Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi

363
0

01 (1)

«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan (imon-e’tiqodli) zotlarni xalifa qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir» [Nur 55]

Matbuot bayonoti

Afg’oniston «jinoyatchilikni fosh qilish» qonun loyihasi: G’ayriilohiy zaif parlament sistemasida xotin-qizlar huquqlari hargiz himoya qilinmasligining navbatdagi isboti

Joriy yilning 17 fevral dushanba kuni Afg’oniston prezidenti Homid Karzay parlament tasdiqlagan va yangi jinoiy mahkama qonuniga kiritilishi kutilayotgan qonunni man qildi. Bir necha tashabbuskor ayollarning (aktivistlarning) izohlashlaricha, ushbu yangi qonun qarindosh-urug’larni bir-biriga qarshi guvohlik berishlarini ta’qiqlash orqali oilaviy zo’ravonlik qurboni bo’lganlar, majburan turmushga chiqarilganlar va qiynoqqa solinganlarni mahkamaga shikoyat qilishlarini ta’qiqlaydi. Bu esa o’z navbatida, jinoyatchi erlar va qarindoshlarni mahkamaga tortish imkoniyati cheklanishiga olib boradi. Kutilganidek, Yevropa Ittifoqi va G’arb davlatlari Afg’onistondagi tushunarsiz bo’lgan va bandlarida mufassal izoh ko’rsatilmagan bunday qonunni qoralab bayonotlar chiqarishdi. Lekin ilmoniy ayollar, faollar va siyosatchilar afg’on parlamenti siyosatidagi bunday sharmandali ahvoldan foydalanishib, bu hol qo’lga kiritilgan yutuqlarga xavf soladi, degan iddioni qilishdi, go’yoki G’arb bosqinchilari 12 yil mobaynida afg’on ayollariga mana shu yutuqlarni ro’yobga chiqarib berib, ayollar katta yutuqlarga erishishganday.

Biz ayni masala borasida quyidagilarni ta’kidlaymiz:

1 – Afg’on ayollari G’arb kuchlarining Afg’onistondan olib chiqib ketilishidan qo’rqmasliklari, aksincha, buni qo’llab-quvvatlashlari lozim. Zero, har qanday bosqinchilik qirg’inlarni, vayronagarchilikni keltirib chiqaradi, ayollar va bolalarni tahqirlaydi, ularni qochqinga aylantiradi, o’n minglagan uylarni kulini ko’kka sovuradi. Son-sanoqsiz bunday urushlarda ayollarning nomuslari va xonadonlari toptalishiniku aytmasak ham bo’ladi. Bunday manfur bosqinchilik afg’on xalqiga og’ir qashshoqlikni olib keldi, xavfsizliklarini izdan chiqardi, qonunlarini buzdi va hanuzgacha ularning hayoti tahdid ostida qolmoqda.

2 – 12 yillik G’arb bosqinchiligi davomida afg’on ayollarining G’arb tiklagan bu nizom soyasida ulkan yutuqlarga erishgani to’g’risidagi gaplar kulgini qo’zg’atadigan chalg’ituvchi gaplardir. Yuzaki ravishda parlamentdan ayollarga o’rinlar berib qo’yish va o’quv yurtlarida ayollar sonini bir oz ko’paytirib qo’yish mutlaqo yutuq emas. Chunki bugun afg’on ayollari yashayotgan voqelik juda ayanchli. Ayollarga qarshi zo’ravonlikka chek qo’yish to’g’risidagi qonun ham, CEDAW bitimi ham, xotin-qizlar milliy mehnat rejasi ham tobora kuchayib borayotgan zo’ravonliklarni, o’g’irlab ketishlarni, nomusga tajovuz qilishlarni hamda butun jamiyatni o’z iskanjasiga tortgan majburiy nikoh kabi g’ayriislomiy qabilaviy odatlarni bartaraf qilishda muvaffaqiyatsiz urinishlar bo’ldi. Bundan tashqari, Afg’oniston dunyoda onalar va bolalarning o’limi darajasi yuqori bo’lgan ikkinchi yurt hisoblanadi. Ayollar o’rtasida savodxonlik 14 %ni tashkil qiladi. Ayollar boshdan o’tkazayotgan va odatiy tusga aylanib qolgan bunday tuganmas jahannam mustamlakachi G’arb kuchlarining davlatlar ishlariga burnini tiqishi oqibatidir.

3 – Afg’on ayollari haqiqiy islomiy boshqaruvdan qo’rqmasliklari lozim, chunki haqiqiy xavf ilmoniy boshqaruvdadir. Mazkur jinoyatchilikni fosh etish to’g’risidagi qonun (jinoyat kodeksi) o’z navbatida g’ayriilohiy parlament boshqaruvi basharasini ochiq fosh etib turibdi. Ilmoniylar bu qonunga e’tiroz berish bilan bir vaqtda, qonunchilikni Alloh Subhanahu o’rniga insonga topshirib qo’yilgan bugungi tuzumni olqishlashmoqda. Bugun to’g’ri, barqaror qonunlarning yo’qligi sababli adolat va inson huquqlariga nisbatan doimo ishonchsizlik paydo bo’lmoqda, ya’ni xotin-qizlar yurt rahbarlari «marhamati»ga ko’z tikishdan boshqa narsani bilishmay qoldi.

4 – Xalifalik davlatida Islom hukmlarining mukammal tatbiq qilinishi ta’lim sohasida, siyosiy va iqtisodiy sohalarda adolat hukm surishini hamda ayollar huquqi Alloh belgilab qo’yganidek himoya qilinishini ta’minlaydi. Bu davlatda qonunchilik bashariyatning noqis aqlidan kelib chiqmagani balki O’zi yaratgan insonlarning ahvolini yaxshi bilguchi Zot tomonidan bo’lgani uchun o’zgaruvchan bo’lmaydi. Alloh Subhanahu va Taolo Islom adolatiga misol tariqasida bunday deydi:

«Ey mo’minlar, adolat bilan turuvchi hamda o’zingiz yoki ota-ona va qarindosh-urug’laringiz zarariga bo’lsa ham, Alloh uchun to’g’ri guvohlik beruvchi bo’ling, u (ya’ni guvohlik beriluvchi) boy bo’ladimi, kambag’al bo’ladimi, har ikkisiga ham Allohning O’zi (sizlardan ko’ra) yaqinroq, bas, adolat qilmasdan nafsi havoga ergashib ketmang, agar tillaringni burib (noto’g’ri guvohlik bersangiz) yoki (guvohlik berishdan) bosh tortsangiz, albatta Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardor bo’lgan zotdir» [Niso 135]

Bundan tashqari, qachon Islomning sof pokiza qadriyatlari, shu jumladan, islomiy boshqaruv orqali xotin-qizlar hurmati va obro’sini saqlash jamiyatga qaytarilsa, bunday qabilalararo noto’g’ri urf-odatlar ham barham topadi. Biz afg’on xotin-qizlarini Alloh Subhanahu va Taolo belgilagan nizomni barpo qilish uchun biz bilan hamkorlik qilishga chaqiramiz.

Doktor Nasrin Navoz Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi a’zosi

Uyali telefon: 0096171724043

Faks: 009611307594

Elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.