Kerri: biz har doim Isroillik do’stlarimiz tarafida turamiz

428
0

1,0

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy yakshanba kuni parlamentda nutq so’zlab, yadroviy dasbur bo’yicha Jenevada kelishilgan bitim to’g’ri bo’lganligini yana bir bor tilga oldi. Ruhoniyga ko’ra, bu bitim hozirdanoq davlat iqtisodiga ijobiy ta’sir ko’rsata boshlagan. Shuningdek, Ruhoniy Eron yadroviy dasturi bo’yicha Jeneva bitimi ijrosini kutayotganligini bildirdi.

Boshqa bir tarafdan AQSh kongresi seshanba kuni tashqi ishlar vaziri Jon Kerridan Tehron yadroviy dasturi borasida 5+1 guruhi bilan Eron o’rtasida imzolangan bitim haqida izoh talab qildi.

Kerri kongres oldida Jeneva bitimini izohlar ekan, “Eronning yadroviy qurolga ega bo’lishiga hozir ham, kelajakda ham, aslo ruxsat bermaymiz… bu va’da”, deya javob berdi.

“Gohida ba’zilar bizni qiyin ahvolga tushib qolgan deb o’ylashadi. Sizlarga bir narsani aytib qo’yay, Eron aytayotgan narsa tinch maqsadlar yo’lida foydalanadigan yadroviy dasturdir. Bugun men sizga “Eron qilishi kerak bo’lgan ishni qilyapti”, deb ayta olmayman. Lekin men shuni yaxshi bilamanki, Isroil hozirda Eron yadroviy bitimiga erishishdan avvalgidan ko’ra xavfsizroqdir”, deya qo’shimcha qildi AQSh davlat kotibi.

Dushanba kuni Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu bilan suhbatlashgan Kerri “biz har doim Isroillik ittifoqdoshlarimiz va do’stlarimiz tarafida turamiz. Bu mustahkam aloqalar g’oya sabablidir, aslo uzilmaydi”, deya ta’kidladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.