Maykl Flinn: Kurash diktatorlarga emas, Islomga qaratilishi lozim

502
0

Maykl Flinn: Kurash diktatorlarga emas, Islomga qaratilishi lozim

AQShning yangi prezidenti Donald Trampning bosh maslahatchisi va ayni paytda Trampning milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi boʻlishi kutilayotgan Maykl Flinn Amerika tashqi siyosati global darajada “Islomga qarshi kurash”ga qaratilishi lozimligini taʼkidladi. U bu fikrini Respublikachilar Partiyasi Kongressida soʻzga chiqqan paytda maʼlum qildi.

AQSh Mudofaa vazirligi razvedka boʻlimining sobiq direktori general-leytenant Maykl Tomas Flinnga koʻra, AQSh “radikal” Islomga qarshi kurashda oʻz ittifoqchilari bilan hamkorlikda harakat olib borishi lozim. Shu bois Yaqin Sharqdagi diktatorlar qoʻllab quvvatlanishi va asosiy maqsad Islomga qaratilishi kerak.

Diktator rejimlar bilan doʻstona munobat oʻrnatish mumkinligini olgʻa surgan Flinn, bunga Misr prezidenti Abdulfattoh Sisiyni misol qilib keltirdi. Shuningdek Flinn Amerika tashqi siyosatida “demokratiyani yoyish va kuchli doʻstlar bilan hamkorlik qilish” strategiyasini nazorat ostiga olish zarurligini ham taʼkidladi.

Bruking instituti yozuvchisi Uilyam McCants Amerika Qoʻshma Shtatlarining yangi tashqi siyosatini yoritishga urinib, Flinnning soʻnggi kunlarda nashrdan chiqqan “Radikal Islom va uning ittifoqchilariga qarshi Global kurash maydoni”, nomli kitobiga eʼtiborni jalb qildi. McCants keltirgan maʼlumotlarga koʻra, prezident bosh maslahatchisining Islomga aniq dushmanligi yaqqol koʻzga tashlanadi. Flinnning kitobida keltirilishicha, tashqi siyosat va xalqaro xavfsizlik borasida uning tushunchalari “radikal” Islom tushunchalariga qarshi harakatni boshlashdan iboratdir.

Turkiston:

AQSh Trampni deyarli shou biznes olamidan topib, prezidentlikka olib kelishidan maqsadi ham shu edi. Yaʼni, AQSh Suriyada Islom va musulmonlardan mafkuraviy magʻlub boʻlganidan keyin, yangi strotegiyani egallash uchun Tramp singari yengiltabiat, jiddiy siyosatchi deb tan olinmagan va hatti-harakatlarida javobgarlikni his qilmaydigan siyosatchi kerak edi.

AQSh juda koʻp harakatlar qilishiga qaramay, Suriyadagi islomiy mujohid jamoalarni va ularning ortida turgan islomiy inqilobiy ummat vakillari boʻlgan Shom ahlini muzokara yigʻinlariga olib kela olmadi. Soʻng ularni Rus armiyasiga qoʻyib berib, havodan dunyo taʼqiqlagan bomba va minalar bilan qatliomm qildirdi. Yuz minglagan goʻdaklar, ayollar va boshqa tinch aholi vakillari oʻldirilyapti. Lekin AQShning maqsadi shunda ham roʻʼyobga chiqmadi. Shom ahli ogʻir kunlarni boshidan kechirayotgan boʻlsa-da, kufr agressorlari bilan harom kelishuvlar tuzishdan bosh tortishmoqda.

Natijada AQSh, musulmonlar bilan hamkorlik qilib, ularning vositasida Suriyada kufr sistemasini tatbiq qila olishi mumkinligidan deyarli umidini uzdi. Endi kufr olami haqiqiy basharasini Tramp orqali namoyon qiladi. Yaʼni, endi ular zoʻrovonlik va bosqinchilik yoʻlini tutib, ilgari oʻzlari yolgʻondan himoya qilib kelayotgan insonparvarlik, insoniylik chegaralarini oʻzlari oshkoro buzishga oʻtishadi. Kufr sistemasi oʻzining haqiqiy basharasini koʻrsatadi! Paygʻambarimiz s.a.v.

عن ابن عباس قال: إذا رضي الله عن قوم ولي أمرهم خيارهم، وإذا سخط الله على قوم ولي أمرهم شرارهم.

“Agar Alloh Taolo biror qavmdan rozi boʻlsa, ularga oralaridan eng yaxshisini boshliq qilib qoʻyadi. Agar Alloh Taolo biror qavmdan gʻazablansa, ularga eng yomonini boshliq qilib qoʻyadi”.

AQSh ustiga telbatabiat, buzuqi va tuturuqsiz yetakchi keldi.

Lekin bu biz uchun kutilgan va Paygʻambarimiz S.A.V. koʻrsatib oʻtgan sunnat va tariqatlariga muvofiq boʻlgan koʻrinish ekanini bilamiz. Yaʼni kufr olami mafkuraviy magʻlub boʻlganida, albatta musulmonlar ustiga moddiy kuch bilan yurishlarini kuchaytiradi. Bu esa uning gʻalabasini emas aksincha chorasizligi va magʻlubiyatini yashirayotganini anglatadi. Kufr olami yaqinda oʻz magʻlubiyatini tan olishga majbur boʻladi, insha Alloh. Boshqa chorasi qolmaydi!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.