Hizb ut-Tahrir – Muborak Falastin zamini Bira shahrida ijtimoiy taʼminot qonuniga doir forum oʻtkazdi

427
0

Hizb ut-Tahrir – Muborak Falastin zamini Bira shahrida ijtimoiy taʼminot qonuniga doir forum oʻtkazdi

Shanba kuni oqshomda Hizb ut-Tahrir – Muborak Falastin zamini Bira shahar hokimiyati zalida ijtimoiy taʼminotga doir forum oʻtkazdi. “Ijtimoiy taʼminot toʻgʻrisidagi qonunni iqtisodiy va sharʼiy jihatdan yoritish” nomli ushbu forumda shahardagi taniqli arboblar, nufuzli kishilar, savdogarlar, ishchilar va boshqa manfaatdor erkak va ayollar qatnashdi. Forumda Hizb ut-Tahrir – Falastin zamini matbuot boʻlimi aʼzosi muhandis Bohir Solih nutq soʻzladi.

Bohir Solih oʻz nutqida ijtimoiy taʼminot qonuni ijro qilinishidan kelib chiqadigan vayron qiluvchi iqtisodiy oqibatlarni yoritib oʻtdi. Uning bildirishicha, bu qonunning ijro qilinishi bilan yurt tashqarisidagi moliyaviy bozor va shirkatlarga katta miqdordagi naqd pul chiqib ketadi hamda haqiqiy (mahalliy) bozordan likvidlik (bozorning talab va takliflardagi keskin oʻzgarishlarni hazm qilish qobiliyati) tortib olinadi. Bu esa, yurtda iqtisodiy turgʻunlikni va narx-navoning oshishini keltirib chiqaradi. Shuningdek, bu qonunni tatbiq qilish bilan, ish beruvchilarda ishchilarga ehtiyoj qolmasligi sababli ishsizlik darajasi oshib ketadi, xizmat va toʻlovlarning yoʻqligi sababli yurtda kichik va mikro korxonalarni ozaytiradi.

Bohir Solihga koʻra, taʼminot muassasasi odamlarning pullarini investitsiyaga, xorijiy qarzlarga, aksiya bozorlari va birjalarga tikishi ham mumkin. Bundan tashqari rejimning siyosiy beqarorligi va odatiy korrupsiyasi ham odamlarning pullariga xavf tugʻdirmoqda.

Bohir Solih ushbu qonunning sharʼiy va siyosiy muammolarini ham bayon qildi. Chunki bu qonun rejimni odamlarni uy-joy, oziq-ovqat, kiyim-kechak kabi asosiy ehtiyojlarini taʼminlash, kambagʻal va muhtojlarga gʻamxoʻrlik qilish kabi oʻz vazifasidan ozod etadi. Zotan, ayni qonun bilan odamlar moli nohaq yeyiladi, sudxoʻrlik banklariga qoʻyilgan millionlab mablagʻlar talon-taroj boʻladi.

Notiq shuningdek, ayni qonunda pensiya pullarini merosxoʻrlarga Islomga zid ravishda taqsimlash kabi, yana boshqa sharʼiy muammolar mavjudligiga hamda korrupsiya botqogʻiga botish, odamlar haq-huquqlarini berishdan boʻyin tovlash kabi ishlar boʻlayotganiga toʻxtalib oʻtdi. Bu qonun, bir siqim korrupsiyachi va manfaatdorlarning daromadli kompaniyalari foydasiga, ishchilarning esa, zarariga til biriktirilgan holda ishlab chiqilganini bayon qildi.

Forumning yakuniy xulosasida bunday ijtimoiy taʼminot qonunining rejim tomonidan tasdiqlanishiga va ijro etilishiga qarshi barcha sharʼiy vosita va uslublar yordamida kurashish zarurligi taʼkidlandi. Forumda yigʻilganlar ham ushbu xulosani oʻz munosabatlari va ishtiroklari bilan tasdiqlab, odamlar mollari va yurt boyliklarini talon-taroj etish uchun har qanday vositalarni qoʻllashdan tap tortmayotgan rejimga nisbatan nafrat izhor etdilar.

Roya gazetasining 2018 yil 23yanvar chorshanba kungi 218-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.