Erdogʻan: Yakka shaxs boshqaruvi 1923 yilda tugatilgan

659
0

Erdogʻan: Yakka shaxs boshqaruvi 1923 yilda tugatilgan

Turkiyadagi mavjud parlamentlik boshqaruv tizimini prezidentlik tizimiga oʻzgartirish uchun oʻtkaziladigan referendum 16 Aprel kuniga belgilangan. Targʻibot ishlari jadal suratda olib borilmoqda.

Davlat prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan Anadolu matbuotchilar uyushmasi aʼzolari bilan prezident saroyida uchrashdi. Uchrashuvda referendum haqida gapirgan Erdogʻan konstitutsiyaviy oʻzgarishlar mamlakatda yakka shaxs boshqaruviga olib keladi, deb hisoblaydigan Jumhuriyat xalq partiyasining pozitsiyasini tanqid qildi. Erdogʻanning taʼkidlashicha, ularning daʼvolari asossizdir.

“Bularning tillaridan tushmay qolgan yakka shaxs boshqaruvi butunlay boshqa narsadir. U 1923 yilda tugatilgan. Endi yakka shaxs boshqaruvi degan narsaga oʻrin qolmadi. Biz olib kelayotgan prezidentlik tizimi demokratik hukumat tizimidir”, dedi Prezident Erdogʻan Xalifalik davlati qulatilgan kunga ishora qilib.

Shuningdek Erdogʻan Turkiyaning sharqida joylashgan Elazigʻ viloyatidagi chiqishida Xalifalik davlati qulatilgandan soʻng eʼlon qilingan Turkiya jumhuriyatini abadiy himoya qilishini bildirdi.

“Birodarlar bu haqiqatlarni eshitganlar eshitmaganlarga yetkazishingizni soʻrayman. Turkiyada birinchi navbatda rejim oʻzgarmaydi, faqat boshqaruv tizimi oʻzgaradi xolos. 1923 yilda eʼlon qilingan Turkiya jumhuriyatini abadiy himoya qilamiz”, dedi prezidentlik tizimiga oʻtish uchun qattiq harakat qilayotgan Erdogʻan.

Bundan avval oʻtgan oyning boshida 14 viloyatdan kelgan 36- Muxtorlar yigʻilishida nutq soʻzlagan Erdogʻan Xalifalik davlati qulatilgandan soʻng oʻrnatilgan jumhuriyat tizimidan voz kechishga uringan kishiga qarshi shaxsan oʻzi kurash olib orishini bildiragan edi.

“Turkiya 1923 yilda Jumhuriyat yoʻlini tanladi. Bundan buyogʻiga xalqimizning boshqa rejimga oʻtish masalasi yoʻq. Rejim 1923 yilda tashlangan qadamlar bilan oʻz yoʻlida davom etadi. Agar kim jumhuriyat tizimidan voz kechishga urinsa qarshisida hammadan avval meni koʻradi”, degan edi Erdugʻon.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.