Ey Saudlar oilasi, amerikaliklarda adolat topdingizmi?

636
0

Ey Saudlar oilasi, amerikaliklarda adolat topdingizmi?

Hali ham, ularni doʻst tutish bilan rozi qilamiz deb oʻylayapsizmi?!

2016 yil 28 sentyabr kuni AQSh vakillar palatasining juda koʻpchiligi prezident Obama tomonidan qoʻyilgan “veto”ni bekor qilishga ovoz berdi. Bu veto 2001 yil 11 sentyabr hujumlari qurbonlarining yaqinlariga ayni hujumda gumonlangan davlatlarni sudga berishga ruxsat beruvchi qonun loyihasiga qarshi qoʻyilgan boʻlib, ayni davlatlardan biri Saudiya edi. Ovoz berish natijasi boʻyicha, 338 namoyanda vetoga qarshi, 74 namoyanda vetoni yoqlab ovoz berdi. Senatdagi natijaga koʻra, 97 senator vetoga qarshi, bitta senat uni yoqlab ovoz berdi.

Obama bunday dedi: “Qonun chiqaruvchilar xato sodir etishdi… bu oʻxshashi yoʻq bir xavf-xatardir, bunday qonun shirkatlar, masʼullar va AQSh kuchlarini ehtimolli sud daʼvolariga roʻpara qilishi mumkin”. AQSh Markaziy Razvedka Boshqarmasi (TsRU) raisi Brennan bunday dedi: “Suveren daxlsizlik printsipi amerikalik masʼullarni har kuni himoya qilib turadi va bu oʻzaro doʻstlik asosiga qurilgan printsipdir. Qachon ayni meʼyor tatbiqidan voz kechsak, mansabdorlarimizni xavf-xatarlarga giriftor etgan boʻlamiz”.

Saudlar oilasining bunga nisbatan reaktsiyasiga kelsak, qoʻrqoqlar reaktsiyasi boʻldi. Ular buni kutishmagan edi. Shuning uchun ularning dahshatga tushgani yaqqol koʻrindi. Valiahd Muhammad ibn Nayf oʻz rejimini amerikaliklarga til tegmaydigan, ularga yarimta gap bilan ham ozor yetkazmaydigan qilib himoya qilishga urindi, Saudiya ham amerikaliklar bilan birga yurishini isbotlashga harakat qildi. Buni Saudiyaning “terrorizm”ga qarshi kurashga aloqador oʻn ikkitadan ziyod xalqaro bitimga imzo chekkani jihatidan, shuningdek, AQSh va Italiya hamkorligida Islomiy Davlat tashkilotini moliyalashga qarshi kurash xalqaro koalitsiyasiga rahbarlik qilishi eʼtiboridan, isbotlashga urindi.

AQSh kengashining bunday xatti-harakatlaridan ikki narsani tushunish mumkin:

Birinchi: Ular prezidentlik saylovlari avjiga chiqqan hozirgi pallada saylovchilar ovoziga ega boʻlish ustida musobaqalashishyapti. Shu bois demokratlar – mabodo respublikachilar vetoni bekor qilishga ovoz berishgudek boʻlsa, koʻpchilikning ovoziga ega boʻlib olishlari mumkin, deb qoʻrqishdi, shuning uchun ular ham oʻz partiyalari raisi Obamaga qarshi ovoz berishdi.

Ikki tomon ham buning xavfliligini va prezidentlari bilan razvedka raislari ifodalagan oqibatlarini tushunishmoqda. Koʻp ovoz olganlar rahbari Mitch Makkonnell Senat majlisida “Men bu qonunni koʻproq muhokamaga muhtoj, deb hisoblayman, buning terrorizm boquvchilariga qarshi ehtimolli oqibatlari boʻlishi mumkin”, dedi. Vakillar palatasi spikeri Pol Rayan “Kongress xususan, amerikalik askarlarni himoya qilish uchun qonunchilikni isloh qilishga majbur boʻlishi mumkin”, dedi. Koʻpchilikka koʻra, bu islohot saylovlar oʻtgandan soʻng boʻlishi mumkin. Bular shunga dalolat qiladiki, demak, bu ish eng avvalo saylov poygasi bilan bogʻliq. Chunki 11 marta vetodan foydalangan Obama davrida bir marta ham uchdan ikki qism namoyandaning vetoga qarshi ovoz berish holati kuzatilmagan. Shuning uchun bu Obamaga qarshi bir zarba boʻldi va buni “Oq uy” maʼmuriyati matbuot voizi Ernest “Bu 1983 yildan beri senat yigʻilishida yuz bergan eng yomon tang ahvol boʻldi”, deya ifodaladi.

Ikkinchi: Amerikaliklar manmanlik, boshqalardan oʻzini baland tutish, dardiga mubtalo boʻlishgan. Takabburlik, dimogʻdorlik ularda yaqqol koʻrinib turadi. Shu bois boshqani nazar-pisand qilishmaydi, birovlarni sudga berish va provokatsiya qilishni yaxshi koʻrishadi-yu, ammo birovlarning ularga qarshi chiqishiga yoki jinoyatlari ustida hisob talab qilishlariga toqat qilisholmaydi. Hozir ular Saudiyaning qoʻrqoqlarcha pozitsiyasini koʻrishdi. Sobiq senator Liberman “Eronning 11 sentyabr hujumlariga aloqasi bor”, deganda, BMTdagi Eron vakilasi ham “al-Qoida amerikaliklarni kofir deyish bilan birga, shialarni ham kofir hisoblaydi”, deya qoʻrqoqlik bilan javob qilgan.

Amerikaliklar dunyo jamoatchiligi fikrini ularga qarshi qoʻzgʻaydigan birorta mard davlatni koʻrishmayapti. Shu bois kibrlarida davom etishyapti. Bu oʻzlariga ziyon boʻlib qolishi mumkinligidan choʻchishsada, shuningdek davlatlar suverenitetini hurmat qiladigan hamda ana shu davlatlar fuqaroligiga ega boʻlgan ayrim shaxslar xatti-harakati deb, bu davlatni sudga bermaydigan xalqaro qonunni buzishganini eʼtirof qilishsa-da, kibrlarida davom etishyapti. Chunki bugun koʻplab davlatlar amerikaliklardan choʻchishadi, masalan, ular Saudiya rejimi, Eron rejimi va qoʻrqoq turklar rejimi kabi, yo Amerikani doʻst tutgan davlatlardir yoki Yevropa davlatlari kabi, Amerika orqali oʻz manfaatlarini qidirayotgani bois, uning jahlini chiqarishni istamayotgan davlatlardir. Ammo yirik davlatlarga kelsak, ular har bir hodisadan foydalanish va har bir ishga burnini suqishni, shu orqali bu birinchi davlat bilan raqobatlashishni istashmayapti. Ular baʼzan qoʻzgʻalishyapti-yu, ammo Amerika ularni xalqaro maydondan chetroqqa chiqarib qoʻygan boʻlsa-da, biroq butunlay chiqarib yubormaganini va maʼlum ulush berib, manfaatlariga bevosita qarshi chiqmaganini koʻrishgach, sukutni lozim topishyapti. Chunki bu davlatlar dunyoda birinchi davlatga aylanishni istaydigan va AQShni dunyo markazidan chiqarib tashlashga urinadigan davlatlar emas. Zero, dunyo bugun tebranib, Amerikani bir qattiq silkitishda yerga agʻdarib tashlaydigan mabdaiy davlatga mushtoq boʻlib turibdi.

Bu amerikaliklar oʻn millionlab qizil tanli hindlarni qirgʻin qilgan molboqarlardir. Ular haqiqiy terrorizmni boqayotganlar boʻlib, butun dunyoda jinoyatlar sodir etishmoqda, yurtlarni vayron qilib, hoʻlu quruqni baravar yoqishmoqda. Ular shu jinoyatlari uchun xalqaro doirada sudga tortilishlari, jinoyatlariga javob berishlari lozim. Yaponiya oldida AQShning oʻzini sudga berish uchun tayyor qulay imkoniyat bor. Chunki bu davlat Yaponiyaga zarba bergan, bu zarbani Amerikaning ayrim shaxslari zarba bermagan, balki uning davlati atom bombasi bilan qasddan zarba berish va minglab aholisini qatli om qilish jinoyatini sodir etgan. Vьetnamda amerikaliklar aholini qirgʻin qilgan, Amerika mudofaa vaziri Maknamara 3 million 400 ming aholi oʻlganini aytgan, aslida esa bu son 5 millionni koʻrsatadi. Filippinda, uning kongressdagi tergov-surishtiruv komissiyasiga koʻra, amerikaliklar bir yarim million oddiy xalqni qirib tashlagan. “Terrorizm”, degan dastak bilan amerikaliklar Iroq va Afgʻonistonga qilgan urushlarida 10 yil mobaynida ikki million musulmonni qirib tashlashdi. Bu son Vashingtondagi “Ijtimoiy masʼuliyat uchun shifokorlar tashkiloti” tomonidan 2015 yil chiqarilgan hisobotda keltirilgan. Bu davlat, mazkur dastak ostida hali ham Suriyadagi ahlimizni qirgʻin qilib, Eronni, Rossiyani, ularning gʻarazgoʻy tarafdorlarini, saudlar oilasidagi, Erdogan Turkiyasidagi va boshqa davlatlardagi malaylarini shu ishga sudrashoqda. Malayi Bashar Asadning qirgʻin qilishiga, vayronalar sodir etishiga erkin qoʻyib berdi. Bu qonxoʻr ular yordamida yuz minglab suriyalik ahlimizni qatli om qildi. Yahudiylar davlatini turli qurol-aslaha bilan taʼminlab, Falastindagi ahlimizni qirgʻin qilishiga, yerlarini tortib olishiga qoʻyib berdi. Demak, shu va boshqa barcha jinoyatchilar bilan birga, mana shu jinoyatlarga AQSh javob berishi kerak.

Saudlar oilasida agar zarracha mardlik va hurmat-izzat boʻlganda edi, hech boʻlmaganda, Amerika koalitsiyasidan chiqib olishgan boʻlardi. Amerika Suriyadagi musulmonlarga zarba bergani uchun va oʻzining zaharli mablagʻini taqsimlash loyihasiga ularni majburlayotgani uchun ham ular shunday qilishgan boʻlardi. Yamanda Husiylarni qoʻllab-quvvatlab, ularni hokimiyatga sherik qilayotgan AQSh loyihasini bajarishdan voz kechishgan boʻlardi. Biz saudlar oilasi hukumatidan Amerikaga qarshi birorta mardlik qadamini tashlashi mumkin, deb kutmaymiz, chunki ular bu davlatning malaylaridir. Ular Islomni tatbiq etishayotganini iddio qilishyapti-yu, ammo Alloh doʻst tutishni va ittifoqchilik qilishni harom qilgan kofirlarni oʻzlariga doʻst tutishmoqda. Bu saudlar oilasi kofirlarning moʻminlarga nisbatan ichlarida adovat yashirishi, mazkur qonun orqali esa tillaridagi adovat yaqqol namoyon boʻlgani, to oʻz millat-kufrlariga ergashtirmagunlaricha, moʻminlardan hargiz rozi boʻlishmasligi toʻgʻrisidagi Allohning ogohlantiruvlaridan butunlay gʻaflatda qolishgan.

Butun dunyo Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatiga muhtoj boʻlib qoldi. Chunki Ushbu davlat haq-huquqlarni oʻz egalariga olib beradi, zolim jinoyatkor davlatlarni sudga tortib, mazlum davlatlarga yordam beradi, dunyo jamoatchiligi diqqatini AQSh va uning jinoyatlariga qaratib, har bir masalada u bilan raqobatlashadi, uni xalqaro maydondagi nufuziga zarba berishga va shu orqali oʻzini bu maydondan yoʻq qilishga urinadi. U butun dunyo miqyosida harakat qiladi va dunyoni ezgulikka yetaklab, ularga Islom va uning yechimini taqdim etadi. Botil ilmoniylikdan, buzuq demokratiyadan kelib chiqqan amerikacha va gʻarbcha yechimlarni esa sharmandasini chiqaradi. Har bir davlat bilan bogʻlanadi va ularni Islomdan balqib chiquvchi sogʻlom normalarga muvofiq, xalqaro jamoiy faoliyatga jalb qiladi, shu orqali “terrorizm”ga qarshi kurash targʻibotchilaridan butun dunyoni qutqaradi. Chunki roshid Xalifalik davlati maʼrufga buyurib, munkardan qaytaradigan va Allohga imon keltirgan, insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummat sultonidir.

Asʼad Mansur

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.