Birlashish toʻgʻri maqsadda boʻlsagina qoʻshotar qurol boʻla oladi

788
0

Birlashish toʻgʻri maqsadda boʻlsagina qoʻshotar qurol boʻla oladi

Guruhlarning yagona harbiy hayʼatda birlashishi sharʼiy matlab va xalq istagidir. Biz, bunday alamli sharoitlar yuzaga kelishidan oldin sizlardan birlashishni talab qilgan edik.

Biroq, bugun yuz berayotgan ishlar maydonni deyarli ikki qismga boʻlib qoʻydi. Bu boʻlinishda koʻplagan xavf-xatarlar bor. Chunki bu – ikki guruh oʻrtasidagi har qanday boʻlgʻusi jangni fojiali jangga aylantirib, Shom qoʻzgʻolonini barbod qiladi.

Bunday fojiali boʻlinish qoʻzgʻolon ishlarini boshqarayotgan fuqaro va harbiy rahbarlar tomonidan toʻgʻri siyosiy yetakchilik tanlab olinmaganligi natijasidir. Ular, Qurʼon va Sunnatdan istinbot qilingan aniq siyosiy loyiha asosida hamda qoʻzgʻolonning Allohni rozi qiluvchi mustahkam asoslaridan kelib chiqib, barchalarini birlashtirishga qodir boʻlgan siyosiy yetakchilikni tanlab olmadilar. Bu yetakchilik Shomda va Shomdan turib Ummat kelajagini chizib koʻrsatib berar hamda gʻoya va maqsadlardagi noaniqlikni maydondan chetlatar edi. Tortishuv va qarama-qarshilikdagi asosiy sabab mana shudir.

Barcha guruhlarni uning yetakchiligi ostida birlashishga biz chaqirayotgan siyosiy yetakchilik Hizb ut-Tahrirdir.
Ammo, guruhlar uning asosida birlashishi vojib boʻlgan mustahkam asoslarga kelsak, bu asoslar quyidagilardir: Gʻarbdan va uning hukmdorlardan tashkil topgan malaylaridan bira toʻla aloqani uzish, shu jumladan siyosiy maqsadda berilayotgan iflos mablagʻlardan voz kechish. Rejimni barcha ramzlari va arkonlari bilan qulatish. Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni tiklash.

Aniq siyosiy loyiha haqida aytadigan boʻlsak, bu loyiha Hizb ut-Tahrir taqdim qilgan Xalifalik loyihasidir. Hizb ut-Tahrir Xalifalik davlati dasturini, jihozlarini, muassasalarini va boshqaruv mexanizmini tafsiloti bilan bayon qilgan.
Yangi harbiy hayʼatlar oʻzlaridagi ongni Ummat egallagan ong saviyasiga koʻtarishi va toʻgʻri yoʻlda yurishi lozim. Shunda ularning barchasi Hizb ut-Tahrirning siyosiy yetakchiligi ostida birlashadi. Hizb-ut-Tahrir kuchlarni toʻgʻri yoʻnaltirib Allohning izni ila, Xalifalik davlatini barpo qiladi.
Bu bilan biz qoʻzgʻolonni tayyorgarliksiz tusmollab harakat qilishdan, jarga qulashidan saqlab qolamiz va uni ongli ravishda, hidoyat asosida sobit qadam tashlovchi qoʻzgʻolonga aylantiramiz. Bu bilan biz Alohdan keluvchi gʻalabaga haqli boʻlamiz.

أَفَمَنْ يَمْشِي مُكِبًّا عَلَى وَجْهِهِ أَهْدَى أَمَّنْ يَمْشِي سَوِيًّا عَلَى صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ

“Axir yuz tuban (yaʼni oyogʻining ostidan oʻzga yoqqa qaramasdan) yuradigan kimsa Haq yoʻlni topguvchiroqmi yoki qaddi rost holida Toʻgʻri Yoʻlda yuradigan kishimi?!” [Mulk 22]781

Hizb ut-Tahrir-Suriya viloyati matbuot boʻlimi

Skype: TahrirSyria

Elektron pochta: media@tahrir-syria.info – ahmadabdalwahab2@gmail.com

Suriya viloyati rasmiy sayti: www.tahrir-syria.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.