AQSh Singapurda o’zining yana bir harbiy quvvat nuqtasini paydo qilmoqda.

417
0

Rasmiy tashrif bilan AQShga kelgan Singapur premer-ministri Li Sien Lun bilan dushanba kuni bo’lib o’tgan uchrashuvda AQSh mudofaa ministri Chak Xeygl, Amerika tarafi “Sharqqa tomon siljib borish strategiyasida” mahkam turadi, deb bayon qildi.

Sinxua agentligi xabar qilishicha, Singapur hukumati boshchisi Li Sien Lun bilan mintaqada xavfsizlikni ta’minlash masalalarini muhokama qilish borasidagi suxbati chog’ida Chak Xeygl: “Pentagon bundan keyin ham amerikaning xavfsizlikni ta’minlash sistemasi muvozanat markazini Sharqqa tomon siljitib borish strategiyasida sobit turishligida davom etadi, shu bois Singapur bilan hamkorlik qilishning yangi imkoniyatlari paydo bo’lishini kutmoqda”, – deb ma’lum qilgan.

Amerikaning “Sharqqa tomon siljib borish strategiyasida” Singapur AQSh sheriklaridan biri mavqeida turadi. Erishilgan kelishuvga binoan, AQSh Singapur qirg’oqlarida o’zining 4 harbiy kemasini joylashtiradi.

Turkiston:

Xitoyning yangi davlat raxbarining Rossiya bilan xamkorlikka qarab borayotgan muomulasi, AQShni bu yo’nalishga qarshi ba’zi bir choralar ko’rishga undadi.

Rossiya AQShtomonidan surilayotgan raketaga qarshi xavfsizlik tizimi, O’rta Osiyodagi kuchaytirilayotgan xarbiy yangicha mobilizatsiyasi, shu kabi ba’zi xarakatlarida ularning ikkisi uchun xam ulkan xavflar yotganini Xitoy raxbariga, Moskvaga tashrifi chogida uqtira oldi.

O’z navbatida Si TSzinpin xam Xitoy nomidan shu masalalarda Rossiyani to’la qo’llab quvvatlashini bildirdi.

Yuqoridagi AQShning Yaqin Sharq atrofidagi xarbiy quvvatini kengaytirish Xitoyga qarshi qaratilgan bo’lib, xarakatlaridan avval Shimoliy Koreyaning tajovvuzkor pozitsiyaga o’tishi, ularning o’rtalaridagi qandaydir bog’liqlik borligiga dalolat qiladi.

Bu xuddi, Eron Yevropada, ilgarigi Saddamning va yana sobiq Yaqin Sharq ba’zi diktatorlarning rejimlari, uning Saudiya, Quvayt va yana bir qancha Yaqin Sharq davlatlaridagi joylashgan xarbiy bazalarining turishiga baxona qilib keltirilishiga o’xshaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.