Suriyada kimyoviy qurolning qoʻllanishi butun dunyoni larzaga soldi

767
0

Suriyada kimyoviy qurolning qoʻllanishi butun dunyoni larzaga soldi

Suriyaning Idlib shahri yaqinida joylashgan Xon Sayxun mintaqasiga uyushtirilgan kimyoviy hujum butun dunyoni larzaga soldi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) yuzlagan insonlarning, jumladan yosh bolalar va ayollarning zaharlanib oʻlishiga sababchi boʻlgan kimyoviy qurol asabni shol qiluvchi gazga dalolat qilishini maʼlum qildi. JSSTga koʻra, bu hujum 2013 yilda Suriyaning Gʻuta shahrida amalga oshirilgan kimyoviy hujumdan soʻng eng dahshatli hujumdir.

AQSh prezidenti Donald Tramp hodisa yuzasidan bayonot berib, Suriya hukumatini qizil chiziqdan oʻtib ketganlikda aybladi. Hujumning ayanchli va dahshatli ekanligini aytib oʻtgan Tramp Suriya Prezidenti Bashar Asadga nisbatan munosabati oʻzgarganligini bildirdi.

“Asad rejimining insoniyatga qarshi bu jirkanch harakatlaridan koʻz yumish mumkin emas. Men Suriyadagi kimyoviy hujumlarga qarshi harakatga kelish ustidan masʼulman. Bu ishlarni qabul qilish mumkin emas. Mening Suriya va Asadga nisbatan munosabatim oʻzgardi. Bu men uchun bir qancha qizil chiziqdan oʻtib ketish hisoblanadi”, dedi Tramp.

Ammo AQSh prezidenti bu hujumlarning natijalari Suriya rejimiga nisbatan qanday boʻlishi haqida maʼlumot bermadi.

BMT Xavfsizlik Kengashi ham Xon Sayxun shahrida uyushtirilgan kimyoviy qurol hujumimini muhokama qilish uchun darhol Nyu-Yorkda toʻplandi. Yigʻilishda Britaniya, Frantsiya va AQSh tomonidan tayyorlangan qaror loyihasi muhokama qilindi. Ammo BMT Xavfsizlik Kengashining kimyoviy qurol hujumiga doir majlisi natijasiz yakunlandi. Chunki xavfsizlik kengashi aʼzolarining bir-birlarini ayblashi tufayli hujumni qattiq qoralash va darhol oydinlik kiritish talab qilingan qaror loyihasini ovozga qoʻyish mumkin boʻlmadi.

BMT Xavfsizlik Kengashining majlisi natijasiz yakunlanishi ortidan AQShning BMTdagi elchisi Nikki Haley AQShning Suriyada yolgʻiz harakat olib borishi mumkinligi haqida maʼlum qildi. “Agar BMT birgalikda harakat qilish majburiyatini bajarishda davomli muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, oʻz chora-tadbirlarimizni koʻrishga majbur boʻlamiz”, dedi. Ammo Haley bu chora-tadbirlar nimalardan iborat ekanligi tafsilotiga kirishmadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.