Erdogon ShHTni YeI oʻrniga muqobil variant sifatida koʻrmoqda

621
0

Erdogon ShHTni YeI oʻrniga muqobil variant sifatida koʻrmoqda

Turkiya 50 yildan ziyod vaqt mobaynida mamlakatni Yevropa ittifoqiga olib kirish ilinjida Yevropa davlatlari ortidan itdek yugurdi. Bu vaqt orasida Yevropa ittifoqi Turkiyaga birin ketin talablarni qoʻyib keldi. Turkiya esa bu talablarni bajarish uchun YeI bilan muloqotlarni olib bordi.

Yevropa ittifoqi Turkiya ittifoqqa aʼzo boʻlib kirishi uchun 35 ta boʻlimdan iborat talablarni ilgari surdi. Jumladan, odamlar va tovarlarning erkin harakatini taʼminlash, inson huquqlari himoyasini kuchaytirish, sudlar mustaqilligini kengaytirish, ijtimoiy tizimni rivojlantirish, taʼlim va madaniy tarmoqni modernizatsiyalash, tashqi siyosatni Yevropa qadriyatlariga moslashtirish shular jumlasiga kiradi. Shu talablarni bajarish orqali Turkiya Yevropa davlatiga aylanar ekan.

Shu bilan birga turk hukumati mamlakat ichkarisida oʻtkaziladigan islohotlardan tashqari Turkiya YeI hamjamiyatini qoniqtiradigan qaror qabul qilishi kerak boʻladi. Yaʼni, Turkiya Kipr respublikasini tan olishi, kurd masalasini hal qilishi, 1915 yilda armanlarni genotsid qilganini tan olishi kerak.

Turkiya mavjud 35ta shartni toʻliq bajargan taqdirda ham toʻgʻridan-toʻgʻri Yevropa Ittifoqiga kira olmaydi. Chunki, buning uchun har bir davlatning roziligini olishi lozim boʻladi.

Maʼlumki, Frantsiya Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirishiga keskin qarshilik qilib keladi, Kipr esa Turkiyaning YeIga aʼzoligi yoʻlida qabul qilinadigan har qanday qarorga veto qoʻyishini ochiq aytib keladi.

Olib borilgan besamar muloqotlar ortidan Turkiya YeIga aʼzo boʻlishdan umidini uzgan koʻrinadi yoki boshqa muqobil variantlar ham bor ekanligini eslatish orqali YeIga oʻziga xos bir eslatma berib qoʻymoqchi boʻldi.

Turkiya prezidenti Rajab Erdogonning aytishicha, Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlish mamlakat uchun yagona variant emas. U Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo boʻlishni muqobil variant sifatida koʻrmoqda.

Erdoʻgʻan Oʻzbekistondan qaytib borgach, mahalliy jurnalistlarning savollariga javob qaytarish chogʻida shu haqda gapirgan. U Turkiya uzoq yillar davomida Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlish uchun besamar urinib kelayotganini qayd etgan.

“Evropada Brexit hodisasidan keyin yana shunday hodisalar takrorlanishi mumkin. Shunday fikrlar Frantsiya va Italiyada yangramoqda. Bunday holatda Turkiya oʻzini xotirjam tutishi kerak. YeI aʼzosi boʻlishni Turkiya uchun yagona imkoniyat sifatida qaramaslik kerak. Men aytaman, Turkiya nega “Shanxay beshligi”da oʻrin egallamasligi kerak?”, – degan Erdogon.

Erdogon ShHTga aʼzo boʻlish masalasini Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Qozogʻiston rahbari Nursulton Nazarboyev bilan muhokama etganligi toʻgʻrisida aytib oʻtgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.