Peterburgda mehnat muhojirlari qoʻlga olindi

630
0

Peterburgda mehnat muhojirlari qoʻlga olindi

Sankt-Peterburgda 14 kishining umriga zomin boʻlgan teraktdan soʻng kelib chiqishi Markaziy Osiyodan boʻlgan mehnat muhojirlariga qarshi oʻziga xos “ov” boshlab yuborildi.

Rossiya tergov qoʻmitasining maʼlum qilishicha, “Oʻrta Osiyo respublikalaridan Rossiyaga ishlash uchun kelgan” 6 kishi qoʻlga olindi.

Qoʻlga olingan shaxslar terrorchilar safiga yangi odamlarni yollash va Rossiya hududida “Jabhat an-Nusra” va “IShID” kabi noqonuniy tashkilotlar targʻiboti bilan shugʻullanishda gumon qilingan.

Tergov qoʻmitasining Sankt-Peterburg boʻyicha boshqarmasi RF Jinoyat kodeksining 1 qism, 205.1 moddasi (terrorchilik faoliyati bilan shugʻullanish) boʻyicha ish ochgan. Xabarda aytilishicha, tintuv vaqtida gumonlanuvchilarning yashash joylaridan “ekstremistik adabiyotlar, ashyo va hujjatlar topilgan hamda tergov uchun musodara qilingan”.

Qoʻmitada qayd etilishicha, hozircha ushbu qoʻlga olingan shaxslarning Sankt-Peterburgdagi terakt ijrochisi bilan aloqadorligi aniqlanmagan. Bu masala tergov davomida hal qilinadi.

Turkiston:

Putin Rossiyada yana fuqorolarini chalgʻitish maqsadida “terrorizm” oʻyinini boshlab yubordi. U 1999 yili shu uslub bilan bir necha yuzlagan fuqorolarini qurbon qilib, prezidentlik kursiga oʻtirib olgan edi. Unda barcha qoʻporuv ishlari Chechen fuqorolari va millati tomonidan amalga oshirilayotgani iddao qilinar edi. Bu safar, matbuot vakillari va organ xodimlari Oʻrta Osiyo va Dogʻiston fuqorolariga qarshi yoʻnaltirila boshlandi. Bu nimani anglatadi?

Nahotki navbatdagi urush ushbu oʻlkalarda boʻlishi kutilayotgan boʻlsa. Tarixni eslasak, Checheniston urushi aynan shunaqangi muhit tayorlab olinganidan keyin boshlab yuborilgan edi.

Putin, burchakka taqab olingan kalamushning holatga tushib boryapti. Rossiyaning manfaatlari, xavfsizligi va farovonlikka boʻlgan intilishi endi uni qiziqtirmaydi. Putin, butun dunyo va butun Rus xalqi bilib, anglab turganiga qaramay, portlatish va oʻz fuqorolarini qoʻrquvda ushlab turadigan sharoitni yaratib olish harakatlarini davom ettirib boraveradi. Chunki uning uchun boshqa yoʻl qolmadi. Putin urush izlay boshladi. Lekin bu urush mamlakati ichidagi millatchilikka asoslangan grajdanlar urushi boʻlishi mumkin. Yoki Ukraina, Azarbayjon, Oʻrta Osiyo mamlakatlariga qaratilgan tashqi urush uyushtirilishi ham mumkin. Aks holda Putinning rejimiga qarshi boʻlgan juda katta kuch mabbuot urushi orqali mazlum rus xalqini oyoqqa turgizib yuborish arafasida turipti. Rus hokimiyatida oʻz fuqorolarini bu nochor holatidan olib chiqib keta oladigan hech qanday imkoniyat yoʻq. Shuning uchun Rus hokimiyati urush va portlatish kabi ishlar bilan hamisha xalqni vahimada ushlab turadigan holat paydo qilishga urinadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.