AQSh Rossiyaning “xorijiy agentlar” toʻgʻrisidagi qonuniga javob berdi

875
0

AQSh Rossiyaning “xorijiy agentlar” toʻgʻrisidagi qonuniga javob berdi

  Rossiya hududlarida xorijiy OAV faoliyatini tartibga solishni koʻzlagan Rossiya qonuni kuchga kirishi munosabati bilan Amerikaning Efirga uzatish masalalari boʻyicha Boshqaruv Kengashi (BBG) ijrochi direktori Jon Lensing bayonot bilan chiqdi.

  BBG AQShning barcha xorijiy efirga uzatish, jumladan Ozod Yevropa radiosi (Ozodlik radiosi) uchun ham vasiylik kengashi hisoblanadi.

  Rossiya rasmiylari bir necha bor qabul qilingan qonun “Ozodlik” radiosi va “Amerika ovozi” mediokompaniyalarining faoliyatida cheklovlar joriy etilishiga olib kelishidan ogohlantirishgan edi, deya taʼkidladi Lensing.

 “Biz faoliyatimiz borasida Rossiya rasmiylaridan oladigan har bir maʼlumotni diqqat bilan oʻrganib chiqamiz. Biz oʻzimizning  jurnalistik faoliyatimiz  Rossiya koʻrayotgan choralar oqibatida qanday oqibatlarga sabab boʻlishidan fol ochmaymiz. Biroq AQShning hatti-harakatlariga qarshi koʻrilayotgan har qanday javob choralari haqiqatni jiddiy buzilishidir. Rossiya mediakompaniyalari, jumladan RT va “Sputnik” AQShda erkin faoliyat yuritadi, ularning dasturlari kabel televizion kompaniyalari va GʻM radiostantsiyalari orqali efirga uzatilgan va efirga uzatilishda davom etmoqda. Biroq, Amerika ommaviy axborot vositalari, jumladan “Golos Ameriki” va Radio Svobodnaya Yevropa/Radio Svoboda Rossiyada televizion va radiochastotalari orqali efirga uzatishdan mahrum.

  Amerika va Rossiya ommaviy axborot vositalari, (jumladan “Amerika ovozi” va “Ozodlik” radiolari)ga nisbatan javob choralari koʻrilayotganida Rossiya efirga uzatish tarmoqlari Qoʻshma Shtatlarda yaratilgan imkoniyat va xuquqlardan foydalangani kabi Rossiyada ham shu kabi xuquqlardan foydalanishi inobatga olinsa Amerikaning Efirga uzatish masalalari boʻyicha boshqaruv kengashi xursand boʻlardi, deya taʼkidladi Jon Lensing.

  Boshqaruv kengashi rahbari, shuningdek, nima boʻlishidan qatьiy nazar Amerika mediakompaniyalari AQSh qonunlarida belgilab qoʻyilgan oʻzining – xalqaro auditoriyaga, jumladan Rossiya Federatsiyasiga aniq, obʼektiv va toʻla axborot berish – missiyasiga sodiq boʻlib qolishini taʼkidladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.