Qizlarimiz qamoqlarda… hokimlar esa tomoshabin boʻlib turibdi!

1393
0

Qizlarimiz qamoqlarda… hokimlar esa tomoshabin boʻlib turibdi!

“Falastin asirlari tadqiqot markazining bildirishicha bosqinchi vujud sudlari oxirgi paytlarda bir necha asir qizlarga qarshi shafqatsiz oʻch olish hukmlarini chiqardi. Jumladan endigina oʻn yoshdan oʻtgan asira qizlarga qarshi 4 hukm chiqarildi. Markazning axborot vakili Riyoz Ashqar bosqinchi vujudning qasddan ogʻir hukmlarni chiqarayotganidan maqsad, falastinlik qizlar va ayollarni Quddus intifozasi hodisalarida ishtirok etishdan tiyib qoʻyish va ularni bosqinchining askarlariga va yangi manzilgohlardagi yahudlarga qarshi pichoq sanchib hujum qilish yoki avtomashina bilan ezib tashlash amaliyotlariga qadam qoʻyishdan qoʻrqitib qoʻyish ekanini koʻrsatib oʻtdi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun – dedi Ashqar – bosqinchi bir necha asira qizlarga qarshi – ularning orasida norasida qizlar ham bor – oʻta ogʻir va misli koʻrilmagan hukmlarni chiqarishga zoʻr berdi”.

Yahud vujudi bilan uzoq kurash yillari davomida Falastinda 15.000dan koʻproq ayol va qizlar qamoqqa tashlandi. Bosqinchi davlat keksa yoshdagi ayollarni yoki qizlarni yoki 18ga ham kirmagan qizlarni ajratib oʻtirmadi. Birinchi intifoza davrida qamoqqa tashlanib asiraga aylantirilgan ayol va qizlarning soni 3000ga yetdi. Ikkinchi intifoza chogʻida esa asira xotin-qizlar soni qariyb 900ga yetdi. “Asirlar va ozod etilganlar ishlari bilan shugʻullanuvchi hayʼat” hisobotiga koʻra yahud vujudi qamoqxonalari tutqunlariga aylangan asira qizlar soni 2016 yil 13 iyungacha 61 asiraga yetdi. Yaqinda 4 asira qiz ustidan 10 yildan oshiq qamoq hukmlari chiqarildi. Ular quyidagi qizlardir: jarohat olgan asira Shuruq Davyot (19 yoshda), uning ustidan 16 yil qamoq jazosi hukmi chiqarildi. Asira Maysun Jiboliy (22 yoshda), 15 yil qamoq jazosi. Asira, jarohat olgan yosh qiz Nurhon Avvod (16 yoshda), 13,5 yil qamoq jazosi. Isro Jaobis (31 yoshda) 11 yil qamoq jazosi… Boshqa qizlar ham 3 yildan 7 yilgacha boʻlgan qamoq jazolariga mahkum qilindi.

Yosh qizlar oʻz uylarida tinch-xotirjam boʻlish oʻrniga bosqinchining qamoqxonalarida azob chekib yotibdilar! Ular kelajakka intilib oʻquv yurtlarida oʻtirish oʻrniga tahqirlash va xoʻrlashlarga duchor qilinmoqdalar! Chunki turli yoshdagi bu asira qizlar qamoqqa olinishlari lahzasidan boshlaboq kaltaklanmoqda, xoʻrlanmoqda, soʻkib xaqoratlar qilinmoqda. Ularni tergov markazlariga olib kelingan zahoti ularga tazyiq kuchaytirilmoqda. Ularning barchalariga nisbatan kaltaklash, uyqudan mahrum qilish, uzoq vaqt qoʻlni koʻtarib turish, qoʻrqitish kabi psixologik yoki jismoniy tergov uslublari qoʻllanmoqda. Bunda bosqinchilar qizlarning millati, yoshi va xos ehtiyojlarini hisobga olib oʻtirishmayapti. Asira qizlar chekayotgan aziyatlar faqat shulardangina iborat boʻlmay, balki ularga bosim oʻtkazish va ularni qoʻrqitish tergov tugab ularni tergov izolyatorlaridan hibsxonalarga koʻchirishganidan keyin ham davom etmoqda. Chunki qamoq maʼmuriyati zoʻr berib bu qizlarni xoʻrlash, ularga zoʻravonlik qilish, or-nomuslariga tegish yoʻllarini oʻylab topmoqda. Buni qizlar xonalariga kechasi uxlab yotgan paytlarida bostirib kirish va asosiy insoniy ehtiyojlardan mahrum qilish orqali amalga oshirmoqda. Masalan miqdor va sifat jihatidan yomon taom berish kabi. Asira qizlarni muolaja olish huquqidan ham – zarur dori-darmonlarni bermay – mahrum qilishmoqda. Koʻrpa-toʻshaklar ham yetishmaydi. Xibsxonalar yaxshi va yetarli yoritilmagan. Panjaralar va boshqa qoʻriqlash uskunalari oʻrnatilgan tor derazalar sababli quyosh nurlari ham toʻsib qoʻyilgan. Bosqinchilar hatto xalqaro qonunlar va inson huquqlari degan narsaga umuman va ayniqsa ayollar borasida rioya qilishmaydi. Bu ogʻir vaziyatlardan hamma asira ayollar, jumladan hali 18 yoshga toʻlmagan qizlar aziyat chekishmoqda. Ular oʻzlarining fuqarolik libosidagi yahudiya nozira ayollardan qoʻrqishlarini bildirdilar. Bu yahudiya nozira ayollarni qamoq maʼmuriyati asiralarga – ularni xoʻrlash va kaltaklash maqsadida – qasddan qoʻshib qoʻygan…

Ey Islom Ummati… Ey Falastin ahli:

Bu sharmandali ahvol va bu xorlik vaziyati… qachongacha davom etadi?! Muslima ayol nomusi va shaʼni poymol etilishiga hamma qachongacha tomoshabin boʻlib turaveradi?! Bu tomoshabinlardan sal oʻnglirogʻi hisoblangani bu asiralarning holiga qachongacha oh-voh qilib va mahzun boʻlib turaveradi?! Falastin va uning ahli qachongacha xorlarcha asirlikda qolib ketaveradi?! Qizlarimiz, opa-singillarimiz va onalarimiz qachongacha yahud vujudi qamoqxonalarida qolib ketaverishadi?! Nahotki sizlar qamoqqa tashlangan asira qizlarning turli-tuman xoʻrlanishlarini va kaltaklanishlarini koʻra turib tomiringizda hamiyat va mardlik qoni joʻsh urmasa?! Ana shu asiralar sizlarning guldek qizlaringiz emasmi, axir?! Or-nomuslaringiz emasmi axir?! Yoki qalblarga qulf urib qoʻyilganmi?! Oʻtmishda bittagina ayoldan zulmni qaytarish uchun yoki uni mudofaa qilish uchun urushlar qilingan edi… Bugungi ahvolimiz esa minglab qizlarimizni qamoqxonalarga tashlanishini koʻra turib indamay harakatsiz turaverishimiz darajasigacha yetdi!! Koʻzingizni oching, gʻaflat uyqusidan uygʻoning, xoru zorlikni oʻzingizdan uloqtirib tashlang va Hizb ut-Tahrir bilan birga harakat qiling. Hizb ut-Tahrir Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni tiklab bu asiralardan va barcha musulmonlardan zulmni daf qilish uchun harakat qilmoqda. Bu esa Allohga aslo qiyin emas.781

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi ayollar qismi

telefon-faks: 00961 1 30 75 94

uyali telefon: 00961 71 72 40 43

elektron pochta: ws-cmo@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.