Prezident Aida Salyanovaning qonun loyihasini imzoladi

654
0

Prezident Aida Salyanovaning qonun loyihasini imzoladi

Maʼlumki, Qirgʻizistonning sobiq bosh prokurori, ayni vaqtda Jogorku Kenesh deputati Aida Salyanova (Ata Meken) va uning hamkasbi Elьmira Jumaliyeva (Qirgʻiziston) rasmiy nikoh (ZAGS)dan oʻtmay turib diniy anʼanalarga muvofiq nikoh oʻqishni taqiqlash tashabbusini koʻtarib chiqishgan edi.

Qonun loyihasida “Oila kodeksi” va “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks”ga oʻzgartirishlar kiritish hamda rasmiy nikoh qaydi (ZAGS)dan oʻtmagan va balogʻat yoshiga yetmaganlarni turmush qurishlariga rozilik bergan ota-onalar, nikoh oʻqigan diniy xizmatchilar (imom) va turmush qurishga rozi boʻlgan yoshlarni 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jinoiy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan edi.

Mazkur qonun loyihasi Qirgʻiziston musulmonlari tomonidan salbiy kutib olinib, keskin qarshiliklarga duch kelgan boʻlsada Jogorku Kenesh qonun loyihasini tasdiqlab, imzolash uchun prezidentga taqdim qilindi.

Prezident Almazbek Atambayev 18 noyabr kuni mazkur qonun loyihasini imzoladi. Prezident apparati xabariga koʻra, qonun voyaga yetmaganlarni diniy anʼanalarga muvofiq nikohlashni oldini olish maqsadida qabul qilindi.

Xabarga koʻra, “mazkur qonun balogʻat yoshiga yetmaganlarning hayoti, sogʻligʻi, taʼlim olishi kabi huquqlarini himoya qilishga qaratilgan. Voyaga yetmaganlar bilan turmush qurishni oldini olish oʻsmirlarni jismoniy, aqliy va jinsiy zoʻrovonliklardan himoya qilishga yordam beradi”.

Qonun rasman eʼlon qilingandan soʻng 30 kun oʻtgach kuchga kiradi.

Turkiston:

Aslida mazkur qonun loyihasi muslima qizlarimizga zulm qilish uchun kufr gumashtalarining loyihasi asosida ishlab chiqilgan edi. Mazkur qonun loyihasi, deyarli butun Qirgʻiziston musulmonlari unga qarshi chiqqan boʻlishiga qaramay, parlament tomonidan tasdiqlandi. Chunki bu deputatlar ham gʻarb dunyoqarashi taʼsiri ostidagi demokratik kuchlar bosimidan qoʻrqishadi.

Maʼlumki, qonun loyihasi birinchi safar deputatlar tomonidan qabul qilinmay, ortga qaytarilganida nodavlat tashkilotlar sarosimaga tushib qolishgan, televedeniye va OAVlari orqali qilgan koʻplab chiqishlarida qonun loyihasi parlamentdan oʻtishi shartligini toʻxtovsiz takrorlashgan edi.

Qonun loyihasi tashabbuschilari, parlament deputatlari va prezident ham oʻz qonunlariga muvofiq balogʻat yoshiga yetmagan hisoblangan qizlarni – amaldagi qonunda nikoh yoshi 18 yosh qilib belgilab qoʻyilgan – halol nikohdan oʻtib turmush qurishlariga qarshi chiqishgan boʻlsada, nikohsiz ona boʻlayotgan oʻsmir qizlar, tirik yetim goʻdaklarni koʻpayotganiga eʼtibor ham berishgani yoʻq. Kuni kecha OAV orqali Sankt-Peterbur shahrida bola tugʻib, bolasini axlat chelagiga tashlab yuborgan qiz haqida yozib chiqishdi.

Bundan tashqari, salomatlikni saqlash vazirligi bergan rasmiy maʼlumotga koʻra, 17 yoshgacha boʻlgan qizlarning har mingtasidan beshtasi benikoh bolani dunyoga keltirmoqda. Bu har yili 200ta 13 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan qizlarimiz haromdan koʻzi yoryapti deganidir.

“Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Qirgʻizistonda abort qildirayotgan ayollarning 0,7 foizini 17 yoshga toʻlmagan qizlar tashkil qiladi. Bu tahminan bir yilda 180ta oʻsmir qiz abort qilidrayotganini bildiradi”,- degan edi sogʻliqni saqlash boʻyicha yetakchi mutaxassis Aygul Boobekova.

Bular rasmiy statistik maʼlumotlar xolos. Lekin bizlarning mentalitetimizdan kelib chiqqan holda nomus qilib rasmiy roʻyxatdan oʻtmay yashirincha abort qildirayotgan yoki chet oʻlkalarda tugʻib tashlab ketayotganlarini qoʻshadigan boʻlsak, bu rasmiy raqamlar bir necha barobar ortib ketadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.