Anqarada yana bir “Sulh” aldovi

443
0

Anqarada yana bir “Sulh” aldovi

Suriya boʻylab otashkesim eʼlon qilishga erirish koʻzda tutilgan Ostona muzokaralaridan oldin Turkiyaning poytaxti Anqarada Suriya muxolifati vakillari bilan Rossiya oʻrtasida muzokaralar boshlandi. Bu haqida “Ria Novosti” axborot agentligi yuqori darajali diplomatga tayanib xabar tarqatdi. Agentlikka koʻra, muzokaralar Turkiya vositachiligida butun Suriya boʻylab otashkesim eʼlon qilish maqsadida olib borilmoqda.

“Ria Novosti” axborot agentligining harbiy manbaga tayanib tarqatgan boshqa bir xabarda esa, Suriya rejimi bilan muxolif guruhlar oʻrtasida amalga oshiriladigan Ostona muzokaralarida ishtirok etadigan taraflar faqat harbiy quvvatga ega guruhlar boʻlishi maʼlum qilindi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoganning matbut kotibi Ibrohim Qalin ham Rossiya va Turkiya oʻrtasida butun Suriya boʻylab otashkesim eʼlon qilish uchun muzokaralar olib borilayotganini maʼlum qildi.

“Suriyaning hamma joylarida otashkesimga erishish uchun harakat olib boryapmiz. Putin bilan Erdogʻan oʻrtasida tez-tez aloqa oʻrnatilmoqda. Ostona muzokarasiga oid uchrashuvlar ham davom etmoqda. Yaqinda kimlar ishtirok etishi aniq boʻladi. Bizning maqsadimiz Suriyada siyosiy oʻtish davrini tezroq yuzaga keltirishdir. Eng muhimi Ostonada ishtirok etadigan muxolifat vakillarining ishonchli kishilar boʻlishidir. Ostonadagi jarayon bundan avval Jenevada boshlanib davom etgan jarayonning davomi hisoblanadi”, dedi Qalin.

Maʼlumki, bu muzokaralar Halab nazoratining Asad qoʻliga oʻtishi uchun tuzilgan rejani butun Suriya buylab amalga oshirish va Suriya miqyosida Asad rejimining nazoratini taʼminlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Suriyadagi qurolli muxolifat vakillari avval ham Turkiya vositachiligida otashkesim muzokaralari oʻtkazgan edi. Bu ahvol Turkiyaga moyil guruhlarning Halabdan chekinishi ortidan Halab frontining zaiflashishiga va qulashiga sabab boʻldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.