Tojikistonda “zararli” adabiyotlar qattiq nazorat ostiga olindi

573
0

Tojikistonda “zararli” adabiyotlar qattiq nazorat ostiga olindi

Tojikiston madaniyat vazirligi hukumatning maxsus ruxsatisiz mamlakatga kitob olib kirish va olib chiqishni man qildi. Bu haqida Tojikiston madaniyat vazirligidagi tarixiy va madaniy merosdan foydalanish va uni himoya qilish boʻlimi rahbari Sherali Xodjayev Ozodlik radiosiga bildirdi.

Unga koʻra, sonidan qatʼiy nazar kitob olib kirayotgan har qanday fuqaro madaniyat vazirligidan ijozat olishi shartdir. Bu qaror barcha kitoblarga taalluqli boʻlib, bu yerda kitobning qaysi til va imloda yozilganligining ahamiyati yoʻq.

Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda tojik bojxona xodimlari tomonidan mamlakat chegaralarida fuqarolardan fors va arab imlosida bitilgan oʻnlab adabiyotlar musodara qilingan. Tojik tahlilchilaridan biri Saʼdi Yusufining fikriga koʻra, rasmiy hukumatning bu qonunni joriy qilishidan maqsadi, mamlakat ichkarisiga xatarli diniy oqimlar adabiyotining kirib kelishligini oldini olishdir. Shu bilan bir qatorda bojxona xodimlarining diniy savodi yoʻqligi va Arabiy, forsiy alifbodan yetarli darajada bilimga ega boʻlmaganligi bois, ular har qanday notanish adabiyotlarga shubha bilan yondashib musodara qilishmoqda. Bundan ilgari, Tojikiston Ichki ishlar boshqarmasi va din ishlari boʻyicha qumitasi tomonidan “xatarli” abadiyotlar roʻyxati tuzligan edi. Unga koʻra 13 abadiyot IIB ning “qora roʻyxati”dan joy olgan.

Xullas barcha din taʼlimotiga asoslangan maʼrifat sarchashmalari hukumat tomonidan qattiq nazorat ostiga olindi. Din ishlari boʻyicha qumita qoshida maxsus Kengash tashkil qilindi. Kitoblar avval shu Kengash tomonidan taftish qilinib, xatarsiz deb eʼtirof etilsagina, mamlakat boʻylab ulardan foydalanishga ruxsat beriladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.