Hizb ut-Tahrir delegatsiyasi birodarimiz Odiljon Jalilovning Oʼzbekistonga deportatsiya qilinishini toʼxtatish talabi bilan Bayrutdagi Shvetsiya elchixonasini ziyorat qildi

221
0

Matbuot bayonoti
Hizb ut-Tahrir delegatsiyasi birodarimiz Odiljon Jalilovning Oʼzbekistonga deportatsiya qilinishini toʼxtatish talabi bilan Bayrutdagi Shvetsiya elchixonasini ziyorat qildi

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʼlimi raisi muhandis Salohiddin Аzoza raisligidagi Hizb ut-Tahrir delegatsiyasi 2021 yil 12 noyabr juma kuni ertalab Shvetsiya qirolligining Bayrutdagi elchixonasini ziyorat qildi. Salohiddin Аzozaga Hizb ut-Tahrirning Livandagi markaziy aloqalar qoʼmitasi aʼzosi muhandis Solih Salom hamrohlik qildi. Delegatsiya elchixonaning ikkinchi darajali xodimi bilan uchrashib, Shvetsiyadagi Hizb ut-Tahrir aʼzosi Odiljon Jalilovning Oʼzbekistonga deportatsiya qilinishi toʼgʼrisidagi qarorning naqadar xavfli ekanini, chunki bu narsa Odiljon Jalilovning hayotiga real tahdid solishini bayon qilgan. Shuningdek, oʼzining siyosiy muxoliflarini repressiya qilish, ayniqsa, Hizb ut-Tahrir aʼzolarini ogʼir qiynoqlarga solish, baʼzi hollarda qiynoq bilan oʼldirib yuborish boʼyicha uzun tarixga ega Oʼzbekistondek bir davlatga qanday qilib Odiljonni deportatsiya qilish mumkin? – degan savol oʼrtaga tashlandi.
Delegatsiya elchixonaga Oʼzbekistonda qiynoqlar ostida shahid boʼlgan Hizb ut-Tahrir aʼzolarining dahshatli qiynoq izlari aks etgan suratlarni taqdim etdi. Shuningdek, Hizb ut-Tahrir – Shvetsiya tomonidan nashr qilingan matbuot bayonotini ham topshirdi. Zero, bayonotda Shvetsiya va Yevropa ommaviy axborot vositalariga hamda inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlariga murojaat qilinib, birodarimiz Odiljonning Oʼzbekistonga deportatsiya qilinishi uning hayotiga real tahdid solishi bayon qilingan. Shu bilan birga, delegatsiya oʼzbek rejimi tomonidan Hizb ut-Tahrir aʼzolari va ularning oilalariga nisbatan sodir etilgan gumanitar qonunbuzarliklar bilan bogʼliq dunyo gazetalarida chiqqan maqolalarni ham elchixonaga taqdim etgan.
Shu oʼrinda eslatib oʼtmoqchimizki, shved hukumatining barcha insonparvarlik murojaatlarini eʼtiborsiz qoldirib, birodarimiz Odiljon Jalilovni deportatsiya va ekstraditsiya qilishda qattiq turib olishi birodarimizning hayoti uchun real tahdid hisoblanadi. Buning uchun Shvetsiya hukumati javobgar.

Muhandis Salohiddin Аzoza
Hizb ut-Tahrirning
markaziy matbuot boʼlimi raisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.