Xitoy soqol va niqobni taqiqladi

643
0

Xitoy soqol va niqobni taqiqladi

“Bi-bi-si” oʻzbek xizmatining xabar qilishicha, Xitoy Shinjon Uygʻur muxtor oʻlkasida yangi cheklovlar joriy etgan. Endilikda erkaklarning “gʻayritabiiy” uzun soqol va xotin-qizlarning jamoatchilik joylarida niqobda yurishlari taqiqlagan.

Bundan tashqari, mahalliy aholining Xitoy davlat televideniyesini koʻrishdan boʻyin tovlashlarini ham maʼn etib qoʻygan.

Xabarda aytilishicha, yangi cheklovlar “islomiy ekstremizm”ga qarshi kampaniya doirasida amalga oshirilgan. Shinjonda allaqachon amalda boʻlgan bu cheklovlar shu dam olish kunlaridan boshlab qonuniy tus oladi.

Bundan tashqari yangi qabul qilingan qonun:

Bolalarning davlat maktablariga chiqmasliklari;
Oilani rejalashtirish siyosatiga amal qilmaslik;
Qasddan rasmiy hujjatlarga ziyon yetkazish;
Faqat diniy ahkomlar asosida oila qurishni
maʼn etadi.

Bularning barchasiga qoʻshimcha boshdan-oyoq niqobda boʻlgan xotin-qizlarning vokzal va aeroport kabi jamoatchilik joylariga kirishlariga izn berilmaydi.

Yangi tartib-qoidalarga muvofiq, xizmatchilarning ular haqida politsiyaga xabar berishlari ham lozim koʻriladi.

Turkiston:

Musulmonlarga nisbatan ichi adovatga toʻla boʻlgan xudosiz Xitoy hukumati 1949 yili Shinjonni bosib olganidan soʻng Islom diniga qarshi kurashni yanada kengaytirib yubordi. Dastlab, 25 mingdan ziyod masjidlarni buzib tashladi va bepoyon viloyatda atigi 500 masjid qoldi. Uygʻur musulmonlari yashaydigan mintaqa tabiiy boyliklar, ayniqsa, neft sababli Xitoy Shinjon viloyatini uygʻur aholisidan boʻshatishga va ularni Xitoy ichkarisidagi mintaqalarga haydashga, boshqa tomondan esa, u yerga xitoylik millatchi Xanlarni joylashtirishga qattiq harakat qildi. Buning natijasida Xitoy bosqinidan oldin 25 millondan ziyod boʻlgan uygʻurlar 10 millionga qadar kamayib, aholining 40 %ini tashkil qiladigan boʻlib qoldi.

Faqat shu bilan kifoyalanib qolmagan Xitoy hukumati uygʻur musulmonlar hayotining ikir-chikirigacha aralashdi. Uygʻur musulmonlariga farzandlariga islomiy tarbiya berish, Qurʼon oʻqitish taqiqlangan boʻlsa, davlat idoralarida ishlovchi shaxslar va talabalarga Ramazonda roʻza tutishni taqiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qildi va oshxonalarga ham eshiklarini ochiq qoldirishni buyurdi.

Bundan tashqari, mahalliy “terrorist” va “ayrimachi”larni qoʻrquvga solish uchun Xoʻtan shahrida keng koʻlamli parad tashkil etdi. Paradda tish-tirnogʻigacha qurollangan minglab politsiya xodimlari va hukumatparast koʻngili otryad jangchilari ishtirok etdi. Islomiy koʻrinishlarga qarshi kurashda esa hukumat soqol qoʻygan kishilar va niqob taqqan ayollar haqida xabar qilgan shaxsga mukofot belgiladi. Soqol qoʻygan kishi yoki niqob taqqan ayol haqida xavfsizlik xizmatiga xabar bergan kishiga hukumat 1000 yuan miqdorida mukofot vaʼda qildi. Terrorchilik hujum rejasini fosh etgan, fitna chiqarayotganlarga zarba bergan yoki ularni oʻldirgan yoxud jarohatlagan yoda taʼqib ostiga olgan shaxslarga 5 million yuangacha mukofot puli vaʼda qilindi…

Toki Xalifalik davlati barpo boʻlmas ekan, nafaqat uygʻur musulmonlari, balki yer yuzidagi jamiki musulmonlar manashunday himoyasiz va zaif holda qolaverishadi. Har qanday xaqir kimsalar musulmonlarga qarshi zulm qilishdan va hatto oʻldirishdan ham tap tortmaydigan boʻlib qolaveradi.

“Imom-xalifa qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi” (Buxoriy oʻzining “Sahih”ida rivoyat qilgan).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.