Kufrning gapi bilan doimiy balo…

373
0

بسم الله الرحمن الرحيم

Kufrning gapi bilan doimiy balo…

Allohning hukmi bilan ikki dunyo baxti…

Qachongacha musulmonlarning taqdirlarini, davlatlarining chegaralarini, hokimlarini va aloqalarining tabiatini ularning dushmanlari belgilaydi? Qachongacha??? Bu muammo ajnabiylarning Islom yurtlariga aralashayotgan qoʻllarini kesib tashlash bilan va musulmonlar oʻzlarining Islomni hakam qilishlari bilangina yechiladi. Faqat shu yoʻl bilangina ularning azizligi qayta tiklanadi. Alloh Taolo aytadi:

“Barchangiz Allohning arqoniga (Qurʼonga) bogʻlaningiz va boʻlinmangiz” [3:103]

Rosululloh A shunday dedilar:

“الْمُسْلِمُونَ تَتَكَافَأُ دِمَاؤُهُمْ وَهُمْ يَدٌ عَلَى مَنْ سِوَاهُمْ وَيَسْعَى بِذِمَّتِهِمْ أَدْنَاهُمْ”

“Musulmonlarning qonlari oʻzaro tengdir. Ular oʻzlaridan boshqalarga qarshi bitta qoʻldirlar. Ulardan eng quyi darajadagisi bergan omonlik ham nufuzlidir”.

Hadis kitoblarining birortasida na demokratiya, na respublika va na qirollik tuzumining mubohligi aytilgan birorta ham sharʼiy dalil yoʻq. Bularning hammasi Islomda harom qilingan. Islom boshqaruv jihozini barcha musulmonlar uchun bitta xalifa nizomi deb belgilab bergan. Unga koʻra, musulmonlar oʻrtasida Sayks-Piko(1916) kelishimi yoki SSSR davrida, aniqrogʻi 1966 yildagi qaror belgilab bergan, musulmonlarni ellikdan ortiq davlatchalarga boʻlib tashlagan soxta chegaralarni tan olish yoki oʻsha asosda janjalashish harom. Musulmonlarning davlati, xuddi oʻtmishda boʻlganidek, bitta boʻlishi vojib.

“Arabiy va Islomiy” yoki “Oʻzbekiston – Qirgʻiziston” ummatlar degandek atamani ishlatadigan har-bir kishi Alloh Taoloning:

– „(Ey insonlar), sizlarning millatingiz haqiqatda bir Ummatdir (yaʼni Islomiydir). Men esa (barchalaringizning) Parvardigoringizdirman. Bas, Mengagina ibodat qilinglar!“. [21:92]

degan farmoniga qarshi, kofir mustamlakachining gapini qabul qilgan boʻladi. Omma xalq ham kattalarga toʻngab qoʻyib qutilamiz deb xomhayollik qilmasinlar, chunki Alloh Taoloning:

يَوْمَ تُقَلَّبُ وُجُوهُهُمْ فِي النَّارِ يَقُولُونَ يَالَيْتَنَا أَطَعْنَا اللَّهَ وَأَطَعْنَا الرَّسُولَ(66)وَقَالُوا رَبَّنَا إِنَّا أَطَعْنَا سَادَتَنَا وَكُبَرَاءَنَا فَأَضَلُّونَا السَّبِيلَ(67)رَبَّنَا آتِهِمْ ضِعْفَيْنِ مِنْ الْعَذَابِ وَالْعَنْهُمْ لَعْنًا كَبِيرًا

Yuzlari olovda aylantiriladigan – kuydiriladigan kunda, ular: “Koshki edi bizlar ham Allohga itoat etganimizda, paygʻambarga itoat etganimizda”, derlar. Yana ular: “Parvardigoro, darhaqiqat bizlar boshliqlarimizga va kattalarimizga boʻyinsundik, bas ular bizlarni (toʻgʻri) yoʻldan ozdirdilar. Parvardigoro, Sen ularga azobni ikki hissa qilib bergin va ularni katta laʼnat bilan laʼnatlagin”, dedilar. [33:66-68]

Muttaqiy.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.