Suriyadagi mintaqalar va nufuzli kishilar oʻz yetakchiligini Hizb ut-Tahrirga topshirmoqda

748
0

Suriyadagi mintaqalar va nufuzli kishilar oʻz yetakchiligini Hizb ut-Tahrirga topshirmoqda

Oʻtgan qisqa yillar mobaynida Shom qoʻzgʻoloni yoʻldan adashtirish va Shom ahli qurbonliklarini zoye ketkazish kabi yomon vaziyatlarni boshdan kechirdi. Bir mintaqa ketidan boshqa bir mintaqani qoʻldan boy berish qoʻzgʻolon voqea-hodisalaridagi asosiy xususiyatga aylanib qoldi. Bular – koʻpchilik qoʻzgʻolon yetakchilarining kofir Gʻarbga hamda oʻzlarini qoʻzgʻolon doʻstlari, deya daʼvo qilayotgan davlatlarning iflos siyosiy mablagʻiga qaram boʻlib qolishi natijasida yuz berdi. Alal-oqibat, qoʻzgʻolon yetakchilari muzokaralar va konferentsiyalar kabi xom xayollar girdobiga gʻarq boʻldilar. Hatto Shom qoʻzgʻolonining “rejimni agʻdarish va Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xaliflik davlatini qurish” degan oʻzgarmas asoslaridan ham voz kechadigan boʻlib qolishdi.

Shulardan kelib chiqib, bir necha mintaqalar qoʻzgʻolonni qutqarib qolish va ishlarni oʻz izmiga solish pozitsiyasini egalladi. Bu mintaqalar bir toʻxtamga kelib, qoʻzgʻolonni xavfsizlik sohiliga eltadigan, Ummatni xalos qilib, mashaqqatlariga chek qoʻyadigan hamda rejimni agʻdarish va Paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etishdek qoʻzgʻolon gʻoyasini roʻyobga chiqaradigan bir siyosiy yetakchilik lozimligini taʼkidladilar… Soʻng Hizb ut-Tahrir taqdim etgan Xalifalik loyihasini qabul qilib, oʻzlariga Hizbni siyosiy yetakchi qilib oldilar. Chunki ular Hizbning qoʻzgʻolon mobaynida faqat rost soʻzlaganiga, siyosiy mablagʻ, oʻzaro jang va Turkiyaning xavfli rolidan ularni ogohlantirib kelganiga hamda Shom qoʻzgʻoloni tevaragidagi makr-hiylalarni ongli tarzda anglaganiga amin boʻlgan edilar.

Bu mintaqalar – Atorib shahri, Sahora qishlogʻi, Idlib yaqinidagi Kalaliy shahri, Burduqli qishlogʻi, Kufri Taol, Salva qishlogʻi, Idlib shahri atrofi… kabi Suriya shimolidagi ozod qilingan mintaqalardir. Ular tomonidan chiqarilgan bayonotlarda barcha ozod qilingan mintaqalarga daʼvat yoʻllanib, ularning safiga oʻtishlari kerakligi va ayni pozitsiyani egallashlari lozimligi aytiladi. Chunki shunday pozitsiya bilangina qonlarni muzokarachilar qul bozorida pullashlaridan oldin saqlab qolinadi va faqat mana shu pozitsiya bilangina qoʻzgʻolonning haqiqiy maqsad va oʻzgarmas asoslari amalga oshiriladi…

Hizb ut-Tahrir-Suriya viloyati matbuot boʻlimi aʼzosi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.