Xitoy Shinjonda keng miqyosli aksilterror tadbiri oʻtkazdi

646
0

Xitoy Shinjonda keng miqyosli aksilterror tadbiri oʻtkazdi

Bosqinchi Xitoy hukumati uygʻurlar musulmonlarini Islom diniga boʻlgan muxabbatlarini sindirish maqsadida bu mintaqani kuchli bosim va nazorat ostida ushlab keladi. Uygʻur musulmonlari ruhini sindirish, bosh koʻtarishlariga yoʻl qoʻymaslik uchun turli xil yasama qoʻporuvchilik amaliyotlarini sodir etib, bu ish ortida mintaqa mustaqilligi uchun kurashayotgan turli tashkilotlar turgani iddaosi bilan musulmonlarni quvgʻinga olib, uzoq muddatli qamoq va oʻlim jazosiga hukm etishda davom etib kelyapti.

Mahalliy huquq organlari maʼlum qilishicha, soʻnggi vaqtlarda ushbu tumanda 32 ta yashirin tashkilotlar aniqlangan va ularning 380 aʼzosi hibsga olingan boʻlib, ulardan 315 nafari oʻlim jazosiga hamda qolganlari uzoq muddatlarga qamoq jazosiga hukm etilgan.

Kuni kecha rasmiy hukumat Shinjonda yana bir keng miqyosli aksilterror tadbiri oʻtkazdi.

Bu haqda Xitoy mudofa vazirligi xabar bermoqda. Oʻquv mashgʻulotlari 11-15 avgust kunlari Qashgʻar, Xotan va aksu shaharlarida oʻtkazilgan boʻlib, unda Xalq qurolli militsiyasining 3 mingdan ortiq xodimlari ishtirok etgan. Oʻquv davomida vertolyotlar, uchuvchisiz vositalar va boshqa harbiy texnikalar qoʻllanilgan. Xabarlarga koʻra, aksilterror qurilmalardan 21tasi sinovdan oʻtkazilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.