Oʻzbekiston va Qirgʻiziston munosabatlarida ijobiy oʻzgarishlar qayd etildi

794
0

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston munosabatlarida ijobiy oʻzgarishlar qayd etildi

2016 yil 26 oktyabr kuni Oʻzbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atamboyev oʻrtasida telefon orqali muloqot boʻlib oʻtdi.

Suhbatda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston rahbarlari hamkorlikni bugungi holati va istiqbollari toʻgʻrisida atroflicha fikr almashib, oʻzaro munosabatlarning bir qator asosiy yoʻnalishlarida ijobiy oʻzgarishlar yuz berayotganini alohida qayd etib oʻtishgan.

Muloqot chogʻida taʼkidlanganidek, Fargʻona vodiysining chegaradosh viloyatlari rahbarlari va keng jamoatchiligi ishtirokida Andijon va Oʻsh shaharlarida oʻtgan Oʻzbekiston hamda Qirgʻizistonning nufuzli delegatsiyalari uchrashuvlari koʻp asrlik anʼanaviy doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik rishtalarini, xalqlar oʻrtasidagi oʻzaro ishonch va hurmat muhitini mustahkamlash yoʻlida muhim qadam boʻldi.

Shavkat Mirziyoyev va Almazbek Atambayev Oʻzbekiston- Qirgʻiziston davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish boʻyicha ikki mamlakat vakolatli organlari birgalikda olib borayotgan ishlarning muvaffaqiyatli yakunlanishidan tomonlar birdek manfaatdor ekanini taʼkidladilar.

Davlat rahbarlari tomonlarni qiziqtirgan qator mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston rahbarlari qardosh xalqlarimiz farovonligi yoʻlida koʻp qirrali va uzoq muddatli munosabatlarni, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni yanada mustahkamlash maqsadida bundan buyon ham turli darajadagi oʻzaro aloqalarni davom ettirish va ragʻbatlantirishga kelishib oldilar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.