AQSh Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni kengaytirdi

373
0

AQSh Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni kengaytirdi

AQSh savdo vazirligi Rossiyaning 11 ta kompaniyasini sanktsiyalar roʻyxatiga kiritdi. Endilikda sanktsiyalar roʻyxatida jami 81 ta rus kompaniyalari oʻrin oldi.

Oʻtgan haftada Amerika moliya vazirligi oʻzining sanktsiyalar roʻyxatini kengaytirgan edi. Jumladan, cheklovlar qoʻshimcha ravishda 20 ta tashkilot va 17 jismoniy shaxsni oʻz ichiga oladi. Ushbu roʻyxat “Gazprom” va “Moskva banki”ning filallariga va Qrimda ishlayotganlarga tegishli.

AQSh sanktsiyalariga birinchi marta harbiy sanoatda ishlatish mumkin boʻlgan elektronika ishlab chiqaruvchi 11ta kompaniya kiritilgan.

Qaror 7 sentyabrdan kuchga kiradi.

Turkiston:

Xitoyda G20 tashkilotining navbatdagi yigʻini boʻlib oʻtdi. Sammitda Xitoy bilan Rossiya oʻrtasida iliqlikka oʻxshagan bir holat sezildi. Aslida esa,aksincha Xitoy bilan AQSh oʻrtalarida sovuqlik va bir biriga nisbatan beparvolikka oʻxshash munosabatlar mavjud edi. Bu holat Rossiya telekanallarida juda keng miqyosda yoritilmoqda.

Rossiya axborot vositalarining tarqatishicha, “Sammitda Obama Putindan uchrashuvga vaqt ajratishini soʻragan. Bu uchrashuv sammitning rasmiy roʻyxatida qayd etilmagan ekaniligi sababli Obamaning iltimosi bilan amalga oshirildi. Lekin ular oʻrtalaridagi muzokaraning asosi boʻlgan Suriya masalasidagi bir qator yoʻnalishlarda dunyoning ikki lideri bir birlari bilan kelisha olishmadi” deyiladi.

Demak, xalqaro siyosatda Xitoy bilan AQSh oʻrtasida, Suriya masalasida kelishmovchiliklar kelib chiqyapti. Xitoy Rossiyani oʻz taʼsiri bilan dastaklab yuborishi kutilyapti. AQSh Suriyada Rossiyaning harbiy quvvatini oʻz maqsadi yoʻlida yoʻnaltirib kelayotgan edi. Endi bu sohaga Asad rejimini himoya qilish maqsadida Xitoy ham qoʻshila boshladi. Yaʼni Xitoy bilan Rossiyaning maqsadlari paralellashib boryapti. AQSh esa butun mintaqaning muvozanati haqida bosh qotiradi. Xitoy bilan Rossiyaning ittifoqiy harakatlari AQSh uchun bir qator muammolar keltirib chiqarishi mumkin.

Bundan tashqari, Rossiya matbuotlari va Putinning maslahatchilari Xitoy orqali Hindistonga yoʻl ochish haqida gapira boshlashdi. Rossiya Xitoy orqali Hindistonga chiqib olishni oʻzi uchun iqtisodiy krizsdan qutilib ketish strotegiyasi, deb belgilab olgan edi. Bu yoʻlning ochilishi Rossiya uchun qanchalik muhim va hayotiy masalalaridan biri boʻlib hisoblansa, AQSh uchun aksincha, bu yoʻlni toʻsib qoʻyish oʻta muhim ish hisoblanadi. Chunki AQSh bu bilan Rossiyaning yana kuchli olamiy yetakchi davlat pogʻonasiga chiqib olishini oldini olgan boʻladi.

Xitoy esa, Putinni olamga reklama qilib, uning hurmatini joyiga qoʻydi. Avvalgi Avstraliyada boʻlib oʻtgan sammitda, Putin Obama tomonidan oʻta xorlab yuborilgan edi. Hatto u sammit tugashidan bir kun avval arazlab ketib qolgan edi. Bu safar, Putinni Suriyadagi olib borayotgan harbiy harakatlari uchun olqishlay boshlashdi. Xitoy bu pozitsiyasini bundan avvalroq, Shanxay hamkorlik tashkilotining Toshkentdagi yigʻinida bildirib oʻtgan edi.

Xitoy Rossiya bilan hamkorlik qilishga intilishida qanday maqsadni koʻzlashi mumkin va bu hamkorlik mintaqada qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?

Oʻrta Osiyo mintaqasi Karimovning oʻlimi ortidan oʻta xavotirli mintaqaga aylanib boryapti. Bu yerdagi asosiy vahima AQSh, Rossiya va qisman Xitoy davlatlarining manfaatlari va oʻzaro munosabatlariga bogʻliqdir. Oʻzbekistonga nisbatan Putinning munosabati aniq boʻldi. U oʻzbek rejimini oʻz holida saqlab qolishni xohlaydi. Obama esa aksincha, “Karimovning oʻlimidan keyin Oʻzbekistonda demokratik islohotlar roʻy berishidan umid qilaman, dedi. Xitoy ham Karimov boshqaruvining oxirgi yillarida Oʻzbekiston rejimi bilan bir qator manfaatli aloqalar oʻrnatish orqali oʻzaro yaqinlasha boshlashgan edi. Bundan tashqari, mintaqada beqaror holatning yuzaga kelishi Xitoy uchun ham manfaat keltirmaydi, aksincha bu toʻlqinlanish uning ichki holatida ham keskinlik va noqulay holatlar paydo qilishi mumkin. Xitoy Suriyada ham juda katta manfaatlaridan judo boʻlgan edi.

Xitoy bilan Rossiyaning hamkorligi AQShni shu mintaqada ortga qadam tashlashga majbur qilishi mumkinmi? Bu savolga yoʻq, deb javob berish mumkin.Chunki AQSh Rossiyaga qarshi yana oʻnlagan tarmoqlariga sanktsiyalar eʼlon qildi. U kuchi yetganicha harakat qilib koʻradi. AQSh Gʻarb olamini Rossiyaga qarshi bir lager sifatida uyushtirib oldi. Agar Xitoy va Hindiston Rossiya bilan birlashsa, dunyo yana ikki lagerga boʻlinishi mumkin. Bu esa, Markaziy Osiyo ular uchun kuch sinash maydoni boʻlib qolishi mumkin degan gumonni yanada kuchayishiga olib boradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.