Diniy ayblovlar bilan qamalganlar alohida saqlanadi

524
0

Diniy ayblovlar bilan qamalganlar alohida saqlanadi

Jazoni ijro etish davlat xizmati raisi Taalaybek Japarovning maʼlum qilishicha, Qirgʻiziston qamoqxonalarida diniy ayblovlar bilan ozodlikdan mahrum etilgan mahbuslarni boshqa mahkumlardan alohida saqlash rejalashtirilmoqda. Uning soʻzlariga koʻra, bunday maxsus qamoqxonalarni Chuydagi uchta muassasada tashkil etish rejalashtirilgan.

Hukumatning iddaosiga koʻra, diniy ayblovlar bilan ozodlikdan mahrum etilgan mahbuslar qamoqxonalarda Jinoyat kodekisining boshqa moddalari bilan qamalganlarni ham oʻz saflariga tortishmoqda.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, ayni vaqtda mamlakat boʻyicha 300dan ziyod odam diniy ayblovlar bilan jazo muddatini oʻtamoqda.

Turkiston:

“Diniy ayblovlar” degan atamaning oʻzi tushunarsiz. Bu soʻz Qirgʻizistondagi mahbuslar ichida dini uchun yoki dindorligi uchun qamalgan odamlar bor ekanini anglatadimi? Nima, Qirgʻizistonda dindor boʻlganligi uchun odamlar qamalishi mumkinmi? Demak, dindorlar (asosan 299-modda boʻyicha) diniy tushunchalari yoki ibodat va harakatlari boʻyicha qamalishgan. Yaʼni ular oʻzlaridagi mustaqil fikrlari yoki amallari uchun emas, balki asosan Islom dini koʻrsatmalariga itoat qilganlari yoki diniy fikrlarni tashqariga olib chiqqanlari uchun jazolanishgan. Aslida har ikki holatda ham, bularning qonunlari boʻyicha qamash mumkin emas edi. Yaʼni, diniy boʻladimi yoki mustaqil oʻzining fikrimi, fikr erkinligi ustivor deb eʼlon qilingan mamlakatda, bunday insonlarni qamash mumkin emas edi.

Endi bu fuqorolar qamalganlaridan keyin ularni hatto qamoqxonada ham ogʻizlarini yopib qoʻyishmoqchi boʻlishayapti. Ular sudning hukmi bilan faqat erkinliklaridan mahrum boʻlishdi. Oziq ovqatdan qisman tiyib qoʻyish, kiyim kechakdan cheklash, fikrdan tiyish, oilaviy aloqalaridan tiyish yoki cheklash mumkin emas. Buning uchun alohida sud hukmi kerak, agar qonunlarida shunga ruxsat bergan jazo choralari bor boʻlsa.

Vaziyatlardan kelib chiqib musulmon birodarlarga shunday murojaat qilamiz;

Hukumat Allohga shirk keltirib, shariyat hukmlarini oyoq osti qilib, jamiyatda faqat bizni aytganimiz boʻladi, xohlasak hijob kiydiramiz, xohlamasak yoʻq, deb kelyapti. Hatto Oʻzbekistonda qamoqxonadan tashqarida ham namoz oʻqish taʼqiqlab qoʻyildi. Oʻzbekiston dinga qarshi kurashda Qirgʻizlarga bosim bera boshlayapti. Demak yaqin kelajakda namozni ham cheklashadi. Ulamolarimiz esa, aybni yana oʻzimizga qoʻyib, ularni hukmlariga sharʼiy tus berishga harakat qilishadi. Xuddi Oʻzbek ulamolari singari. Chunki Qirgʻiziston ham Oʻzbekiston singari ulamolarga faqat ikki yoʻldan birini tanla deb, zulmga toʻla qamoqxonani va shirkka sherik boʻlish ortidagi shu dunyo farovonligini koʻrsatishayapti. Juda ozchilik odam oxiratini shu dunyo uchun sotib yuborishga rozi boʻladi. Demak turmalarda diniy odamlar koʻpayishi kutilyapti.

Ey Moʻmin musulmon birodarlar. Bizlarga sinov kelishi muqarrar! Bu Allohning, moʻminga oxiratdagi darajotlarini yanada koʻtarib olishi uchun imkoniyat berish tariqatidir. Lekin qamoqxonada moʻminning ishi toʻxtab qolishi mumkin emas. Alloh Taolo Yusuf (as) zindonband qilib, bizlarga qiyomat kunigacha hujjat qilib berdi. Yaʼni daʼvat mahbuslardan soqit boʻlmaydi.

Shuning uchun birodarlar, mahbuslikka tayorgarlik koʻrish ishlarini yoʻlga qoʻyaylik. Yaʼni, mahbus odam avval oʻziga tegishlik narsalarni barchasini yaxshi oʻrganib bilib olishi vojib. Chunki hazrat Umar (ra) “men birovning haqqini yemayman, birovga ham haqqimni yedirib qoʻymayman” deganlar. Qamoqxonada ham Allohning hukumlariga imkon qadar rioya qilish vojib.

Hukumat xodimlari, yaʼni shu tarmoqdagi ministrlardan boshlab oddiy mulozimlarigacha, mahbuslarning ustidan moʻmay daromad orttirish yoʻlida korruptsiya tarmogʻini tuzib olishgan. Ular mahbuslarning oziq ovqat, kiyim kechak va boshqa insoniy ehtiyojlariga kerak boʻlgan zaruratlarning katta qismini oʻzlashtirish orqali millionlagan mablagʻlarni oʻgʻirlashadi. Byudjetdan ajratilayotgan yoki xalqaro huquq normalari bilan belgilangan, insonni insoniy darajada ushlab turish uchun kerak boʻlgan miqdorlarni zudlik bilan oʻrganib chiqib, qamoqxona ichkarisida ham, tashqarida ham shu meʼyorlarni berilishini talab qilishimiz kerak. Biz moʻminlar kufr sistemasining iflos siyosati va korruptsiyaviy manfaatlarini roʻyobga chiqarishlaridagi quroli yoki asbobiga aylanib boryapmiz. Har bir mahbus, uning dini millati va jinoyatining darajasidan qatʼiy nazar, oʻz haqqini olish huquqiga ega. Birodarlar, biz nafaqat oʻzimizni yoki moʻminlarni ustidan, balki butun insoniyat, jumladan gʻayridin va mushriklar ustidan ham javobgarmiz. Ularni haqqini, hatto ular hohlamasalar ham, biz talab qilaveramiz. Chunki Alloh moʻmin musulmonlarni bashariyat uchun xoloskor va javobgar qilib yaratdi. Bunga nususlarda dalillar juda koʻp.

Daʼvat bu faqat soʻz bilan aytiladigan gaplargina emas. Balki odamning biror bir holatda oʻzini oʻsha xolatdagi sharoitga nisbatan sharʼiy pozitsiyasini mahkam tutib turib berishi degani. Bu baʼzida gapirish bilan, baʼzida sukut saqlash, faqat harakat bilan cheklanish, haq huquqini talab qilish va hokazo holatlar bilan davom etadi.

Haq huquqimizni ado eta olishmasa, qamashdan tiyilishsin. Fuqorolarini qashshoqlik girdobiga tortib borayotgan bir paytda, bular mahbuslar sonini koʻpaytirib borishayapti. Nega? Chunki ular mahbuslarga, qaytadan tarbiyalanishi kerak boʻlgan odam deb emas balki daromad manbaʼi deb qarashadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.