NATO Rossiya bilan yangi sovuq urushni xohlamaydi

402
0

NATO Rossiya bilan yangi sovuq urushni xohlamaydi

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg VVS telekanaliga bergan intervьyusida, alьyans Rossiya bilan ziddiyatga borishni va yangi sovuq urushi takrorlanishini xohlamasligini aytib oʻtdi.

NATOning Sharqiy Yevropada 4 ming nafar qoʻshimcha kuchlarini joylashtirish qarori toʻxtatib turish ishorasi hisoblanadi, deb izoh bergan Stoltenberg. Uning soʻzlariga koʻra, bu qaror mavjud kelishmovchilikni kuchaytirish oʻrniga unga barham berishi kerak.

Stoltenbergning ishontirishicha, NATO rahbariyati Rossiya inkor etib boʻlmas tahdid solayapti, deb hisoblamaydi. Alьyans shunchaki, Rossiya qoʻshinlarining Ukraina hududiga joylashtirilishi hamda Rossiya tomoni Yevropa mamlakatlarini qoʻrqitish uchun foydalanayotgan “yadro ritorika”siga javob bermoqda.

Avvalroq, NATOning 16 aʼzo davlati Sharqiy Yevropaga qoʻshinlarini joylashtirishga tayyor ekanligini bildirgan edi. Maʼlumki, 2017 yil boshida Boltiq mamlakatlari va Polьshada AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya va Kanada harbiy batalьonlari joylashtiriladi.

Turkiston:

Rossiya hozir AQShning xizmatida. AQSh Suriya muammosida Rossiyadan itdek foydalanayapti. Shuning uchun hozir uni Ukraina tomondagi ikkinchi front bilan chalgʻitib boʻlmaydi. NATO ham AQShning koʻppakxonasi ekanligi bois Stoltonberg Rossiyani oʻzidan xotirjam boʻlishga chaqirayapti. Lekin Rossiya yaqin kelajakda yana oʻzi, faqat qilgan jinoyatlari bilan birga qoladi. AQSh ishi bitishi bilan Rossiyani Suriyada botqoqqa botirib yuboradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.