Lukashenko oʻziga nisbatan tanqidlarga javob qaytardi

954
0

Lukashenko oʻziga nisbatan tanqidlarga javob qaytardi

Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdugʻon bilan birga Minsk shahrida bunyod etilgan Jomeʼ masjidining ochilish marosimida ishtirok etdi. Masjid xodimlari mulozimlarga tuhfa tariqasida Qurʼoni Karim nusxasini taqdim etdilar. Shu zahoti Lukashenko Kitobni qoʻlga olib minnatdorchilik bildirgan holda, uni oʻpdi. Aynan mana shu koʻrinish odamlar orasida ulkan shov-shuvlarga sabab boʻldi. Lukashenko oʻziga nisbatan aytilgan tanqidlarga javob tariqasida fikr bildirib, Qurʼani Karimni oʻpishligi sabablariga izoh berdi.

Lukashenkoning gaplariga koʻra, u hammaga barobar, yaʼni barcha fuqarolarning prezidenti hisoblanadi. Zero mamlakat aholisining aksar qismi musulmonlardan tashkil topgan va prezident barcha dinlarga chuqur ehtirom bilan qaraydi.

Payshanba kuni Minsk shahridagi matbuot anjumanida ishtirok etgan Lukashenko jurnalistlarning savollarga javob berib, jumladan “Orqavarotdan mening nomimga turli asossiz tanqidlar keng tarqalgan emish. Men Qurʼonni qoʻlimga olib, uni oʻpdim. Aynan shu koʻrinish ayrimlarga yoqmagan koʻrinadi. Biz Erdugʻon bilan masjidning ochilish marosimida ishtirok etdik. Erdugʻonga Qurʼon hadya etishdi, u hurmat koʻrsatib, Kitobni oʻpdi. Xoʻsh men nima qilimshim kerak edi? Men ham u qilgan amalni takrorladim” dedi.

TASS axborot agenligi Lukashenkoning gaplarini iqtibos tariqasida keltiradi : -“Ayrim kimsalar meni dindan qaytdi deb gumon qilishayotgan boʻlsa kerak, yaʼni goʻyo men “xochni uloqtirib”, boshqa dinga oʻtib ketgan emishman. Yugʻe, xech kimsa mendan “xochimni yechib” yuborgani yoʻq.

Lekin men prezidentman va mening yurtimda minglagan musulmonlar istiqomat qilishadi. Hamma qatori men ularga ham yurtboshchi hisoblanaman. Musulmonlar shu paytgacha biror muammo keltirib chiqarmagan va ulardan biror yomonlik koʻrmaganmiz”.

Prezidentning taʼkidlashicha ayni damda Belorussiyada musulmonlar, ahli nasoro, katoliklar orasida qarama-qarshiliklar yuq, davlat qonuni boʻyicha irqidan, milltidan qatʼiy nazar barcha din vakillari teng huquqli hisoblanadi.

Turkiston

Markaziy Osiyo rahbarlari diktatorlikda kim oʻzarga oʻynamoqdalar. Bu yoʻlda hatto tafakkurni ham umuman chetga surib quyishdi. Hatto kofir davlatlarning rahbarlari qilishdan or qilgan kaltafahmliklari bilan insoniylik darajasidan pastga qulab bormoqdalar. Buning ustiga saroy ulamolaridan tashkil topgan bir guruh laganbardorlar, hukumat qonuniga Shariat hukmlarini muvofiqlashtirishga tap tortmay jurʼat etmoqdalar.

Oʻtmishda Venesuyela prezidenti Ugo Chaves degan shaxs, uzoq yillar davomida mamlakatni boshqardi va xalqining chuqur ehtiromiga sazovor boʻlib, umr kechirdi. U Islomdan uzoq boʻlgan, Shariat hukmiga amal qilmagan bir dahriy inson edi. Biroq u oʻz fuqarolarini qanday boshqarish kerak ekanligini teran tushunib yetgan edi. Fuqarolarining dardlariga sherik boʻlib, mehribonchilik qilib, yaxshi yomon kunlarida ular bilan yelkama-elka yurganligi bois xalq unga qattiq bogʻlanib qolgan edi. Uning oʻlimidan mamlakat ahli chuqur qaygʻuga botdi. Holbuki u bir gʻayridin inson edi.

Ammo ming afsuski Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari oʻzlarining goʻlliklari va kaltafahmliklari bilan xalqning muhabbatiga emas, adovatiga sazovor boʻlmoqdalar. Ular shunchalar kaltabin insonlarki, hatto hiyla ishlatib boʻlsa ham, mamlakatni boshqarishni bilmaydilar.

Aqalli Erdoganga oʻxshab yolgʻondan koʻz yoshi toʻkib, xalqqa yoqadigan soʻzlarni gapirishni ham bilmaydilar. Ular mansablariga jon-jahdlari bilan tirmashib olib, oʻzlarini, goʻyo bu hayoti dunyoda abadiy qoladigandek tutishadi. Darvoqeʼ Shayton ularga uzun orzularni singdirib, yaxshi kelajakni vaʼda berib aldab qoʻymoqda.

Allohi Taolo aytadi:

لَهُمْ قُلُوبٌ لَّا يَفْقَهُونَ بِهَا وَلَهُمْ أَعْيُنٌ لَّا يُبْصِرُونَ بِهَا وَلَهُمْ آذَانٌ لَّا يَسْمَعُونَ بِهَا ۚ أُولَٰئِكَ كَالْأَنْعَامِ بَلْ هُمْ أَضَلُّ ۚ أُولَٰئِكَ هُمُ الْغَافِلُونَ

—Ularning dillari boru anglay olmaydilar, koʻzlari boru koʻra olmaydilar, quloqlari boru eshitmaydilar. Ular chorvalar qabidirlar, yoʻq ular (befahm, beaqllikda) chorvalardan ham battardirlar. Ana oʻshalar gʻaflatda qolgan kimsalardir. Aʼrof : (179)

Yuqoridagi Belorus rahbarining xatti-harakatlaridan har qanday inson taʼsirlanishi aniq. Lukashenko musulmon emas, ammo shunday boʻlsada, u birgina harakati bilan xalq orasida oʻz obrusini orttira oladi. Bundan uch yil muqaddam u Belorussiya parlamentida nutq soʻzlab, Yaqin Sharqdagi tobora avjiga chiqayotgan urush alangalariga nisbatan oʻz fikrini bildirgan edi.

“Hozir baʼzi davlatlar oʻz saltanatlaridan foydalangan holda musulmon yurtlariga bamaylixotir daxl qilishmoqda, bostirib kirishmoqda. Bu esa oqibati yomon boʻlgan juda achinarli holat. Zero taʼkidlab oʻtish joyizki, musulmonlar tabiatan qiziqqon va oru nomusli insonlardir. Agar ularning davri kelsa, oʻzlariga zulm qilgan va haqqini poymol qilgan biror bir kimsani jazosiz qoldirmaydilar”, degan edi oʻshanda Lukashenko.

Munavvara – Hizb ut-Tahrirning matbuot boʻlimi ayollar qismining aʼzosi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.