini talab qildi”. (Arabiyya 2017 yil 24 mart). Oʻz navbatida, mahalliy kengash raisasi Basma Basim “Bir hafta oldin Mosul shahrining gʻarbiy qismidagi rayonga xalqaro koalitsiya uchoqlari bombardimonida 500dan ziyod fuqaro nobud boʻlgani”ni bildirdi. Mosul fuqarolik mudofaasidagi bir manbaning aytishicha, “Hozirda Yangi Mosul, Akidot, Bobuljadid, Foruq, Matohik kabi shaharlardagi xarobalar ostida yuzlab oilalarning ayollar, bolalar va qariyalardan iborat 2070 aʼzosi qolib ketgan”. Al-Jazira 2017 yil 25 martda “BMT hisobotiga koʻra, hukumat kuchlari eski Mosulda qayta nazorat oʻtnatish uchun jang qilayotgan bir paytda, u yerda 400 mingdan ziyod iroqlik fuqaro qamalda qolgan”ligi toʻgʻrisida xabar tarqatdi.

Mosulda sodir etilgan qabih jinoyatlar va uning dahshatli oqibatlarini taʼriflashga inson tili ojizlik qiladi. Amerikaning yirtqichlarcha sodir etgan jinoyatlari va ochkoʻzligi badalini bitta havo hujumining oʻzida halok boʻlgan yuzlab ayollar va bolalardan iborat oddiy insonlar toʻladi. Amerikaning bu havo hujumi, uning 2003 yilda Iroqni bosib olgandan beri oddiy fuqarolarga qarshi sodir etgan havo hujumlari ichida eng dahshatlisi, deya baholanmoqda. Iroq inson huquqlarini kuzatish markaziga koʻra, “oʻtgan oy 19 fevralda boshlangan harbiy amaliyotlardan beri, Iroq shimolidagi Mosul shahri gʻarbida 3846 nafar oddiy fuqaro nobud boʻlgan”. (Xalij onlayn 2017 yil 25 mart). Bulardan tashqari, yuz minglab inson qochqinga aylantirildi, oʻn minglabi esa, ikki oʻt orasida-koalitsiya kuchlari bilan “Islomiy Davlat” tashkiloti oʻrtasida qolib ketdi, yuzlab uy vayron qilindi… Mosulda sodir boʻlgan dahshatli insoniy holatga oid statistik raqamlar hanuz ortmoqda.

Amerika “Islomiy Davlat” tashkilotiga qarshi kurash niqobi ostida Mosulda ayollar, bolalardan iborat oddiy fuqarolarni shafqatsizlarcha oʻldirmoqda. Soʻng 2017 yil 25 mart kuni oʻtkazgan tergov-surishtiruvi natijasida bu qilgan iflos jinoyati bilan maqtanib bunday dedi: “AQSh oʻz uchoqlari yordamida Mosul gʻarbida olib borgan bombardimonni Iroq xavfsizlik kuchlari talabiga binoan amalga oshirdi, unda oʻnlab fuqaroning halok boʻlib, jarohatlanganiga ishonadi”. (Reyter 2017 yil 25 mart). Ayni tergov-surishtiruv natijasidan Amerika qabohati va takabburligi koʻrinib turibdi, Iroqdagi urushidan asl maqsadi nima ekani, maqsadi “Islomiy Davlat” tashkilotiga qarshi urush emasligi yaqqol namoyon boʻlib turibdi. Aks holda, shu tashkilot mavjud boʻlgan mintaqalarni nishonga olgan va qurbonlar ham faqat shu tashkilotda boʻlgan boʻlardi. Ammo haqiqatda esa, qurbonlar oddiy fuqarolar boʻldi! Buni Mosuldagi mahalliy kengash raisasi Basma Basimning mana bu bayonoti ham tasdiqlaydi: “Sodir etilgan hodisa qasddan qilingani koʻrinib turibdi, chunki unda “Islomiy Davlat” tashkiloti jangarilari nishonga olinmadi. Zero, bu jangarilar rayonni tark etmaslaridan oldin atigi olti nafar edi, xolos”. (Al-Jazira 2017 yil 25 mart).

Koalitsiya mana shunday jinoyatlar sodir etgan bir paytda, inson huquqlari va erkinliklar, deya jar solayotgan xalqaro tashkilotu muassasalar hamda xalqaro hamjamiyatdagi munofiq yetakchilar Gʻarb davlatlarining birortasida hujum yoki portlash sodir boʻlsa, hamdardlik bildirib, buni terrorizm va kechirib boʻlmas jinoyat, deb hisoblashmoqda. Ammo yuzlab, hatto minglab musulmonlarning bir kunda qirgʻin qilinishini esa, koʻrib chiqiladigan masala, deyishyapti!

Hammasidan ham eng alamli va eng achchigʻi shuki, bu badbaxt Amerika koalitsiyasi Iroq va Shomdagi oddiy insonlarga qarshi oʻz jinoyatlarini islomiy yurtlardagi, ayniqsa, qoʻshni Turkiya va Erondagi hukmdorlar yordami bilan amalga oshirmoqda. Hatto unga shu jabrlangan zona hukmdorlari ham koʻmaklashmoqda! Qanday aqliraso hukmdor mustamlakachilardan yordam talab qiladi va oʻz millati xalqi ustida ular bilan til biriktiradi-a?!

Shubhasiz, ularning barchasi AQSh amr-farmonini bajaruvchi qoʻgʻirchoqlardan boshqa narsa emas, barchasi shu mustamlakachi davlat manfaatlarini himoya qilib, rejalarini amalga oshirishadi. Oqizilgan oddiy fuqarolar qoni ularning malaylik va jinoyatlariga albatta guvohlik beradi. Shuningdek, musulmonlarga yordam berishga yolgʻondan qoʻrqoqlik qilayotgan va Allohning

وَإِنِ اسْتَنْصَرُوكُمْ فِي الدِّينِ فَعَلَيْكُمُ النَّصْرُ

“Agar ular din yoʻlida sizdan nusrat-yordam soʻrasalar, nusrat-yordam berish zimmangizdadir” [Anfol 72]

degan kalomidan oʻzlarini bexabar qilib koʻrsatayotgan islomiy yurtlar armiyalariga ham albatta guvohlik beradi.

Ey musulmonlar!

Islomiy yurtlaringizda oqizilayotgan qonlarni toʻxtatishning va boshingizda kechayotgan azob-uqubatlarga barham berishning birdan-bir yoʻli anavi yuvindixoʻr rejimlarni tubdan vayron qilib, ularning xarobalari uzra Paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etishdir. Ushbu Xalifalik musulmonlarni birlashtirib, mazlumlarga yordam beradi va Ummatni oʻzining kuch-qudratli maqomiga qayta koʻtaradi… Ummat xalifasi dushmanga emas, oʻz fuqarosiga gʻamxoʻrlik qiladi, ularga qarshi dushman bilan til biriktirmaydi. Shunday ekan, harakatga keling va uni barpo etish uchun faoliyat qilayotganlar bilan faoliyat qiling. Armiyalar safidagi farzandlaringiz qoʻlidan tutib, ularni Xalifalikni barpo qilishga undang. Bu gʻoyat sharafli ish, umr esa qisqa, birodarlaringizga nusrat-yordam berish zimmangizdagi omonatdir.

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi ayollar qismi

telefon-faks: 00961 1 30 75 94

uyali telefon: 00961 71 72 40 43

elektron pochta: ws-cmo@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.