Qozogʻiston maktablarida hijob taqiqlandi

1146
0

Qozogʻiston maktablarida hijob taqiqlandi

Qozogʻiston aholisining 70 foizidan ziyodini musulmonlar tashkil etishiga qaramay, qozoq hukumati ham qoʻshni respublikalar kabi Islom va musulmonlarga qarshi kurashini toʻxtovsiz davom ettirib kelmoqda. Qozogʻistonda ham amaldagi hukumat musulmonlar “vahimasi”dan oʻz rejimini mustahkamlash yoʻlida foydalanmoqda.

Maʼlumki, 2016 yil 5 iyun kuni Aktobe shahrining 3ta tumanida otishmalar yuz bergan edi. Xabarlarga koʻra, nomaʼlum shaxslar qurol sotiladigan doʻkonga hamda harbiy qismga hujum qilishgan. Otishmalar davomida 3 kishi halok boʻlib, 10dan ortiq kishi jarohatlangani xabar qilingan edi. Rasmiy hukumat esa bu ish xali toʻliq tekshirib chiqilmay turib, “hujum qilganlar diniy ekstremistik guruh aʼzolari boʻlishgani”ni aytib chiqgan edi. Shundan soʻng mazkur shahar va viloyatda keng koʻlamli “tozalash ishlari” boshlab yuborilgan va oʻnlab musulmonlar qamoqqa olingan edi.

Qozoq hukumati Islom diniga nisbatan boʻlgan toqatsizligini namoyon qilib, jamiyat ichidan islomiy koʻrinish va qadriyatlarni surib chiqarishga jiddiy harakat olib bormoqda. Chunki, hukumat tomonidan boʻlgan taʼqiq va tazyiqlarga qaramay Qozogʻiston musulmonlari Islom diniga talpinib, qilayotgan har bir ishlarida shirʼiy hukmga koʻproq bogʻlanishmoqda.

Bundan oldinroq, Qozogʻiston prezidentining qizi, Qozogʻiston senati deputati Darigʻa Nazarboyeva “Qozogʻistonda halol (islomiy) bogʻchalar bor ekanligin eshitib hayratga tushgani”ni maʼlum qilgan boʻlsa, bugunga kelib Qozogʻiston hukumati maktablarda hijob yoki “dinni targʻib qiluvchi” har qanday kiyimni man qilganini eʼlon qildi.

Taʼlim vaziri oʻrinbosari Elьmira Suxanberdiyeva qator vazirliklar oʻrtasida 19 oktyabrda boʻlib oʻtgan muhokamalardan keyin bu qarorga kelinganini aytdi.

Qozogʻiston taʼlim va fan vazirligining bildirishicha, 2017 yilning yanvaridan eʼtiboran mamlakatning boshlangʻich va oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchi qizlarning hijob oʻrashiga toʻliq taqiq joriy etiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.