Tekebayev uy qamogʻiga chiqarildi, lekin sud jarayoni davom etmoqda

539
0

Tekebayev uy qamogʻiga chiqarildi, lekin sud jarayoni davom etmoqda

Qirgʻiziston rasmiylari Omurbek Tekebayevni uy qamogʻiga chiqardi. Lekin u oqlangani yoʻq, sud yangidan boshlanadi.

 “Men va boshqa siyosiy elita vakillari bajara olmagan ishni Sooranbay Jiyanbekov amalga oshira oldi”, dedi Tekebayev matbuot brifingida.

Yaʼni u Jiyanbekovning Atambayev rejimini agʻdarib, ularni jinoiy javobgarlik tortib borayotganiga ishora qildi. U yana parlament mandatini qoʻlga kiritishni oʻzi uchun birlamchi maqsad qilib olamaganini aytdi. Bu bilan Tekebayev “parlamentga” kelib Jiyanbekovlar rejimiga toʻgʻanoq boʻlmayman demoqchi.

Aslida ishning ketuvi Tekebayev gapirayotgan matnlarga mos kelmaydi. Shunday boʻlganida Tekebayev Jiyanbekovning qoʻli ostida Atambayev davridagidan koʻproq qamoqda qoldirilmagan boʻlar edi. Demak Tekebayevning ozod qilinishi ostida Jiyanbekovlarning qandaydir siyosiy manfaatlari bor. Atambayev boshqargan buzuq rejim ham oʻzgarmadi. Oʻsha-oʻsha korruptsiyalik rejim endi Jiyanbekovlarga xizmat qilishga oʻtdi, Atambayevchilar esa, oʻzlari yaratgan buzuq mexanizmning qurboniga aylanib borishyapti. Demak, Tekebayev ustida davom etadigan yangi sud jarayonidan, uning siyosiy pozitsiyasini jilovlab turish uchun bosim berish uskunasi sifatida foydalanishmoqchi.  

Tekebayev ham xuddi Babanov singari Jiyanbekovlar bilan kelishgan holda til biriktirib, saylovda prezident yetakchi guruhini parlamentga olib kelish bilan hokimiyat rejimini mustahkamlab bermoqchi. Yaʼni ular oʻz partiyalari bilan pozitsiya-appozitsiya boʻlib parlamentni egallab olib, Rossiya uchun gʻarbparast yoki yana boshqa siyosiy quvvatlarga imkoniyat bermaydigan siyosiy maydon paydo qilishmoqchi. (Xuddi Rossiyadagi Zyuganov va Jirinosvkiy kabi). Prezident shu kungacha oʻz quvvati bilan yangi yetakchi guruh paydo qilish maqsadida harakat olib bordi. Siyosiy doirani aralashtirmay yangi rejim paydo qilmoqchi boʻldi. Lekin maqsadi roʻyobga chiqmagach, vaqtincha boʻlsa ham elita vakillari bilan hamkorlik qilishga qaror qildi.

Aslida hech narsa oʻzgarmadi! Oʻzgarmaydi ham! Chunki Qirgʻiziston siyosiy doirasi bundan boshqa islohot yoʻllarini bilmaydi. Qirgʻiziston boshqaruv sistemasining asosi kapitalizm ekanligi sababli, siyosiy doirani faqat vaqtinchalik manfaatdan boshqa narsa birlashtira olmaydi. Demak siyosiy doira va barcha siyosiy kuchlar doim yangi kelgan yetakchi guruhni qoʻllab boraveradi. Yangi yetakchi guruh esa, avvalgilari singari boshqa siyosiy kuchlarni bartaraf etish, ulardan hokimiyatni saqlab qolishni oʻzlari uchun yagona gʻoya qilib olishadi. Natijada ular ham yana sud tizimini, matbuot tarmogʻi va kuch organlari singari barcha tarmoqlarni oʻz taʼsirlari ostiga olish uchun bor imkoniyatlarini sarflay boshlaydi. Bu yana yangi korruptsiya, yangi avtoritar rejimlarni paydo qilib boraveradi. Masalan: Atambayev tuzgan sud sistemasining aksari Bakiyev, hatto Akayev davridagi yuristlardan iborat. Hozirda ular yangi prezident chizigʻidan chiqmay unga xizmat qilishyapti. Demak bu sistemada sud yoki boshqa biror tarmoq reformasini kutish siyosiy koʻrlik yoki oʻzini oʻzi aldash bilan barobar! Agar ular aytayotgan reformalar amalga oshirilsa davlat rejimlari qulay boshlaydi. Chunki sud va boshqa tarmoqlar mustaqil va xolis boʻlishsa, ular hatto hokimiyatga qarshi ishlashi kerak boʻladi. Natijada barcha yirik jinoyatlar hokimiyat tomonidan amalga oshirilayotgani yoki yoʻnaltirilayotgani oshkor boʻlib, hokim tabaqaning kirdikorlari ochila boshlaydi. Shuning uchun davlat strukturalarining mustaqil ish olib borishiga yoʻl qoʻyib berilishiga ishonish mumkin emas! Bu nafaqat Qirgʻizistonda, balki Amerikada ham shunday! Bu Qirgʻiziston muammosi emas, balki kapitalistik boshqaruv sistemasining inqirozidir! Uni isloh qilish mumkin emas, faqat tubdan oʻzgartirish kerak!

Abdurazzoq Moʻʼmin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.