Turkiya bosh vaziri Erdagan AQShni G’azo sektoridagi “genotsid” va “terrorchilik”ni yashirishda aybladi

391
0

“Bir ikki davlat BMTni monopoliya qilib bosib olishgan va uni xoxlaganlaridek boshqaradilar”, -dedi u 20 noyabr kuni parlamentda o’zi boshqaradigan “Adolat va taraqqiyot” partiyasining fraktsiya yig’ilishi chog’ida. Shuningdek, u o’zinig chiqishida “etnik tozalash va terrorchilikda” Isroilni ham aybladi; “Butun G’arb davlatlariga murojaat qilaman: xech kim Isroil mudofaa xuquqidan foydalanmoqda, deb ayta olmaydi. Isroil Yaqin Sharqda terror urug’ini sochmoqda”.

“Dunyoda BMTni xech kim xurmat qilmaydi. Bu tashkilot o’zining vazifalarini bajara olmaydi. Xavfsizlik Kengashining bir necha a’zolari Isroilning tutgan mavqifiga salbiy qaraydilar. AQSh boshli G’arb davlatlari Falastin muammosini ikkita davlat tuzish asosida hal etish xaqida gapirib kelishayotgan bo’lishsada, ularning bu so’zlari quruq gapligicha qolmoqda. Amalda esa, umuman boshqacha. Ikkita davlat tashkil etish asosidagi echim qani? Ular G’azodagi bolalar genotsidini ko’rishmayaptimi? Shuning uchun men Isroilni terrorchi davlat, deb bilaman. Agar biz BMT Xavfsizlik Kengashi a’zolari og’ziga termilib o’tiraversak, biz ham xavas qilmaydigan axvolga tushib qolamiz. Bugun navbat Falastinga bo’lsa, ertaga bizga keladi. Bir boshga bir o’lim bor ekan, kelinglar, odamga o’xshab o’laylik”,-dedi bosh vazir Erdagan.

Isroil 14 noyabr kuni Xamasga qarshi “Bulutli ustun” deb nomlangan harbiy operatsiya boshlagan va buning natijasida yuzlagan pokiza qonlarni oqizgan.
Turkiston:
“Bir boshga bir o’lim, odamga o’xshab shaylik” Erdagonning bu shijoati nimani anglatar ekan?

Shuncha yillardan beri bundan xam battar xunrezliklar bo’lib keldi, ular kimlarga o’xshab yashab kelishdi.

Yon qo’shnisi Suriyadagi alaviylar tomonidan olib borilayotgan vaxshiyliklarga tek AQShning buyrug’ini kutib o’tirishlari, kimlarga o’xshab shashga kirar ekan?

Endi esa, Yaqin Sharqni AQShga bo’ynsunuvchi islomiylashtirish planini amalga oshirishga bel bog’lagan Erdagon rejimi, shu asosidagi loixa bo’yicha xarakatlananib, kufr tomonidan to’xtatilishi kutilib turgan izroilning navbatdagi xunrezliklaridan foydalanib qolmoqchimi.

Unga yuklatilgan asosiy missiya, nima bo’lganida xam, mintaqadagi musulmonlarni voqealarga munosabatlarini nazoratda ushlab qolishdan iborat. Albatta buning uchun unga yuqoridagi kabi qalbaki taqvodorlik chiqishlar va bu quruq gaplar kufr olami tomonidan maxfiy qo’llovga olinishi talab qilinadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.